Hujjatlarning ekspertizasi


Konstruktorlik hujjatlarining me’yoriy nazorati


Download 1.11 Mb.
bet12/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

1.4.2. Konstruktorlik hujjatlarining me’yoriy nazorati

Konstruktorlik hujjatlar – chizmali va matnli hujjatlar bo‘lib, ular birgalikda yoki alohida mahsulotning tarkibiy qismlarini va tuzilishini belgilaydi va shu mahsulotni ishlab chiqishga, ishlab chiqarishga, nazorat qilishga, ekspluatatsiyasiga, ta’mirlanishiga zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Mahsulot ishlab chiqarishda konstruktorlik hujjatlarining me’yoriy nazorati juda katta axamiyatga ega.


Konstruktorlik hujjatlarining me’yoriy nazoratida quyidagilar tekshiriladi:

  • berilgan mahsulotning parametrlarini konstruktorlar tomonidan qabul qilingan asosiy parametrlarga muvofiqligi;

  • mos keluvchi standartlar talablariga, shuningdek ularning “ГОСТ 6636” “Tanlangan sonlar qatorlari”ga muvofiqligi;

  • detallarni, ularning elementlarini, yig‘ma birliklarini, sotib olinadigan buyumlarni standartlashtirilgan, birxillashtirilgan va tiplashtirilgan elementlar bilan almashtirish imkoniyati mavjudligi;

  • yuzaning, rezbalarning, shlitsali, shponkali, tishli va boshqa birikmalarning, material markalari va sortamentining, biriktirish elementlarining qabul qilingan aniqlik va g‘adir-budirliklar darajasining, issiqlik bilan va issiqlik-kimyoviy ishlov berishning va boshqa xarakteristika ko‘rsatkichlarining davlat standartlarida belgilab qo‘yilgan talablarga muvofiqligi;

  • kamyob materiallarni ko‘proq keng tarqalgan va nisbatan arzon materiallar bilan almashtirish imkoniyati;

  • chizmalar va boshqa konstruktorlik hujjatlariga shakl berishning qo‘yilgan talablarga muvofiqligi.

Mahsulot ishlab chiqarishning turli bosqichlarida o‘tkaziladigan konstruktorlik hujjatlarning me’yoriy nazoratida ko‘rib chiqiladigan masalalari (1.1 - jadval) da keltirilgan:
1.1 - jadval


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling