Hujjatlarning ekspertizasi


Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlariga qoʼyiladigan


Download 1.11 Mb.
bet44/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

3.6. Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlariga qoʼyiladigan
talablarning toʼliqligi va toʼgʼriligini aniqlash

Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarini ishlab chiqish va qoʼllashning boshlangʼich old yoʼllanmalari. Texnik hujjatlarni metrologik ekspertizadan oʼtkazish masalalarini hal qilishda oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarini ishlab chiqish va reglamentlash bilan bogʼlanadigan ishlar majmuasi alohida ahamiyat kasb etadi, chunki ulardan ishlab chiqarish jarayonlarining texnologik jarayonlarning rejimlarini optimallashtirish, tayyor mahsulotni nazorat qilish va sinovlardan oʼtkazish, xomashyo, yarim fabrikatlar va butlovchi buyumlarni kiruvchi nazorat qilish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini oʼtkazish, resurslarning hisobini yuritish, ekologik nazorat qilish kabi turli bosqichlarida keng foydalaniladi.


Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlariga alohida eʼtibor qaratish oʼlchashlarning bir xilligi va talab qilinadigan aniqligini taʼminlash va oʼlchash maʼlumotlarining aniqligi va ishonchliligiga qoʼyiladigan talablarni oshirish zarurati bilan shartlanadi, bu ishlab chiqariladigan mahsulotning sifatini oshirish va ilmiy-texnik rivojlanishni tezlashtirishning eng muhim omillaridan biri boʼlib hisoblanadi.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarini ishlab chiqish, attestatsiyadan oʼtkazish yoki standartlashtirish mahsulotlarni ishlab chiqish (loyihalash), ishlab chiqarish va sinovlardan oʼtkazish yoki texnologik jarayonlar va avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va joriy qilishni metrologik taʼminlash boʼyicha bajariladigan ishlar majmuasining tarkibiy qismi boʼlib hisoblanadi. Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarini ishlab chiqish xalq xoʼjaligining tarmoqlarini metrologik taʼminlash dasturlarida ham koʼzda tutiladi. Zaruriy oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini ishlab chiqish toʼgʼrisidagi qaror mahsulotlar yoki jarayonlarni ishlab chiqishning ertachi bosqichlaridayoq (“texnik taklif” bosqichi, “qoralama loyiha” bosqichi), mahsulotning (jarayonning) oʼlchanadigan parametrlarining nomenklaturasi tahlil qilingandan keyin qabul qilinadi.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarini ishlab chiqish zarurati bilvosita oʼlchash uslublariga asoslangan oʼlchash tizimlari va majmualaridan foydalanishning rivojlanishi va koʼlamlarining kengayishi, oʼlchashlarning aniqligiga qoʼyiladigan talablarning ortishi, ularni oʼtkazish shart-sharoitlarining murakkablashishi, oʼlchashlarning xatoligiga taʼsir koʼrsatuvchi omillarning sonining ortishi, oʼlchash vositasining meʼyorlangan xatoligi oʼlchashlarni bajarishning konkret sharoitlari uchun oʼlchashlarning toʼliq xatoligini aks ettirmaydigan hollarda oʼlchashlarning talab qilinadigan aniqligini qoʼllaniladigan oʼlchash vositalarining aniqligi hisobiga taʼminlab boʼlmasligi bilan shartlanadi.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarini ishlab chiqish va reglamentlash metrologik talablar, meʼyorlar va qoidalarga rioya qilish bilan bajarilishi lozim, ularga rioya qilinish faktini metrolog-ekspert aniqlaydi.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini ishlab chiqishga qoʼyiladigan boshlangʼich talablar — oʼlchashlarni bajarish uslubiyati qoʼllaniladigan shart-sharoitlarga qoʼyiladigan va ishlab chiqilgan oʼlchashlarni bajarish uslubiyati taʼminlashi (kafolatlashi) lozim boʼlgan oʼlchashlar aniqligiga qoʼyiladigan talablardir.
Bunda oʼlchashlarning aniqlik meʼyorlari — oʼlchashlarning aniqligiga qoʼyiladigan, meʼyoriy-texnik hujjatlar (standartlar, texnik shartlar, texnik topshiriqlar) bilan reglamentlanadigan talablar bilan oʼlchashlarni bajarish uslubiyatining barcha talablari bajarilganda kafolatlanadigan real aniqlikni farqlash lozim boʼladi, yaʼni aniqlik meʼyori oʼlchashlarni bajarish uslubiyati ishlab chiqilishidan oldin beriladi, oʼlchashlarni bajarish uslubiyatining kafolatlangan aniqligi esa uni ishlab chiqish va metrologik tadqiq qilish jarayonida aniqlanadi. Real kafolatlangan aniqlik baʼzan talab qilinadigan (meʼyoriy) aniqlikdan farq qiladi (baʼzan anchagina).
Аgar metrolog-ekspert texnik shartlar, oʼlchash vositasining pasporti, oʼlchash vositasini ekspluatatsiya qilish boʼyicha yoʼriqnoma, oʼlchash vositasining texnik tasvirlanishi, oʼlchashlarning natijalarini olish va ishlov berishga berilgan meʼyoriy-texnik hujjatlarda keltirilgan maʼlumotlar asosida bu meʼyoriy-texnik hujjatlar bilan kafolatlangan aniqlikni aniqlay olsa va bu kafolatlangan aniqlik talab qilinadigan aniqlikni taʼminlay olsa, u holda metrolog-ekspert maxsus metrologik tadqiqotlarni oʼtkazish, oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini ishlab chiqish va reglamentlash maqsadga muvofiq boʼlmaydi degan qarorga kelishi mumkin.
Oʼlchashlarning aniqligiga oldindan qoʼyiladigan talablar – oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlaridan foydalanishda kafolatlanishi lozim boʼlgan talablar standartlar, mahsulotni ishlab chiqishga berilgan texnik shartlar, texnik topshiriqlar, loyiha hujjatlari, konstruktorlik hujjatlari va texnologik hujjatlar bilan oʼrnatilishi mumkin.
Oʼlchashlarning aniqligiga oldindan qoʼyiladigan talablar shuningdek nazorat qilishning ishonchliligiga qoʼyiladigan talablar asosida ham oʼrnatilishi mumkin, bu talablar nazorat qilish jarayonlari va operatsiyalariga beriladigan meʼyoriy-texnik hujjatlar bilan reglamentlanadi.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini ifodalaydigan hujjatlarni metrologik ekspertizadan oʼtkazishda oʼlchashlarning aniqligiga qoʼyiladigan talablar (oʼlchashlarning yoʼl qoʼyiladigan xatoliklarining chegaralari, soxta va aniqlanmagan yaroqsizlikning yoʼl qoʼyiladigan ehtimolligi) yaqqol yoki yaqqol boʼlmagan koʼrinishda mavjud boʼlmagan taqdirda, metrolog-ekspert oʼlchashlarning xatoliklari oqibatida vujudga keladigan oqibatlarni (texnologik jarayonlarning rejimlarining optimal rejimlardan chetlashishi, nazorat qilinadigan parametrning qiymatining yoʼl qoʼyiladigan qiymatlar chegaralaridan tashqariga chiqishi, boshqarish tizimlarida boshqarish funktsiyalarining buzilishi va hokazolar) tahlil qilishi zarur boʼladi.
Bundan tashqari, oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini ifodalaydigan hujjatlarni tahlil qilishda oʼlchashlar protsedurasi, obʼektni oʼlchashlarni bajarishga tayyorlash, oʼlchashlarning shart-sharoitlari, oʼlchash uslubi va oʼlchashlarni bajarish uchun zarur boʼladigan oʼlchash vositalari va yordamchi uskunalarni tanlash, oʼlchashlarni bajarishda foydalaniladigan oʼlchash qurilmalarining (oʼlchash tizimlari va stendlarining) tuzilishi va tarkibi, oʼlchash qurilmalarining (oʼlchash tizimlari va stendlarining) alohida elementlari, oʼlchash vositalari, moslamalar, bogʼlanish liniyalari, kommutatsiya qurilmalarini ulash sxemalari, oʼlchashlarni bajarish (natijalarni olish) algoritmi, oʼlchashlarning oraliq natijalariga ishlov berish algoritmi, oʼlchashning natijasini talab qilinadigan aniqlik bilan aniqlash algoritmiga qoʼyiladigan talablar majmuasini aniqlash zarur boʼladi. Bu talablar majmuasidan oʼlchashlarni bajarish uslubiyati oʼzida oʼlchashlarning talab qilinadigan aniqlikdagi natijalarni olishni kafolatlaydigan priyomlari va usullari jamlanmasini taqdim qilishi kelib chiqadi.
Bunda oʼlchash qoidalari deganda oʼlchashlar uslubi va vositalari, oʼlchashlarning mazmuni, ketma-ketligi, oʼlchashlarga tayyorgarlik koʼrish va bajarish, natijalarga ishlov berish va ularni taqdim qilish, oʼlchash shart-sharoitlariga, yaʼni natijalarni olishning oʼlchashlarni bajarish uslubiyatida ifodalangan butun protsedurasiga qoʼyiladigan talablar majmuasi tushuniladi.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarini ishlab chiqish boʼyicha ishlarning tashkil qilinishini tahlil qilishda metrolog-ekspert shuni hisobga olishi lozimki, oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarini ishlab chiqish har bir uslubiyatga texnik topshiriqni tuzishni koʼzda tutishi mumkin, unda quyidagilar keltiriladi: oʼlchanadigan fizikaviy kattaliklarning roʼyxati, oʼlchash xatoligining yoʼl qoʼyiladigan chegarasi (aniqlik meʼyori), oʼlchash shartlari, boshlangʼich maʼlumotlar va meʼyoriy-texnik hujjatlar. Texnik topshiriq shuningdek ishlab chiquvchilar bilan metrologlar oʼrtasida ishlarning taqsimlanishini ham belgilaydi.
Uslubiyatni ishlab chiquvchi texnik topshiriq asosida qoʼllashga ruxsat berilgan oʼlchash uslublari va vositalarini tanlaydi yoki oʼlchash vositasini metrologik attestatsiyadan oʼtkazish oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini attestatsiyadan oʼtkazish jarayonida bajarilishini belgilaydi.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini ishlab chiqish jarayoni metrologik tadqiqotlarni oʼtkazishni oʼz ichiga oladi, bu tadqiqotlarning asosiy maqsadi — oʼlchashlarning oʼlchashlarni bajarish uslubiyati kafolatlaydigan aniqlik koʼrsatkichlarini baholash boʼlib hisoblanadi.
Аgar oʼlchashlarni bajarish uslubiyatida ifodalangan oʼlchashlar protsedurasi yoki uning alohida bosqichlarini tahlil qilish natijalari, shuningdek qabul qilingan oʼlchash uslublari va vositalari talab qilinadigan aniqlikning olinishiga shubha uygʼotsa, agar oʼlchashlarni bajarish uslubiyati boʼyicha kafolatlanadigan oʼlchash aniqligini uslubiyatni ishlab chiqish davomida qoʼshimcha eksperimental tadqiqotlarni oʼtkazmasdan hisoblash yoʼli bilan aniqlashning iloji boʼlmasa, u holda qoʼshimcha metrologik tadqiqotlarni oʼtkazish va oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini attestatsiyadan oʼtkazish zarur boʼladi. Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini attestatsiyadan oʼtkazish yoki standartlashtirish taklifini ishlab chiquvchi yoki ekspert-metrolog kiritishi mumkin. Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini metrologik attestatsiyadan oʼtkazish yoki standartlashtirish zarurligi mahsulot yoki texnologik jarayonni ishlab chiqishga berilgan texnik topshiriqda koʼzda tutilgan boʼlishi ham mumkin.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini metrologik attestatsiyadan oʼtkazish oʼlchashlarni bajarish uslubiyati kafolatlaydigan oʼlchash aniqligini hisobiy-eksperimental baholash va ularning guvohnoma (shahodatnoma) rasmiylashtirish bilan tasdiqlanadigan boshlangʼich talablarga muvofiqligini aniqlashdan iborat boʼladi. Аgar oʼlchashlarning aniqligini baholash boʼyicha metrologik tadqiqotlargning natijalari oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini ishlab chiqish boʼyicha hisobotda qayd qilingan boʼlsa, u holda guvohnomani (shahodatnomani) rasmiylashtirish talab qilinmaydi, chunki oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini ifodalaydigan texnik hujjatlar bu hisobotni hasobga olish bilan tuziladi.
Tadqiqotlar natijasida aniqlangan oʼlchash aniqligi talab qilinadigan aniqlik bilan (aniqlik meʼyorlari bilan) solishtiriladi. Аgar talab qilinadigan aniqlik oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini ishlab chiqish bilan taʼminlansa, u holda meʼyoriy-texnik hujjat, kolnstruktorlik hujjatlari yoki texnologik hujjatlarda reglamentlanadi. Аgar talab qilinadigan aniqlik taʼminlanmasa, u holda oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini qoʼshimcha ishlash va uni takroriy tadqiq qilish (uning aniqligini oshirish) yoki tubdan yangi oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini ishlab chiqish zarur boʼladi.
Natijalar ijobiy boʼlganda ishlab chiquvchi uslubiyatni rasmiylashtiradi, uni metrologik ekspertizadan oʼtkazish va tasdiqlashga taqdim qiladi.
Аsoslangan hollarda oʼlchashlarni bajarish uslubiyati standart koʼrinishida rasmiylashtirilishi mumkin. Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlari standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash, roʼyxatdan oʼtkazish va nashr qilish tartibi O`zDST 8.016:2002 bilan oʼrnatilgan talablarga mos kelishi lozim.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarini standartlashtirish va attestatsiyadan oʼtkazish mahsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sinovlardan oʼtkazishni metrologik taʼminlash boʼyicha ishlarning umumiy rejasida oʼz aksini topishi lozim. Bu ishlarni koʼpincha korxonaning metrologik xizmatlari bajaradi. Zarur boʼlgan hollarda oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarini standartlashtirishni(attestatsiyadan oʼtkazishni) tarmoq bosh yoki bazaviy metrologik xizmatlari yoki davlat metrologiya xizmati organlari bajaradi.
Davlat metrologiya xizmati organlari vazirliklarning (idoralarning) taqdimnomalariga koʼra oʼta aniq va masʼuliyatli oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarini standartlashtirish va attestatsiyadan oʼtkazishni bajaradi.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarini ifodalash va reglamentlashga qoʼyiladigan talablarning toʼliqligini tahlil qilish. Hozirgi kunda oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlari turli texnik hujjatlar bilan reglamentlanadi: standartlar yoki ularning boʼlimlari, texnik shartlar – “Nazorat qilish (sinovlardan oʼtkazish, tahlil qilish, oʼlchash) uslublari” boʼlimi, stnovlardan oʼtkazish dasturlari va uslubiyatlari, buyumlarni ekspluatatsiya qilish boʼyicha yoʼriqnomalar, texnologik kartalar, reglamentlar va hokazolar, alohida hujjat koʼrinishida (standart yoki shahodatnoma) yoki konstruktorlik hujjatlari va (yoki) texnologik hujjatlarning bir qismi koʼrinishida rasmiylashtiriladi. Oʼlchashlarni bajarish uslubiyati oʼlchashlarni bajarishga qoʼyiladigan bir qator talablarni oʼz ichiga oladigan, biroq koʼpincha oʼlchashlarning aniqlik koʼrsatkichlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga olmaydigan nazorat qilish uslubiyati, qabul qilish qoidalari, texnologik yoʼriqnomalar va hokazolarni toʼldiradigan hujjat boʼlishi ham mumkin.
Bu hujjatlarning xilma-xilligi va bu hujjatlar ular boʼyicha rasmiylashtiriladigan KHYaT, THYaT standartlarida oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarini ishlab chiqish va reglamentlashga qoʼyiladigan talablarning yoʼqligi koʼpincha shunga olib keladiki, oʼlchashlarni bajarish uslubiyati amalda bor-yoʼgʼi oʼlchash uslubini almashtirish yoki oʼlchashlarning kafolatlangan aniqlik koʼrsatkichlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni koʼrsatmasdan fizikaviy kattalikning qiymatini aniqlash bilan yangilanadi.
Oʼlchashlarni birliligini taʼminlash Davlat tizimining qoidalariga koʼra esa, oʼlchashlarni bajarish uslubiyatiga berilgan hujjatlarda oʼlchashlarning oʼlchashlarni bajarish uslubiyatiga rioya qilish bilan kafolatlanadigan aniqlik koʼrsatkichlari albatta koʼrsatilishi lozim.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini reglamentlashning shakli, uning barcha elementlariga qoʼyiladigan talablarning ifodalashning toʼliqligi va aniqligi oʼlchashlarning natijasini ushbu uslubiyatga berilgan oʼlchash aniqligi bilan olishda birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini reglamentlaydigan asosiy hujjatda alohida talablarning oʼrniga bu talablar ifodalangan boshqa hujjatlarga yoʼllanmalar keltirilishi mumkin. Masalan oʼlchash vositasini oʼlchashlarni bajarishga tayyorlash tartibiga qoʼyiladigan talablarni ifodalashning oʼrniga oʼlchash vositasini ekspluatatsiya qilish boʼyicha yoʼriqnomaga (unda bu tartib ifodalangan) yoʼllanmani keltirishga yoʼl qoʼyiladi.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarini standartlarda reglamentlash O`zDST 8.016:2002 ning tavsiyalariga mos kelishi lozim.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarini konstruktorlik hujjatlari va texnologik hujjatlarda reglamentlashda oʼlchashlar uslubi, vositalari, shart-sharoitlari va algoritmiga qoʼyiladigan talablarning darajasi ham O`zDST 8.016:2002 ga mos kelishi lozim.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatining ifodalanishi uning moʼljallanishi va qoʼllanilish sohasini aniq belgilab berishi lozim. Xususan, oʼlchashlarni bajarish uslubiyati qaysi parametrlarni va qaysi rejamlarda (qaror topgan, oʼtuvchan va boshqalar) oʼlchash uchun moʼljallanganligi, oʼlchanadigan parametrlar va kattaliklar qanday diapazonlarda oʼzgarishi mumkinligi koʼrsatilishi lozim.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatida oʼlchash vazifasini ifodalash oʼlchanadigan obʼektning holatini tavsiflash, oʼlchanadigan fizikaviy kattalikni aniqlash va uslubiyatning qoʼllanilish sohalarini aniqlashdan boshlanishi lozim. Аgar oʼlchanadigan obʼektning holatiga u bilan oʼzaro taʼsirlashadigan boshqa obʼektlarning tavsiflari taʼsir koʼrsatsa, u holda bu tavsiflar koʼrsatiladi. Oʼlchanadigan fizikaviy kattalikni aniqlashda oʼlchanadigan obʼektning ahamiyatga molik boʼlgan xususiyatlarini hisobga olish va bu xususiyatlarning yoʼl qoʼyiladigan xususiyatlarini aniqlashtirish va chegaralash zarur boʼladi.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatining birinchi boʼlimida oʼlchashlarni bajarish uslubiyatida ifodalangan barcha talablarga rioya qilinganda kafolatlanadigan aniqlik koʼrsatkichlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar keltirilishi lozim. Qoidaga koʼra, oʼlchashlarni bajarish uslubiyatiga berilgan meʼyoriy-texnik hujjatlarda koʼrsatiladigan aniqlik koʼrsatkichlari shakli boʼyicha oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini ishlab chiqishda berilgan va oʼlchashlarning aniqlik meʼyorlarini oʼrnatadigan meʼyoriy-texnik hujjatlarda keltirilgan aniqlik koʼrsatkichlari bilan bir xil boʼlishi lozim. Oʼlchashlarning aniqlik koʼrsatkichlarini bildiradigan raqam ikkitadan oshiq boʼlmasligi lozim.
Oʼlchash shart-sharoitlariga qoʼyiladigan talablarni ifodalashda oʼlchashlarni bajarish uslubiyati bilan reglamentlanadigan oʼlchashlar aniqligiga taʼsir koʼrsatuvchi kattaliklar, omillar va parametrlarning roʼyxati keltirilishi, ularning qiymatlarining ushbu uslubiyatga berilgan aniqlik koʼrsatkichlari kafolatlanadigan diapazonlari koʼrsatilishi lozim. Umumiy holatda ularning qatoriga qurshab turuvchi muhitning omillari (havoning harorati va namligi, barometrik bosimi), oʼlchashlarda qoʼllaniladigan moddalar va namunalarning parametrlari, oʼlchash vositasi va yordamchi qurilmalarni oziqlantiruvchi tokning kuchlanishi va chastotasi, oʼlchash vositalariga kiruvchi signallarning noinformativ parametrlari va hokazolarni kiritish mumkin.
Oʼlchash shart-sharoitlariga qoʼyiladigan talablarni koʼrib chiqishda qurshab turuvchi muhitning oʼlchashlarning natijalari va xatoligiga katta taʼsir koʼrsatadigan, oʼlchanadigan fizikaviy kattalikning oʼlchamini oʼzgartiradigan, oʼlchash vositasining metrologik tavsiflarining oʼzgarishini chaqiradigan, operatorlarning subʼektiv xatoliklariga olib keladigan omillarini (harorat, vibratsiya, elektromagnitik maydon, namlik va hokazolar) hisobga olish zarur boʼladi. Bunda obʼekt, oʼlchash vositasi va operator turlicha sharoitlarda boʼlishi mumkinligini, shart-sharoitlarning oʼlchash vositasining metrologik tavsiflariga taʼsiri esa ularni metrololgik atttestatsiyadan oʼtkazish paytida baholanishini hisobga olish zarur boʼladi.
Oʼlchashlar uslubini tasvirlashda oʼlchashlarning tamoyili va oʼlchash vositasidan foydalanishning xarakteri toʼgʼrisidagi maʼlumotlar keltiriladi.
Oʼlchash vositalari va yordamchi qurilmalarga qoʼyiladigan talablarni ifodalashda oʼlchashlarni bajarish uchun zarur boʼladigan texnik vositalar (oʼlchash qurilmalari va tizimlari, stendlar, oʼlchash vositalari, yordamchi qurilmalar va hokazolar) sanab oʼtilishi, bu vositalarga qoʼyiladigan talablarni reglamentlaydigan hujjatlar koʼrsatilishi lozim.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatida standartlashtirilgan oʼlchash vositalarini qoʼllash ham, standartlashtirilmagan oʼlchash vositalarini qoʼllash ham koʼzda tutilishi mumkin. Birinchi holatda davlat sinovlarining natijalari boʼyicha tasdiqlangan oʼlchash vositasining tipini va ushbu uslubiyat boʼyicha oʼlchashlarning aniqlik koʼrsatkichlariga taʼsir koʼrsatuvchi barcha metrologik tavsiflarni bir qiymatli tarzda aniqlash maqsadida texnik talablar va texnik talablarning standartlarini yoki oʼlchash vositasining metrologik tavsiflariga qoʼyiladigan talablarni koʼrsatish yetarli boʼladi. Biroq oʼlchashlarni bajarish uslubiyati qoʼllaniladigan sharoitlarda uning xatoligining tavsiflarini aniqlashtirish maqsadida standartlashtirilgan oʼlchash vositasini maxsus tadqiq qilish zarurati vujudga kelishi mumkin.
Аgar oʼlchashlarni bajarish uslubiyatida standartlashtirilmagan oʼlchash vositalari koʼzda tutilgan boʼlsa, u holda oʼlchash vositalarining barcha metrologik tavsiflariga qoʼyiladigan talablar ifodalanadi, shuningdek bu oʼlchash vositalarining nusxalarining raqamlari koʼrsatiladi. Standartlashtirilmagan oʼlchash vositalari qoʼllanilgan holatda ularni metrologik attestatsiyadan oʼtkazish protsedurasini oʼlchashlarni bajarish uslubiyatining oʼzini metrologik tadqiq qilish bilan birlashtirish mumkin. Аgar bunday birlashtirish oʼrinli boʼlsa, u holda oʼlchashlarni bajarish uslubiyatining shahodatnomasida oʼlchash vositasining metrologik atttestatsiyadan oʼtkazilganligi toʼgʼrisidagi guvohnoma oʼz ichiga oladigan barcha maʼlumotlarni keltirish zarur boʼladi.
Аgar bunday oʼlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʼtkazish oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini ishlab chiqish bilan birlashtirilgan boʼlsa, u holda bu oʼlchash vositalarini davriy qiyoslash (yoki takroriy attestatsiyadan oʼtkazish) uslubiyati qiyoslashlararo intervalni koʼrsatish bilan oʼlchashlarni bajarish uslubiyatida aks ettirilishi yoki alohida hujjatlar koʼrinishida rasmiylashtirilishi lozim.
Standartlashtirilmagan yordamchi qurilmalar uchun tasvirlashlar, chizmalar, sxemalar va hokazolar keltirilgan boʼlishi lozim. Zarurat boʼlganda oʼlchashlarni bajarish uslubiyatida oʼlchash qurilmalari, tizimlari va stendlarning blok-sxemalari keltirilgan boʼlishi lozim. Bir qator hollarda oʼlchash vositalariga qoʼyiladigan talablarni ifodalashda ularning ular boʼyicha oʼlchash vositalarini tanlash amalga oshiriladigan yoki oʼlchash vositalarini oʼlchashlarning natijalarini oʼlchashlarnin bajarashi uslubiyatida berilgan aniqlik koʼrsatkichlarini olishni taʼminlaydigan almashtirishni taʼminlaydigan tavsiflarining roʼyxatini keltirish maqsadga muvofiq boʼlishi mumkin.
Oʼlchash vositalarining metrologik tavsiflariga qoʼyiladigan talablarning toʼliqligi va asoslanganligini tekshirish bilan bir paytda tayinlanadigan oʼlchash vositalaridan foydalanishda berilgan aniqlik koʼrsatkichlarini taʼminlash imkoniyatini tahlil qilish bajariladi.
Oʼlchashlar algoritmini reglamentlash oʼlchashlarni bajarishga tayyorgarlik koʼrish va oʼlchashlarni bajarishni qamrab olishi lozim.
Oʼlchashlarni bajarishga tayyorgarlik koʼrish oʼlchanadigan obʼektni oʼlchashlarga tayyorlash (masalan, namunalar olish, obʼektni qandaydir maʼlum bir sharoitlarda ushlab turish) va boshqa turli tayyorgarlik ishlarini oʼz ichiga olishi mumkin. Ularning qatoriga taʼsir koʼrsatuvchi kattaliklarning qiymatlarini aniqlash, sxemalarni yigʼish va montaj qilish va boshqa shu kabi ishlarni kiritish mumkin. Аgar tayyorgarlik ishlarini bajarish tartibi qoʼllaniladigan texnik vositalarga berilgan hujjatlar bilan oʼrnatilgan boʼlsa, u holda oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini reglamentlaydigan hujjatda ularga yoʼllanmalar berilishi lozim.
Oʼlchashlarni bajarish algoritmini ifodalashda alohida operatsiyalarni bajarish ketma-ketligi, oʼlchashlarning soni va davriyligi, yozuvlarni olib borish tartibiga (jumladan, oraliq natijalarni yozish uchun foylaniladigan raqamlarning soniga) qoʼyiladigan talablar koʼrsatilishi lozim. Zarurat boʼlganda, hujjatda alohida operatsiyalarning detalli tasvirlanishi keltirilishi mumkin. Аgar bu operatsiyalarni bajarish tartibi oʼlchash qurilmalari yoki oʼlchash vositalariga berilgan hujjatlar bilan oʼrnatilgan boʼlsa, u holda oʼlchashlarni bajarish usoubiyatini reglamentlaydigan hujjatda mos keluvchi yoʼllanmalar berilgan boʼlishi lozim.
Oʼlchashlarning aniqligini nazorat qilishni koʼzda tutadigan oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarida nazorat qilish tartibi, tizimi va nazorat meʼyorlariga qoʼyiladigan talablar koʼrsatilishi lozim.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini ifodalash protsedurasi odatda oʼlchashlarning oʼlchashlarni bajarish uslubiyati boʼyicha olingan natijalariga ishlov berish tartibi va usullari, shuningdek hisoblashlar protseduralarini tasvirlash bilan tugaydi. Zarurat boʼlgan hollarda matematik va fizikaviy konstantalarning zaruriy aniqligi, ularning qiymatlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar, shuningdek oʼlchashlarning natijalarini olish uchun boʼlishi shart boʼlgan maʼlumotlar (tenglamalar, grafiklar, nomogrammalar, jadvallar va hokazolar) keltiriladi. Xuddi shu boʼlimda zaruriy hisoblash formulalari, hisoblashlarning aniqligiga qoʼyiladigan talablar, olingan natijalarni yaxlitlash va yozishning aniqligiga qoʼyiladigan talablar, hisoblash algoritmlari va dasturlari, zaruriy yoki tavsiya qilinadigan hisoblash texnikasi vositalarini keltirish maqsadga muvofiq boʼladi.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini ishlab chiqish materiallarini metrologik ekspertizadan oʼtkazish tartibi. Ishlab chiqiladigan oʼlchashlarni bajarish uslubiyatining sifati, meʼyoriy-texnik hujjatlarda ularni reglamentlashni tartibga solishga oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini ishlab chiqish boʼyicha materiallar va ularni reglamentlaydigan hujjatlarni malakali metrolog-ekspertlar yordamida metrologik ekspertizadan oʼtkazish yoʼli bilan erishish mumkin.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini ishlab chiqish boʼyicha materiallar va ular ifodalanadigan hujjatlarning loyihalarini metrologik ekspertizadan oʼtkazish ishlab chiqiladigan va qayta koʼrib chiqiladigan oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarining sifatini oshirishga ham, meʼyoriy-texnik hujjatlarda ularni reglamentlaydigan umumiy tizimni tartibga solishga ham koʼmaklashadi.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini ishlab chiqish toʼgʼrisidagi hisobotlar, shuningdek metrologik tadqiqotlarning protseduralari va natijalari ifodalangan materiallar oʼzida metrologik tahlil qilishning koʼproq murakkab obʼektlarini taqdim qiladi.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini ishlab chiqish boʼyicha materiallarni metrologik ekspertizadan oʼtkazishda ishlab chiqishga yoki ilmiy tadqiqot ishlarini oʼtkazishga texnik topshiriqning borligiga ishonch hosil qilish zarur boʼladi. Texnik topshiriqda oʼlchashlarning oldindan beriladigan aniqligiga qoʼyiladigan talablar, ularning yoʼl qoʼyiladigan qiymatlari, ularni ifodalash va yozish usullari va shakllari albatta koʼrsatilishi shart.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini ishlab chiqish va oʼlchashlarning oldindan beriladigan aniqligini metrologik tadqiq qilish boʼyicha materiallarni metrologik ekspertizadan oʼtkazishda oʼlchashlarning aniqligini eksperimental yoʼl bilan aniqlash dasturlarida ifodalangan talablarni hisobga olish lozim boʼladi.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini ishlab chiqish materiallarini metrologik ekspertizadan oʼtkazishni quyidagi ketma-ketlakda bajarish maqsadga muvofiq boʼladi:

  • oʼlchashlarni bajarish uslubiyatining moʼljallanishining taʼriflanishining toʼliqligi va bir qiymatliligini va u qoʼllaniladigan shart-sharoitlarni baholash;

  • oʼlchanadigan obʼektni tayyorlash, namunalarni tanlab olish va tayyorlash protsedurasiga qoʼyiladigan talablarning toʼliqligi va protsedurani tasvirlashning yetarliligini aniqlash;

  • oʼlchash qurilmalari va yordamchi qurilmalarni oʼlchashlarni bajarishga tayyorlash tartibi, ularni oʼlchash protsedurasida qoʼllashga qoʼyiladigan talablarning toʼliqligi va asoslanganligini aniqlash;

  • oldindan berilgan oʼlchashlar aniqligining meʼyoriy-texnik hujjatlarda reglamentlangan aniqlik meʼyorlariga muvofiqligini va (yoki) meʼyoriy-texnik hujjatlarda aniqlik meʼyorlari koʼrsatilmagan taqdirda aniqlik meʼyorlarining asoslanganligini aniqlash;

  • oʼlchashlarning oldindan beriladigan aniqligining (ularning shakllarining) bunday shakllarni reglamentlaydigan meʼyoriy-texnik hujjatlarning talablariga muvofiqligini, qabul qilingan shakllarning asoslanganligini tekshirish;

  • oʼlchashlarning oʼlchashlarni bajarish uslubiyati bilan kafolatlanadigan xatoligining alohida tarkib toptiruvchilarini (instrumental, uslubiy, operator tomonidan olib kiriladigan) baholash uchun foydalanilgan boshlangʼich maʼlumotlarning yetarliligi va toʼliqligini aniqlash;

  • oʼlchashlar aniqligiga sezilarli taʼsir koʼrsatadigan barcha omillarni hisobga olishning toʼliqligini baholash, oʼlchashlar aniqligiga juda kam taʼsir koʼrsatadigan tarkib toptiruvchilarni hisobga olmaslikning asoslanganligini aniqlash;

  • bajariladigan oʼlchashlarning oʼlchash va natijalarga ishlov berish uslublari va vositalari bilan taʼminlanganligini aniqlash, qoʼllaniladigan oʼlchash uslubini asoslash;

  • ishlab chiqilgan oʼlchashlarni bajarish uslubiyatida berilgan oʼlchash aniqligini baholashning xatoligini aniqlash;

  • oʼlchashlar aniqligining nuqtali tavsiflaridan ularni intervalli baholashga oʼtishda qilingan yoʼl qoʼyilishlarning asoslanganlik darajasi, korrelyatsiyaning yoʼqligini aniqlash;

  • oʼlchash vositasining keltirilgan metrologik tavsiflarining oʼlchashlar xatoligining instrumental tarkib toptiruvchisini baholash uchun yetarliligini aniqlash;

  • oʼlchash vositalarini qoʼllashning meʼyoriy-texnik hujjatlarda koʼrsatilgan shart-sharoitlarning ishlab chiqilgan oʼlchashlarni bajarish uslubiyatidan foydalanish shart-sharoitlariga muvofiqligini, shuningdek taʼsir koʼrsatuvchi kattaliklarning qiymatlar diapazonining oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini qoʼllash shart-sharoitlariga muvofiqligini aniqlash;

  • operatorlarning malakasi va ularning hatti-harakatlarini nazorat qilishga qoʼyilgan talablarning toʼliqligini aniqlash;

  • eksperimental tadqiqotlar rejasining toʼliqligi va oʼlchashlar aniqligini baholashda ularning bajarilishining toʼgʼriligini baholash;

  • oʼlchanadigan obʼektni oʼlchashlarga tayyorlash algoritmi, oʼlchashlarni bajarish algoritmi, natijalarga ishlov berish va natijalarni hisoblash algoritmini asoslash;

  • atamalar va taʼriflar, fizikaviy kattaliklar va ularning birliklarining nomlari va belgilanishlarining meʼyoriy-texnik hujjatlarning talablariga muvofiqligini aniqlash;

  • tanlangan nazorat qilish tizimi va oʼlchashlarni bajarish uslubiyatining aniqligini nazorat qilish meʼyorlarini asoslash;

  • oʼlchashlarni bajarish uslubiyatiga beriladigan hujjatga ishlab chiqilgan oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini izohlaydigan sxemalar, jadvallar, rasmlarni kiritish zarurligini aniqlash;

  • oʼlchashlarni bajarishda texnika xavfsizligiga qoʼyiladigan talablarning toʼliqligini aniqlash.

Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini ifodalaydigan texnik hujjatlarda yoʼl qoʼyiladigan metrologik xatolarga misollar, Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini reglamentlaydigan texnik hujjatlar metrolog-ekspertdan oʼlchashlarni bajarish uslubiyati boʼyicha natijalarni olishning aniqligiga taʼsir koʼrsatuvchi barcha omillarni diqqat bilan va batafsil tahlil qilishni talab qiladi. U hujjatlarning tahlil qilish boʼyicha (ayniqsa moddalar va materiallarning namunalarining tarkibiy qismlarining miqdorini tahlil qilishga ishlab chiqilgan oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarining) murakkab turlaridan biri boʼlib hisoblanadi.
Bunday hujjatlarni metrologik ekspertizadan oʼtkazishning sanoatda toʼplangan tajribasining koʼrsatishicha, oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarini ishlab chiquvchilar bir qator metrologik xatolarga yoʼl qoʼyadilar, bu xatolar oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini qoʼllashning ahamiyati va samaradorligini pasaytiradi, oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini ishlab chiqishga (qayta ishlab chiqishga) ketadigan xarajatlarning ortishiga olib keladi.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini ifodalaydigan hujjatlarni metrologik ekspertizadan oʼtkazish protsedurasida oʼlchashlarni bajarish uslubiyati kafolatlaydigan oʼlchash aniqligini baholash eng murakkab masala boʼlib hisoblanadi. Bu yerda metrologik xatolarning eng koʼp soni kuzatiladi. Metrologik ekspertizani koʼproq samarali oʼtkazish maqsadida oʼlchash aniqligini baholashning asosiy bosqichlarini ajratish va alohida bosqichlarni metrologik tahlil qilishni bajarish zarur boʼladi.
Umumiy xarakterdagi xatolar qatoriga quyidagilarni kiritish lozim boʼladi: oʼlchashlarni bajarish uslubiyati va oʼlchashlarni bajarish uslubiyati ularga yoʼllanmalar beradigan hujjatlardagi talablarning muvofiqlashmaganligi, bir-biriga zidligi; oʼlchanadigan fizikaviy kattalikning noaniq va qatʼiy boʼlmagan ifodalanishi; oʼlchashlarni bajarish uslubiyatining qoʼllanilish sohalarining noaniq ifodalanishi. Baʼzi bir oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarida ularning qoʼllanilish shartlarini asoslamasdan yaqinlashuvchi formulalar va empirik bogʼlanishlar keltiriladi.
Oʼlchash aniqligining sonli qiymatlari oʼlchashlarning aniqligini baholash bilan kafolatlanadiganiga qaraganda raqamlarni koʼproq soni bilan koʼrsatiladi. Bu sonli qiymatlar oʼlchashlarni bajarish uslubiyatida foydalaniladigan oʼlchash vositalarining natijalarni sanash qurilmalaridan natijalarni sanash aniqligiga mos kelmaydi.
Oʼlchshlarni bajarish uslubiyatini qoʼllash shart-sharoitlari bilan oʼlchashlarni bajarish uslubiyati tarkibida foydalaniladigan oʼlchash vositalarini ekspluatatsiya qilish shart-sharoitlarining bir-biriga mos kelmasligi kuzatiladi.
Аmaldagi oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarini tahlil qilishning koʼrsatishicha, baʼzan hatto standartlar bilan reglamentlangan oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarida ham oʼlchashlarning oldindan beriladigan aniqligi koʼrsatilmaydi. Standartlashtirilmagan uslubiyatlar, garchi ular unifikatsiyalangan boʼlsada va turli yoʼriqnomalar, spravochniklar, tarmoq meʼyoriy-texnik hujjatlari va boshqa texnik hujjatlarda keltirilgan boʼlsada, attestatsiyadan oʼtkazilmagan boʼladi, yaʼni ularni ishlab chiqish paytida ushbu uslubiyatga berilgan hujjatda koʼzda tutilgan barcha talablar bajarilganda kafolatlanadigan oʼlchash aniqligini baholashga yoʼnaltirilgan tadqiqotlar oʼtkazilmagan boʼladi.
Oʼlchashlarning (sinovlardan oʼtkazishning) aniqlik koʼrsatkichlarini yozishning notoʼgʼri shakllari, aniqlik koʼrsatkichlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarning yoʼqligi yoki toʼliq emasligi bilan bogʼlanadigan tipik xatolar. ГОСТ 8.010-90 ning talablariga muvofiq oʼlchashlarni bajarish uslubiyatida oʼlchashlarning aniqlik meʼyorlari (yoki bu meʼyorlarni oʼz ichiga oladigan meʼyoriy-texnik hujjatlarga yoʼllanmalar) yoki oʼlchashlarning berilgan oʼlchashlarni bajarish uslubiyatidan foydalanilganda kafolatlanadigan aniqlik koʼrsatkichlarining qiymatlari keltirilgan boʼlishi lozim.
Koʼproq tez-tez uchraydigan xato oʼlchashlarning aniqlik meʼyorlarini reglamentlaydigan meʼyoriy-texnik hujjatlarga yoʼllanmalarning boʼlmasligi boʼlib hisoblanadi. Bunda aniqlik meʼyori (oʼlchashlarning xatoligining yoʼl qoʼyiladigan chegarasi) deganda koʼpincha faqatgina uning tasodifiy tarkib toptiruvchisi tushuniladi, uning tizimli tarkib toptiruvchisi esa asoslanmagan tarzda hisobga olinmaydi.
Moddalar va materillarning namunalarining tarkibiy qismlarining miqdorini aniqlashga ishlab chiqilgan oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlari joriy oʼlchashlar jarayonida talab qilinadigan aniqlikni olinadigan natijalarning aniqligini nazorat qilish algoritmi bor boʼlgan taqdirdagina kafolatlashi mumkin, bu algoritm quyidagilarni koʼzda tutishi lozim: nazorat qilish protsedurasining tasvirlanishi, uslubiyatning xatoligining tavsiflarini nazorat qilish meʼyorlarining koʼrsatilishi, nazorat qilinadigan standart namunalar va boshlangʼich materiallarga qoʼyiladigan talablar.
Bunday algoritm boʼlmagan taqdirda oʼlchashlarni bajarish uslubiyati uslubiyatning xatoligining tavsiflarini nazorat qilish tizimini reglamentlaydigan meʼyoriy-texnik hujjatlarga yoʼllanmani oʼz ichiga olishi lozim.
Biroq koʼpgina amaldagi oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlari yoki oʼlchashlarning aniqligini nazorat qilish algoritmining tasvirlanishini umuman oʼz ichiga olmaydi yoki bu algoritm parallel aniqlashlar oʼrtasida yoʼl qoʼyiladigan farqlarni reglamentlash yoʼli bilan, baʼzan oʼlchashlarning soni va ishonchlilik ehtimolini koʼrsatmasdan faqatgina oʼlchashlarning xatoligining tasodifiy tarkib toptiruvchisini nazorat qilish imkonini beradi.
p ta parallel aniqlashlarning natijalaridagi yoʼl qoʼyiladigan farqlar – oʼlchashlarning aniqligini oʼlchashlar xatoligining faqatgina tasodifiy tarkib toptiruvchisini tavsiflaydigan operativ nazorat qilish meʼyori boʼlib, aniqlashlarning soniga, ishonchlilik ehtimoliga bogʼliq boʼladi, baʼzan namunadagi oʼlchanadigan tarkibiy qismlarning miqdorining funktsiyasi ham boʼlib hisoblanadi.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatining xatoligining faqat baʼzi bir tavsiflarinigina (oʼlchashlarning natijalarining oʼxshashligi va qayta yaraluvchanligini) reglamentlash ham koʼp uchraydigan xato boʼlib hisoblanadi. Oʼxshashlik va qayta yaraluvchanlik koʼrsatkichlarini reglamentlash umuman olganda olinadigan natijalarning xatoligi toʼgʼrisida fikr yuritish imkonini bermaydi, chunki ular faqatgina oʼlchashlar xatoligining tasodifiy tarkib toptiruvchisini tavsiflaydi.
Qoidaga koʼra, oʼlchashlarni bajarish uslubiyatining xatoligining tavsiflarining qiymatlari (uslubiyatning aniqlik koʼrsatkichi, shuningdek toʼgʼrilik, oʼxshashlik va qayta yaraluvchanlik koʼrsatkichi) oʼlchanadigan kontsentratsiyaga bogʼliq boʼladi va aniqlanadigan tarkibiy qismning kontsentratsiyasiga funktsional bogʼlanish koʼrinishida yoki aniqlanadigan tarkibiy qismning kontsentratsiyasining ularning har birining doirasida uslubiyatning aniqlik koʼrsatkichining oʼzgarishini hisobga olmasa ham boʼladigan intervallar boʼyicha qiymatlar jadvali koʼrinishida koʼrsatilishi lozim. Baʼzan bu metrologik qoidani buzish hollari uchrab turadi – xatolik yoki uning tarkib toptiruvchilarining tavsifining bitta qiymati, garchi unda xatolikning kontsentratsiyaga bogʼliqligi kuzatilsada, oʼlchanadigan kontsentratsiyalarning qiymatlarining butun intervali uchun oʼrnatiladi.
Baʼzi bir oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarida oʼlchash vositalariga qoʼyiladigan talablar boʼlmaydi (oʼlchash vositasini graduirovkalash uchun attestatsiyadan oʼtkazilmagan aralashmalardan foydalanish koʼzda tutiladi, chunki ularni tayyorlash protseduralarining oʼlchashlarni bajarish uslubiyati oʼz ichiga oladigan tasvirlanishi aralashmalarning metrologik tavsiflarining qiymatlarining yoʼqligi sababli metrologik talablarga javob bera olmaydi).
Koʼpgina oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarida namunadagi xalaqit beruvchi tarkibiy qismlarning kontsentratsiyalarining yoʼl qoʼyiladigan qiymatlari toʼgʼrisida koʼrsatmalar boʼlmaydi. Bu ulardan ishchi sharoitlarda notoʼgʼri foydalanilishiga olib keladi, ularning tanlanuvchanligini baholash, shuningdek olinadigan natijalarning aniqligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni olish imkonini bermaydi.
Bunda oʼlchashlarni bajarish uslubiyatining tanlanuvchanlik koʼrsatkichi deganda oʼlchashlar xatoligining tizimli tarkib toptiruvchisining modulining mumkin boʼlgan qiymatining qabul qilingan ishonchlilik ehtimoliga mos keladigan chegarasini tushunish lozim boʼladi, bu ehtimollik namunadagi taʼsir koʼrsatuvchi omillar darajasining ularning oʼrtacha qiymatlaridan chetlashishlari bilan shartlanadi (namunadagi taʼsir koʼrsatuvchi omillar – “xalaqit beruvchi tarkibiy qismlar” va oʼlchashlar natijasining tizimli tarkib toptiruvchisini shakllantiradigan boshqa xususiyatlardir).
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarining aniqlik tavsiflarini bir qiymatli tarzda talqin qilmaslik holatlari uchraydi (oʼxshashlik koʼrsatkichi “aniqlashning aniqligi”, aniqlashning xatosi”, “aniqlashning xatoligi”, “oʼrtacha kvadratik xatolik” va hokazolar sifatida talqin qilinadi).
Baʼzan „p ta parallel aniqlashlar” tushunchasi notoʼgʼri talqin qilinadi. Masalan mahsulotning faol kislotaliligini pH-metrik oʼlchash bir nechta bosqichlar – maydalash, suvda eritish, tindirish va eritmaning pH ini aniqlashni oʼz ichiga oladi. Oʼlchashning natijasi sifatida ikkita parallel aniqlashlarning natijalarining oʼrtacha arifmetik qiymatini qabul qilish bilan ishlab chiquvchilar xatoga yoʼl qoʼyadi, chunki bunda faqatgina oxirgi bosqich – eritmaning kislotaliligini pH -metrda aniqlashgina ikki marta takrorlanadi.
Аniqlik meʼyorlari oʼlchashlarni bajarish uslubiyatida keltirilgan hollarda ishlab chiquvchilar koʼpincha bu meʼyorlar nimaniki ekanligini – oʼlchashlarnikimi yoki sinovlardan oʼtkazishnikimi ekanligini koʼrsatmaydilar. Biroq quyidagini nazarda tutish lozim boʼladi.
Oʼlchashlarni bajarish uslubiyati mahsulotni sinovlardan oʼtkazishning tarkibiy qismi boʼlib hisoblanadi va qabul qilingan ehtimollik bilan baholangan oʼlchashlar xatoligiga ega boʼlgan partiyadan olingan bittalik obʼektni tasvirlash imkonini beradi. Bittalik obʼektni sinovlardan oʼtkazish jarayonida partiyaning sifati yoki mahsulotning hajmi, sinovdan oʼtkaziladigan obʼektning tavsiflarining bahosining uning haqiqiy qiymatiga yaqinligi va mahsulotning meʼyoriy-texnik hujjatlarning talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʼgʼrisida fikr yuritiladi. Sinovlardan oʼtkazishning natijasi sifatida u yoki bu statistik tavsif qabul qilinadi.
Sinovlardan oʼtkazishning xatoligi quyidagi tarkib toptiruvchilardan tashkil topadi:

  • sinovdan oʼtkaziladigan mahsulot partiyasidan olingan bittalik namunaning tavsifini oʼlchashlarni bajarish uslubiyatiga berilgan meʼyoriy-texnik hujjatlar bilan reglamentlangan sharoitlarda bajarilgan oʼlchashning xatoligi (oʼlchashlarni bajarish sharoitlarini berishning noaniqligini hisobga olmasdan);

  • oʼlchashlar yoki sinovlardan oʼtkazish sharoitlarini qayta yaratishning noaniqligi tufayli vujudga keladigan xatoliklar;

  • namunani tanlash uslubi, uni tahlil qilishga tayyorlash, bunday tayyorlashning davomiyligi va hokazolar bilan shartlanadigan xatoliklar.

Metrologik ekspertizadan oʼtkazishning natijalarining koʼrsatishicha, oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlari ifodalangan hujjatlar koʼpincha oʼlchashlarning xatoligini baholamasdan va partiyadan namunalar olish protsedurasini tasvirlamasdan va tegishli meʼyoriy texnik hujjatlarga yoʼllanmalarni koʼrsatmasdan sinovdan oʼtkaziladigan obʼektning bittalik namunasining sifat koʼrsatkichlarini oʼlchash algoritmini oʼz ichiga oladi.


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling