Mavzu: texnologik jarayonlar bo`yicha uskunalarni tanlash va asoslash reja


Download 45.38 Kb.
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi45.38 Kb.
#1428957
  1   2
Bog'liq
7-маруза


  1. - Mavzu: TEXNOLOGIK JARAYONLAR BO`YICHA USKUNALARNI TANLASH VA ASOSLASH

Reja:
1.To‘qimaning ishlab chiqarish uchun texnologik jarayonlarni tanlash.
2. To‘qimaning ishlab chiqarish texnologik jarayonlarga (uskunalarni tanlash) va ularni asoslash.


Tayanch so‘z va iboralar: Texnologik jarayon, uskuna, o‘timlar, qayta o‘rash, tandalash,guruhlab tandalash, piltalab tandalash, o‘rama, ohorlash jarayoni, arqoq ipini tayyorlash. to‘quvchilik ip o‘tqazish , ip ulash, saralash o‘lchash, tozalash.


To’qimani ishlab chiqarish uchun texnalogik jarayonlarni tanlash.
Sifatli to’qima ishlab chiqarish ko’p jihatdan texnalogik jarayonlarni qanday tanlanishiga bog ’liq bo’ladi. Bundan tashqar ishlab chiqarilayotgan to’qimaning sifati to’quvchilikka keltirilayotgan iplar sifatiga ham bog’liqdir. Yigirish tizimidan keltirilayotgan iplarni zarur bo’lganda qayta o’rash maqsadga muvofiqdir. Yigirish tizimining halqali yigiruv mashinalaridan keltiriladigan naychalar qayta o’rash mashinalarida bobinalarga qayta o’raladi.
Bu tizimda halqali yigiruv mashinasida (mingdan ortiq urchuq o’rnatilgan) to’la o’ralgan naychalar avtomatik alishib maxsus transportyor orqali shu yiguruv mashinasiga biriktirilgan qayta o’rash avtomatiga keltiriladi. Qayta o’rash avtomatida bo’shagan naychalar o’rniga ip o’ralgan to’la naychani o’rnatish, naychadagi uzilgan iplarni ulash, to’lgan bobinalarni bo’sh patronlarini almashtirish avtomatik ravishda bajariladi.
Umuman, ishlab chiqariladigan to’qima sifatini yaxshilash, to’quvchilikda uzuqlar sonini kamaytirish maqsadida qaysi yigiruv mashinadan ip kelishidan qat’iy nazar ularni qayta o’rash tavsiya etiladi. Xorijiy texnologiya tajribalariga ko’ra, qayta o’ralgan bobinadagi iplarni qo’shimcha namlash tavsiya etiladi.
Quyidagi ommaviy ip gazlama shoyi, kimyoviy tolalardan olinadigan gazlama va abrli gazlama assorimentidan misol tariqasida texnologik jarayonlar tizimi keltirilgan. 5.1- rasmda o’rta yo’g’onlikdagi pnevmomexanik yigiruv mashinasidan va 5.2-rasmda halqali yigiruv mashinasi qayta o’rash avtomat tizimidan olingan paxta iplaridan gazlama ishlab chiqarish texnologik jarayonlari keltirilgan. 5.3-rasmda tabiiy ipakdan krepdeshin turidagi to’qimani ishlab chiqarish va 5.4-rasmda xon-atlas gazlamalarini ishlab chiqarish texnologik jarayonlari keltirilgan.
Pnevmomexanik yigiruv mashinasidan silindrik bobinada iplar olinadi. Omborga keltirilgan iplar, jami ko’rsatkichlari bo’yicha standart asosida nazorat qilinib, qayta o’rash jarayoniga o’tqaziladi. Bu jarayonda iplarni uzilgan joylari bog’lanib, har xil chiqindilardan tozalanib, uzunligi bo’yicha chiziqiy zichligi to’g’rilanib ma’lum nisbiy zichlikda konussimon bobinaga o’raladi. Natijada ipning uzunligi ortib, sifati ko’tariladi, kelgusi jarayonda uskuna unumdorligi oshadi. Qayta o’ralgan bobinalar tandalash mashinasida tandalash g’altaklariga o’ralib, ohorlash jarayoniga o’tkaziladi. Bu jarayonda iplarni ohorlab qurutib keyingi jarayonlardagi ishqalanishga chidamligi oshiriladi va to’quv g’altagiga o’raladi. Shundan so’ng o’rama shoda terish yoki tugunlash jarayonlaridan o’tqazilib to’quv dastgohiga o’tkaziladi. Arqoq ipi esa konussimon bobinaga qayta o’ralgandan so’ng, to’quv dastgohiga keltiriladi. Dastgohda tanda va arqoq iplarining o’zaro o’rilish natijasida to’qima hosil bo’ladi. Olingan to’qima maxsus mashinalarda saralanib, navlarga ajratilib o’lchanadi va sirtidagi tuklari tozalanadi, so’ngra pardozlash jarayoniga o’tqaziladi.


7.1.-rasm O’rta yo’g’onlikdagi Pnevmomexanik yigiruv mashinasidan olingan iplardan gazlama ishlab chiqarish texnologik jarayoni


Halqali yigiruv mashinalaridan o’rama tuftak shaklida olinadi. Bunday o’rama to’g’ri tandalash romiga yoki arqoq ipi sifatida to’quv dasgohiga o’rnatib bo’lmaydi, sababi tuftakdagi o’ramaning uzunligi qisqa bo’lib, sifati pastdir. Shuning uchun bu o’ramalar qayta o’ralib iplarning uzuq joylari ulanib, har xil chiqindilardan tozalanib, uzunligi oshirilib, katta konussimon bobinalarga qayta o’raladi va to’quv sexiga keltiriladi. Agar to’quv sexining o’ziga ham yigiruv sexidan iplar tuftak shaklidagi o’ramada keltirilgan bo’lsa, bunday holatda ham bular qayta o’raladi. Qayta o’ralgan iplar yuqoridagi keltirilgan texnologiya bo’yicha jarayonlarda ishlov berilib to’qima hosil qilinadi.
Tabiiy ipakdan tayyorlangan iplar to’quv sexi omboriga xom ipak ipida kalava shaklda keltirilsa ulardagi seritsin moddasi yordamida bir- biriga yopishgan joylarini ajratish uchun ishlov beriladi, so’ngra ipak iplarini qayta o’rovchi mashinalarida g’aaltaklarga qayta o’raladi. Tanda ipini tayyorlashda, asosan, piltalab tandalanadi va ma’lum uzunlikdan so’ng piltadagi iplarni toq va juft qismlarga bo’lib o’rtasiga nax (maxsus ip) tashlanadi. Bunday qilinishiga sabab, to’quvchilikda ingichka ipak iplari uzilishi natijasida chalkashadi shuning uchun har bir bo’lak to’qima to’qilgandan so’ng iplarni o’z o’rniga to’g’rilab ulab turiladi va ko’ndalangiga tandalash jarayonida o’rnatilgan nax ipini tanda iplaridan olinadi.



Аrqоq

7.2.-rasm Halqali yigiruv mashinasi qayta o’rash avtomat tizimidan olingan iplardan gazlama ishlab chiqarish texnologik jarayoni.


Odatda bunday ishni to’quv sexida maxsus ip ulovchi usta bajaradi. Shoyi to’qimalarini to’qigan to’quvchi o’z ishchi ish smenasi tugaganda ishchi nomeri, brigadasining smenasi, to’qigan kuni sanasini maxsus qog’ozga yozib, to’qigan to’qimasiga tikib qo’yadi, paxta ipidan tayyorlangan to’qimalarda esa to’qimaga yozib qo’yadi. Bunday qilinishi ipak va paxta ipidan tayyorlangan to’qimalarni saralashda uskunalarni ketma-ketligini o’zgartiradi. Shoyi to’qimalari avval saralab, so’ngra tozalanadi. Paxtadan tayyorlangan to’qimalar avval tozalab so’ngra saralanadi.
Arqoq iplari krep to’qimalari uchun chap va o’ng buramda tayyorlanadi. Tayyorlangan g’altaklarda belgilar bo’ladi. To’quv dastgohlarida bunday to’qimalarni to’qish uchun ikki rangli priborlar qo’llaniladi.
Xon-atlas to’qimasini ishlab chiqarish boshqa to’qimalarni tayyorlashdan o’zining murakkab, ko’p jarayonlardan o’tishi va to’quvchilikdan oldin tanda va arqoq iplarini ranglarga bo’yalishi bilan farq qiladi.




Аrqоq

7.3.-rasm Tabiiy ipakdan krepdeshin turidagi to’qima ishlab chiqarish texnologik jarayoni.


Xon-atlas to’qimasi avrli gazlamalar turkumiga kirib «abr» fors so’zidan olingan bo’lib, yomg’irdan so’ng osmonda hosil bo’lgan rangli kamalakni bildiradi. Bu to’qimani tayyorlash jarayonlari quyidagicha bajariladi. Ipak iplarini yigirish fabrikalaridan pishitilgan holda kalavada keltirilganda, ularning sifat ko’rsatkichlari nazorat qilinadi, so’ngra ular yelimsizlantiriladi, ya’ni seritsini 20-25% ishqor yordamida ishlov berilib, ajratilib olinadi, kalava sentrifuga yordamida siqilib, dastgohda silkib, qoqib iplar paralellashtiriladi va quritish kamerasida quritiladi. Quritilgan iplar qayta o’rash mashinalarida bobinaga yoki g’altaklarga o’raladi va libitlab tandalash mashinasida iplar yumshoq suvdan o’tkazilib, tandalash barabaniga o’raladi. Barabandan libitlar baraban o’qi bo’ylab chiqarib olinadi va moslamaga libitdan suvni oqib tushishi uchun ilib qo’yiladi. Libitlardagi iplar bitta tanda iplari, sonini tashkil etgandan so’ng naqsh izini tushirish mashinasiga tortib o’rnatiladи.
Naqsh soluvchi mutaxassis unga naqsh izining chegarasini chizib tushiradi. Libitlar avrband dastgohiga o’rnatilib avr iplari bilan bog’lab chiqiladi. Libitda faqat dastur bo’yicha birinchi bo’yalishi lozim bo’lgan joy ochiq qoldiriladi. Bo’yalgan libit, avrband jarayonida qayta bog’lanib, bo’yalishi lozim bo’lgan bog’langan joyidagi avr ipi yechiladi va ikkinchi marotaba libitlar bo’yash jarayonidan o’tkaziladi, shu tariqa necha marta bo’yalishi lozim bo’lsa shuncha marotaba libit bog’lamlari yechib qayta bog’lanadi, so’ngra avrband mashinasida libitlarni hamma bog’langan joylari yechiladi. Bo’yalgan libitlar yig’ib bitta tanda xolatiga keltiriladi. Tanda libitlarini naqsh bo’yicha to’g’rilash mashinasida g’altakka o’raladi. G’altakdagi tanda iplari toqavoy qilinib, tig’dan o’tkaziladi. Shundan so’ng iplar yorma dastgohiga o’rnatilib taroqlash jarayonidan o’tkaziladi, ya’ni uzilgan iplar ulanib, ular bir-biridan ajratilib paralellashtirib to’quv g’altagiga o’raladi. Iplar shoda gulalaridan, tig’ tishlaridan o’tkaziladi va to’quv dastgohiga o’rnatiladi. Iplarni ishqalanishga bardosh bera olishini hisobga olib texnologik jarayon talabiga ko’ra emulsiyalanishi yoki oxorlanishi ham mumkin. Arqoq iplar esa yelimsizlantirilib, siqib, quritib bobina yoki g’altaklarga qayta o’ralib to’quv jarayoniga keltiriladi. To’quv dastgohidan olingan avrli gazlama saralanib, tozalanib taxtlanadi. Mokili dastgohlar uchun arqoq ipi naychaga o’raladi. Shundan so’ng to’qima apretlanadi, kudinchlanadi yoki kalandrdan o’tkaziladi va tayyor xon-atlas matosi hosil bo’ladi.

5.4.-rasm. Xon-atlas gazlamasini ishlab chiqarishni texnologik jarayonlari


To‘qimaning ishlab chiqarish texnologik jarayonlarga uskunalarni tanlash va ularni asoslash.


To’quvchilikda texnologik jarayonlar loyihasini tayyorlashdagi bosh vazifa jihozlar va ularning texnologik ko’rsatkichlarini to’g’ri tanlashdir.
Bunda qabul qilinadigan jihozlar yuqori unumdorlikka ega bo’lishi, oliy sifatli mahsulot chiqarishi, yirik o’ramalardan foydalanishi hamda mehnat xavfsizligini ta’minlanishi talab etiladi.
Jihozlarni tanlayotganda loyihada qabul qilingan to’qimaning xususiyatlari, tuzilishi, tanlangan texnologik jarayon, o’ramlar turi va korxona quvvati e’tiborga olinishi kerak. Jihozning texnikaviy va texnologik tavsifi, uning xususiyatlari, texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlardagi afzalliklari nazarda tutiladi.
Qayta o’rash jarayoniga mavjud korxonalarda paxta tolasidan olingan iplarni qayta o’rashda ishlatilayotgan M-150, AVTOSUK, AMK-150, avtomatlar o’rniga zamonaviy avtomatlar qabul qilinishi tavsiya etiladi. Jumladan, Olmoniyada yaratilgan AVTOKONYeR, Yaponiyaning Murata, Maxokoner, Italiyaning Savio avtomatlari va shunga o’xshashlarni qabul qilish tavsiya etiladi. Bu avtomatlarda qayta o’rashda ip tezligi 600 1200 m/mingacha bo’lishi mumkin. Qabul qilgan avtomatlarda uzilgan ip uchlarini tugunsiz usulda bog’lash asboblarining o’rnatilishi va elektron ip nazoratchilari bilan jihozlanishi olinadigan mahsulot sifati ancha yaxshi bo’lishini ta’minlaydi.
Bu uskunalarning yana bir afzalligi ulardan olinadigan o’ramalar o’lchamlarining katta bo’lishi, ya’ni, o’ralgan ip hajmining katta bo’lishidir. Masalan, M-150 mashinasidan olinadigan bobinaning maksimal diametri 230 mm bo’lsa, Avtokanerda 254 300 mm ni tashkil etadi. Jun tolasidan olingan iplarni qayta o’rashda Olmoniyaning «Frans-Myuller» firmasining RK-3 mashinasini olish tavsiya etiladi.
Tanda iplarni tandalashda Rossiyada ishlab chiqariladigan guruhlab tandalash SP turidagi mashinalar olinishi mumkin. Bular bilan bir qatorda Amerikaning «Barber-Kolman», Olmoniyaning «Frans- Myuller» va «Shlyafgorst», va Chexiyaning «KOVO» mashinalarini olish tavsiya etiladi. Bu mashinalarda ip teksiga qarab ip tezligi 500 1000 m/minutgacha bo’lishi mumkin.
Tanda g’altagi gardishining diametri 1000 mm gacha bo’lishi katta hajmli o’ramalar olinishini ta’minlaydi.
Piltalab tandalash uchun Shveytsariyaning «Beninger», Olmoniyaning «Tekstima» va Pol’shada ishlab chiqariladigan piltalab tandalash mashinalarini qabul qilish tavsiya etiladi.
Qayta ishlab chiqarilayotgan tandalash mashinalarining turiga qarab mashina markalari turlicha bo’lishi mumkin. Masalan:
Ipak iplarini tandalashda «Tekstima» firmasining, 4126.1 va 4126.4 rusumli mashinalari ishlatiladi.
Guruhlab tandalashda 616, 608, 600, 1000 sig’imga ega bo’lgan va Beninger firmasining romlari ishlatiladi.
Piltalab tandalashda SH-612-XA va SH-1008-X GAAS,GE (Shveytsariya) tandalash romlarini qabul qilish tavsiya etiladi.
Ohorlash bo’limiga, avvalo, ohor tayyorlovchi uskuna qabul qilish kerak. Bu yerda Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomatik ohor pishitgichni qabul qilish mumkin. Bu asbobda ohor pishitish rejasini oldindan tuzilgan dastur asosida avtomatik rostlagich ta’minlab turadi.
Keyingi yillarda ohorni Ul’tra tovush qurilmalari yordamida ham pishirish tavsiya etiladi. Ohorlash mashinalaridan Rossiyada ishlab chiqarilayotgan ko’p barabanli mashinalar o’rnatilishi mumkin. Shveytsariyaning ko’p barabanli Beninger Ben-prokom mashinasi yuqori darajada komp’yuterlashtirilgan.
Ulardan tashqari ohorlash bo’limda Olmoniyaning «ZUKKYeR» ohorlash mashinasini jun iplarini ohorlashda qo’llash mumkin. Keyingi yillari Yaponiyaning «Tsudokoma» firmasida yaratilgan tandalash-ohorlash agregati, sintetik va sun’iy tolalardan olingan iplarni qayta ishlashda tavsiya etiladi.
Bu agregatlarda tandash romidan kelayotgan iplar ohorlanib, oraliq g’altagiga o’raladi. Bir paytni o’zida ohorlanayotgan iplar soni, ya’ni, romdan kelayotgan iplar soni 1200 tagacha bo’ladi. Oraliq g’altagiga o’ralgan iplar soni qo’shilib to’quv g’altagiga o’raladi.
Shoda terish va iplarni ulash bo’limida tanda iplari gulalar, lamellar va tig’ tishlaridan o’tkaziladi yoki tanda iplari uchi yangi tanda iplar uchi bilan ulanadi.
Tanda iplari PSM-140, PSM-175, PSM-230, PSM-250, mexanizatsiyalashtirilgan dastgohlarda o’tkaziladi. Bu dastgohlarda ikkita ishchi ma’lum tartibda tanda iplarini anjomlardan biri uzatib, ikkinchisi o’tkazadi. Shoda terish ancha mehnat talab etadi. Shuning uchun to’quv dastgohiga keltirilgan tanda iplari uchlari eski tanda iplarini uchlari bilan maxsus mashinada ulanadi.
Iplar uchini ulash UP-125-5M, UP-175-5M, UP-250-5M mashinalarida amalga oshiriladi. UP-125-SHL, UP-175-SHL, ip bog’lash mashinalari ipak iplarni ulash uchun mo’ljallangan.
Shoda terish bo’limida, shuningdek, yordamchi uskunalar ham o’rnatilishi lozim, bular tig’ tishlarini tozalovchi MCHB-125-1, Shoda gulalarini tozalovchi MCHR-175-1, lamellarni tozalovchi MCHL-1 mashinalaridir.
To’quv dastgohlarini tanlashda, ularning assortiment va texnologik imkoniyatlarini hisobga olish zarur. Ayniqsa, ishlab chiqariladigan mahsulotni dunyo bozorida xaridorgir bo’lishini ta’minlash kerak.
O’zbekiston to’qimachilik korxonalari keyingi yillarda ensiz va past, unumsiz to’quv dastgohlarini zamonaviy eni katta /180 sm va undan katta/ dastgohlarga almashtirmoqda.
Ko’p hollarda bu maqsadda Rossiyaning STB turidagi ishchi eni 180 sm va undan yuqori bo’lgan dastgohlarni o’rnatilmoqda. Bu dastgohlarda kichik arqoq tashlagich qo’llanilgan. SHuningdek Italiyani Somet,Vamateks elastik rapirali dastgohlari va Belgiyani Pikanol dastgohlari ham o’rnatilmoqda.
Saralash bo’limida esa o’lchovchi, nazorat qiluvchi MKM-2, MKM-3 va tozalash bo’limida SV rusumli uskunalar qo’llaniladi.

Download 45.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling