Huquq shakillari manbalari reja: Huquq shakli (manbai) tushunchasining mazmuni. Huquq shakllari (manbaalari)ning turlari


Download 143.5 Kb.
bet7/9
Sana04.05.2023
Hajmi143.5 Kb.
#1425590
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
HUQUQ SHAKILLARI MANBALARI

О`zbekistonda huquq manbalari
О`zbekistonda huquq manbalari quyidagilardan iborat:
1) xalqaro huquqning umum e`tirof etgan prinsiplari va norma-lari hamda О`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;
2) qonunlar;
3) qonunosti hujjatlari.
Xalqaro huquqning umum e`tirof etgan prinsiplari va normalari – xalqaro huquqning asosiy qoidalari bо`lib, xalqaro hu-quqning barcha subyektlari tamonidan tan olingan va ularni bajarmaslikka yо`l qо`yilmaydi. Ular ichida davlat suverenitetini hurmat qilish, zо`rlik ishlatmaslik yoki zо`rlik ishlatish bilan tahdid qilmaslik, davlatning hududiy yaxlitligi, chegaralarining buzilmas-ligi, nizolarni tinch yо`l bilan hal etish, ichki ishlarga aralash-maslik, xalqlarning teng huquqliligi va о`z taqdirini о`zi belgilash huquqi, insonning huquq va erkinliklarini hurmat qilish, davlatlar о`rtasidagi hamkorlik, xalqaro huquq bо`yicha majburiyatlarni vijdonan bajarish kabilar bо`lishi mumkin.
Xalqaro shartnoma – xalqaro huquqning ikki yoki bir necha subyekti tomonidan qabul qilingan bitim bо`lib, huquq va maj-buriyatlarni belgilovchi, о`zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatdir. О`zbekiston Respublikasi siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va maxsus masalalar bо`yicha bir necha ming shartnoma tuzgan. 1995 yilda «О`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari tо`g`risidagi qonun» qabul qilingan. Shuni alohida ta`kidlash lozimki, xalqaro shartnomalarning qoidalari О`zbekiston qonunlariga nisbatan ustun-likka ega.
О`zbekiston Respublikasi qonunlari quyidagi guruhlarga bо`linishi mumkin:
1) Asosiy qonun – Konstitusiya;
2) konstitusiyaviy qonun;
3) qonun.
4) Qoraqalpog`iston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlari.
Qonunlar va boshqa normativ hujjatlar orasida О`zbekiston Res-publikasining Konstitusiyasi asosiy о`rin tutadi. Ushbu hujjat davlat hokimiyatining tashkil etilishini belgilaydi, Konstitusiyaviy tuzum asoslarini, insonlar va fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlaydi. Konstitusiya amaldagi qonunlar uchun yuridik asosdir. Konstitusiya qoidalari boshqa normativ hujjatlarda rivojlantiri-ladi va aniqlashtiriladi. Shuni ham aytib о`tish kerakki, Qoraqal-pog`iston Respublikasi О`zbekiston Respublikasi tarkibida о`z Konsti-tusiyasiga ega bо`lib, uning qoidalari О`zbekiston Konstitusiyasiga zid kelishi mumkin emas.

Download 143.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling