Huquq tizimi


Download 25.13 Kb.
bet8/9
Sana13.04.2023
Hajmi25.13 Kb.
#1354140
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DHTN-21

Oila huquqi – bu huquq tarmog‘i sifatida fuqarolik huquqiga yaqin. Oila – nikoh munosabatlari sohasidagi mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Uning normalari nikoh tuzish hamda uni bekor qilish, er-xotinlar, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarni, farzandlikka olish, vasiylik va xomiylikka oid munosabatlarni, oila a’zolarining mulkiy ahvoliga, ularning o‘zaro huquq va majburiyatlariga doir masalalarni tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi oila huquqining asosiy normativ hujjati hisoblanadi. Bu huquq tarmog‘ining tartibga solish usuli taraflarining tengligiga asoslanadi va dispozitiv xarakterga ega bo‘ladi.
Jinoyat huquqi – yordamida davlat qanday ijtimoiy xavfli xatti- harakatni jinoyat deb hisoblashi va ular uchun qanday jazo tayinlanishini belgilaydi. Jinoyat huquqi jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan mutassadi davlat organining vakolatlarini, jinoyatchilarni jinoiy javobgarlikka tortish asoslari va shartlarini, ularga nisbatan davlatning qoralov siyosati prinsiplarini, konkret jinoyatlar tarkibini va ularga belgilanadigan jazolar tizimi hamda turlarini, aybning shakllarini, turlarini o‘z normalarida mustahkamlaydi.
Jinoyat huquqining bosh normativ hujjati O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksidir. Bu huquq tarmog‘ining ijtimoiy munosabatlarga ta’sir o‘tkazish usuli jamiyat uchun xavfli munosabatlarni qat’iy man etish, davlat majburlovini amalga oshirishdan iboratdir.
Jinoyat-ijroiya huquqi mahkumlarning huquqiy holati, jazolarni va boshqa jinoiy - huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi muassasalar va organlar tizimi, ularning faoliyatini tekshirish va nazorat etish, jazo turlarini ijro etish tartibiga doir normalarni o‘z ichiga oladi.
Mazkur huquq tarmog‘ining uslubi – tarbiyalash va rag‘batlantirish jarayonlarini hokimiyat va bo‘ysunish usuli bilan ko‘shib olib borishga asoslangan. Asosiy huquq normalari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksida jamlangan.
Jinoyat-protsessual huquqi – protsessual huquq tarmoqlaridan biri bo‘lib, u jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish, ularni sudda ko‘rish bo‘yicha sud, prokuratura va surishtiruv hamda dastlabki tergov organlarining faoliyatini, shakllarini tartibga soluvchi normalarni o‘z ichiga oladi. Jinoyat - protsessual huquqi jinoyat jarayonining ishtirokchilari bo‘lmish gumondor, ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, ayblov va himoya vakillarining protsessual huquq hamda majburiyatlarini, ularning huquqiy holatini belgilaydi. Huquq tarmog‘ining bosh normativ hujjati – O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat - protsessual kodeksidir. Bu huquq tarmog‘i ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ham imperativ ham taraflar tengligiga asoslangan usullardan foydalanadi.

Download 25.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling