Husnixat o'rgatishda doir me'yoriy hujjatlar ustida ishlash
Download 49.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqHUSNIXAT O\'RGATISHDA DOIR ME\'YORIY HUJJATLAR USTIDA ISHLASH
Husnixat o'rgatishda doir me'yoriy hujjatlar ustida ishlashReja:1.Boshlang`ich sinf o`qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish muammolari. 2.O`qituvchilarning o`z ustida ishlashlarini tashkil etish yo`llari. 3.Me`yoriy-uslubiy hujjatlar (konsepsiya va b.) ning tahlili. Prezidentimiz I. A. Karimov o`zlarining Oliy Majlis IX sessiyasi (1997-yil 29-avgust) da so`zlagan “Barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusidagi nutqlarida ta`lim tizimining barcha jabhalarini chuqur tahlil qilib chiqib, jahon andozalariga mos, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida, shu davrgacha yo`l qo`yilgan kamchiliklarni ochiq-oydin tanqid qilib, ta`limning har bir sohasida amalga oshirilishi zarur bo`lgan ishlarni aniq va ravshan belgilab berdilar. Yurtboshimiz yuqorida ta`kidlangan nutqlarida boshlang`ich ta`limga alohida to`xtalib, quyidagi fikrlarni aytib o`tdilar: “ … Ikkinchi masala, avval aytganimdek, tarbiyachi, ya`ni o`qituvchiga borib taqalayapti. Tarbiyachilarning o`ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma`lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo`lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Eski ta`lim tizimining eng yomon qusuri boshlang`ich ta`limga ikkinchi darajali ish deb qarayotganimizdadir. Ochiq aytishimiz kerak: bilimi sayoz muallimlar ham birinchi sinfda dars beraveradi. Boshlang`ich ta`limga past nazar bilan qaralishining isboti shuki, sobiq SSSR da butun boshli pedagogika texnikumlari va bilim yurtlari tizimi tashkil etilib, ular asosan 1- 4 - sinf o`quvchilarini o`qitadigan muallimlar tayyorlar edi. Vaholanki, bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan boshlang`ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali murabbiylar birkitib qo`yilishini oddiy mantiqning o`zi talab etadi. Zamonaviy boshlang`ich ta`limning o`zi nimadan iborat bo`lishi kerak? Bola 1-4-sinflarda qanday bilimga ega bo`lishi lozim? Ularning tarbiyasi qanday bo`lishi kerak? Shu masalalarga javob topishimiz zarur…” O`qituvchi malaka oshirish kursida olgan bilim, ko`nikma va yangiliklarini doimo, kursdan keyin ham boyitib borishi zarur bo`ladi. Buning uchun o`qituvchi ta`limning, shu jumladan boshlang`ich ta`limning quyidagi asosiy masalalariga e`tibor qaratib borishi tavsiya etiladi. Chunki, yuqorida aytib o`tilgan vazifalardan tashqari, boshlang`ich sinf o`qituvchisi quyidagi me`yoriy-huquqiy va me`yoriy-uslubiy hujjatlarni ham bilishi va o`z faoliyati davomida qo`llay bilishi zarur: -Prezidentimiz I. Karimovning asarlarini, ulardagi ta`limga, istiqlol mafkurasini yaratishga, ma`naviyat va ma`rifatga oid fikr-mulohazalarni bilish. “Ta`lim to`g`risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini bilish. Vazirlar Mahkamasi qarorlari, “O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta`lim to`g`risida Nizom”ni bilish: -“Ta`lim to`g`risida”gi qonunning II bo`lim 12-moddasida boshlang`ich ta`lim bo`yicha qayd etilgan ikki jumlani (“Boshlang`ich ta`lim umumiy o`rta ta`lim olish uchun zarur bo`lgan savodxonlik, bilim va ko`nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar 6–7 yoshdan qabul qilinadi”.); -“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da boshlang`ich ta`limga oid belgilangan vazifalarni (“Umumiy o`rta ta`lim. To`qqiz yillik (I–IX sinflar) o`qishdan iborat umumiy o`rta ta`lim majburiydir. Ta`limning bu turi boshlang`ich ta`limni (I–IV sinflar) qamrab oladi hamda o`quvchilarning fanlar asoslari bo`yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o`zlashtirish ehtiyojini, asosiy o`quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma`naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko`nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo`lishini va kasb tanlashini shakllantiradi. Umumiy o`rta ta`lim tugallanganidan keyin ta`lim fanlari va ular bo`yicha olingan baholar ko`rsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi. Umumiy o`rta ta`limning yangicha tizimi va mazmunini shakllantirish uchun quyidagilar zarur: maktabning I–IX sinflari doirasida sifatli umumiy o`rta ta`lim olishni ta`minlovchi davlat ta`lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, bunda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan keyin olinadigan ta`lim dasturlari bilan mantiqiy bog`liqlik hisobga olinishi lozim; yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash; hududlarning jo`g`rofiy va demografik xususiyatlariga, shaxs, jamiyat va davlatning ehtiyojlariga muvofiq ravishda ta`lim muassasalari tarmoqlarini rivojlantirish”); - boshlang`ich ta`lim konsepsiyasini (“Boshlang`ich ta`lim” jurnali, Toshkent, 1998, 6-son, B. 12-18), /uning 8 bo`limi mazmunini; boshlang`ich ta`limning bosh maqsadini, vazifalarini, boshlang`ich sinf o`qituvchisiga aynan konsepsiyaning “Boshlang`ich sinf o`qituvchisi” nomli 7-bo`limida qo`yilgan talablarni; -boshlang`ich sinf o`qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo`yiladigan davlat talablarini (Xalq ta`limi vazirligining 2002-yil 16-apreldagi 77-buyrug`i, “Ziyokor” jurnali, Samarqand, 2002-yil, 9-son) /unda jami 25 ta talab belgilanganligini, har bir talab mazmun-mohiyatini o`zlashtirib, o`z pedagogik faoliyatida qo`llay olishni/; -boshlang`ich ta`limni bitiruvchilariga, ya`ni 4-sinfni bitirib, 5-sinfga o`tuvchi o`quvchilarga qo`yilgan davlat ta`lim standartlari (DTS) ni; -DTS ga asoslangan holda 1-, 2- va 3- sinfni bitiruvchilariga belgilangan har bir fan kesimidagi dastur talablarini; Bundan tashqari, ma`ruzada ta`kidlab o`tilgan hujjatlarga tayangan holda tuzilgan va ishlab chiqilgan darslik, uslubiy qo`llanma, ko`rgazmali, tarqatma hamda boshqa qurollarni; va shu kabi boshqa boshlang`ich ta`limga oid manbalarni o`z vaqtida o`rganib, o`zlashtirib borishi talab etiladi. Shu bilan birga o`qituvchi muntazam o`z malakasini mustaqil oshira borib, BT konsepsiyasi, boshlang`ich ta`limga (shu jumladan boshlang`ich sinf o`qituvchisiga) qo`yilgan davlat talablarini hamda umumiy o`rta ta`lim Davlat standartlari talablarini bilishi kerak. Ta`limni boshqarish nazariyasi va amaliyotidagi yangiliklar, hozirgi maktab taraqqiyotining asosiy yo`nalishlari, Respublika Xalq ta`limi vazirligi qabul qilgan eng muhim buyruqlar va boshqa ta`limni boshqarishga oid me`yoriy hujjatlarni bilish. Milliy g`oya, ma`naviyat va ma`rifat, huquq sohasida zaruriy bilimlarga ega bo`lish. Umuminsoniy qadriyatlar va milliy qadriyatlar, ularning mushtarakligi, XXI asr bo`sag`asidagi vaziyatni bilish. Hozirgi ekologik vaziyat, ekologik muammolarning global xarakteri, o`quvchilarga ekologik tarbiya berish sohasidagi vazifalarni bilish. Pedagogika va psixologiya fani yangiliklaridan xabardor bo`lish, barkamol avlodni tarbiyalash ishiga yondashuvning yangicha aspektlari, sharqona tarbiya, o`zbek oilasidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash an`analari, ta`limda yangi pedagogik va informatsion (axborot) texnologiyalarni qo`llash nazariyasidan xabardor bo`lish kabi talablarni bajara borishi ko`zda tutiladi. Kurs ishtirokchisi yuksak pedagogik mahoratga ega bo`lishi, ta`limning noan`anaviy shakllarini qo`llay olishi, yangi pedagogik texnologiya element (unsur) larini qo`llay olish malakasiga ega bo`lishi lozim. O`zi dars beradigan fanlar bo`yicha nazariy bilimlarga ega, shu fandagi eng so`nggi kashfiyotlar, shu fan taraqqiyoti yo`nalishlaridan xabardor bo`lishi. O`qituvchi dars beradigan fanlarining o`qitish metodikasini yuqori darajada egallagan, uslubiyotdagi yangiliklarni bilishi, shu fanni o`qitishdagi ilg`or tajribalardan xabardor bo`lishi. Adabiyotlar: Download 49.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling