Masala. Sharof Rashidov Masala. Abdullayev Vohid Abdullayevich Masala. Nuriddin Shukurov


Download 19.51 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi19.51 Kb.
#1038083
Bog'liq
19-mavzu


  1. XX asr ilm-fanida Samarqand olimlarining o`rni.




  1. Masala. Sharof Rashidov

2.Masala. Abdullayev Vohid Abdullayevich
3.Masala. Nuriddin Shukurov 
4. Masala. Botirxon Valiho’jayev


1.Masala. Sharof Rashidov
Taniqli adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov 1917 yilning 6 noyabrida Jizzaxda dehqon oilasida tavallud topdi. Oʻrta maktabda dastlabki maʼlumotni olgach, 1934 yilda Jizzax pedagogika texnikumida oʻqidi. 1941 yilda Samarqand davlat universitetini tugatganidan soʻng, mehnat faoliyatini muallim va muxbirlikdan boshladi. 1938–1941 yillarda Samarqand viloyati gazetasida ishladi. 1941–1942 yillarda Ikkinchi jahon urushida qatnashadi. Frontdan qaytgach, 1944–1947 yillarda Samarqand viloyati miqyosida rahbarlik lavozimlarida faoliyat koʻrsatadi.
1947–1949 yillarda hozirgi “Oʻzbekiston ovozi” gazetasiga muharrirlik qildi. 1949–1950 yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, 1950–1959 yillarda Oʻzbekiston Oliy Kengashi Rayosatining raisi, 1959–1983 yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasining birinchi kotibi lavozimlarida xizmat qildi.
Sharof Rashidov oʻtgan asrning 30-yillaridan badiiy ijod bilan shugʻullanib, dastlab sheʼriyatda qalam tebratdi. Uning birinchi sheʼriy toʻplami “Samarqand kuylari” nomi bilan bosilib chiqdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan sheʼrlari 1945 yilda “Qahrim” toʻplamida chop etildi. U ayni chogʻda adabiyotshunos va munaqqid sifatida ham qalam tebratdi.
Adib “Gʻoliblar” (1953) qissasini qayta ishlab, 1972 yilda roman shaklida nashr ettirdi. “Boʻrondan kuchli” romani 1958 yilda, “Qudratli toʻlqin” romani esa 1964 yilda dunyoga keldi. Bu asarlarda xalqimizning urushdan keyingi tiklanish yillaridagi matonatli mehnati badiiy ifodasini topgan.
Ijodkorning “Kashmir qoʻshigʻi” (1957), “Komde va Moʻdan” (1959) kabi lirik qissalari va “Koinot” (1957) kinoqissasi anʼanaviy Sharq dostonchiligi uslubida bitilgan boʻlib, yoshlik, bahor, goʻzal hayot nashidasi madhiga bagʻishlangan. Adib hayotining soʻnggi yillarida yaratilgan “Dil amri” qissasi urush yillarida belorus tuprogʻida jang qilgan oʻzbek jangchilarining hayoti tasviriga bagʻishlangan.



  1. Masala. Abdullayev Vohid Abdullayevich

Abdullayev Vohid Abdullayevich (1912.15.5 — Samarqand — 1985.30.7) -adabiyotshunos. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1973). Filologiya fanlari doktori (1959), professor (1960).
1932 yil Farg‘ona pedagogika institutini bitirgan. Vohid Abdullayev 1935—43 yillartsa Buxoro va Samarqand pedagogika institutlarining, 1944—69 ylarda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand universiteti o‘zbek adabiyoti kafedrasining mudiri, 1963 yildan shu universitet rektori. 1930 yildan she’rlar, ilmiy maqolalar yoza boshlagan.
«Samarqand sayli» (1970) she’riy kitobi nashr etilgan. «Navoiy Samarqandda» (1948), «Nishotiy va uning «Husni Dil» dostoni», «Xoksor va uning «Muntaxab ul-lug‘ot» kitobi» (1955), «Nishotiy va Xoksor» (1960), «O‘zbek adabiyoti tarixi» (1964), «Saylanma» (1982) kabi kitoblari o‘zbek adabiyoti va adabiyotshunosligi masalalariga bag‘ishlangan.
Vohid Abdullayevning oliy o‘quv yurtlari uchun «O‘zbek adabiyoti tarixi» darsligida 17 — 19-asrlardagi o‘zbek adabiyoti tarixi tadqiq etilgan.


3.Masala. Nuriddin Shukurov (1930.16.5, Samarqand tumani — 1994.5.6, Samarqand) — adabiyotshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977), filol. fanlari doktori (1974), professor (1976). Samarqand universitetining filol. fakultetini tugatgan (1950). Samarqand Davlat Universiteti oʻzbek adabiyoti kafedrasida oʻqituvchi, dotsent (1953—68), professor (1976-yildan). Shu untning oʻzbek va tojik filol. fakultetida dekan (1987—93), kafedra mudiri (198493), prorektor (197884). Viloyat gaz.ga (hozirgi "Zarafshon") muharrirlik ham qilgan (1968—73), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand boʻlimini boshqargan (1990— 94). shahrining asosiy ilmiy ishlarida zamonaviy va mumtoz oʻzbek adabiyoti muammolari, xususan, adabiyotdagi mazmun va shakl masalalari, sheʼriyatning uslub, janr, syujet, kompozitsiya, til, vazn, qofiya singari badiiy mahoratga daxldor tomonlari tadqiq etilgan. Asarlarida sheʼriyat va uning muammolari, bir nechta taniqli oʻzbek shoirlari ijodi gʻoyaviybadiiy jihatdan tahlil qilingan.


4.Masala. Botir Valixo‘jayev (1932.1.4, Samarqand - 2005) — adabiyotshunos. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1982), professor (1971).
Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini bitirgan (1953), shu universitetda o‘qituvchi (1956-63), fakultetdekanining o‘rinbosari (1964-69), dekan (1971-73, 1986-88), tojik tili va adabiyoti kafedrasi (1974— 85), o‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi (1985 yildan) mudiri, prorektor (1990 yildan)bo‘lib ishlagan. Botir Valixo‘jayev ilmiy ishlari adabiyot tarixi, adabiyotshunoslik, adabiy aloqalar, tasavvuf va uning namoyandalari, Samarqand adabiy va ilmiy muhiti tarixi, Ibn Sino, Nizomiy, Jomiy, Navoiy kabi olim va mumtoz shoirlarning ijodiga bag‘ishlangan.
«O‘zbekistan adabiy-tanqidiy qarashlari tarixidan» (1960), «O‘zbek epik poeziyasi tarixidan» (1974), «Navoiy ijodi — ilhom manbai» (1991), «Xoja Ahror Vali» (1993), «Xoja Ahror tarixi» (1994) kabi ilmiy asarlar va bir necha o‘quv qo‘llanmalar muallifi. Botir Valixo‘jayev asarlari Rossiya, Afg‘oniston, Turkiya va Eronda nashr etilgan.
Download 19.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling