I bob. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarni mantiqiy fikrlashini rivojlantirish
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
saida
Masala. Qayiqchi bo`ri, echki va karamni daryoning bir qirg`og`idan ikkinchi qirg`og`iga
qayiqda o`tkazib qo`yishi kerak: Har bir kechib o`tishda u faqat bitta passajirni olib o`tishi mumkin. Lekin bo`ri va echkini, hamda echki va karamni qarovsiz qoldirib bo`lmaydi. Qayiqchi barchani qanday qilib daryoning bir qirg`og`idan ikkinchi qirg`og`iga olib o`tishi mumkin? Yechish. Masalani yechish jarayonida mulohazalar zanjiri tuzib, quyidagi jadvalni to`ldiramiz Bir qirg`oqda Daryo Ikkinchi qirg`oqda Bo`ri, Karam Qayiqch i, Echki Bo`ri, Karam Qayiqchi Echki Karam Qayiqchi, Bo`ri Echki Karam Qayiqchi, Echki Bo`ri Echki Qayiqchi, Karam Bo`ri Echki Qayiqchi Bo`ri,Karam Qayiqchi, Echki Bo`ri, Karam Masalani 2-usulda quyidagicha yechish mumkin Bir qirg`oqda Daryo Ikkinchi qirg`oq 1) Bo`ri, Karam Qayiqchi, Echki 2) Bo`ri, Karam Qayiqchi Echki 3) Bo`ri Qayiqchi, Karim Echki 4) Bo`ri Qayiqchi, Echki Karam 5) Echki Qayiqchi, Bo`ri Karam 6) Echki Qayiqchi Bo`ri, Karam 7) Qayiqchi, Echki Bo`ri, Karam Sekin asta kechib o`tishga doir masalalar mazmuni murakkablashib boradi. II BOB. Boshlang’ich sinf matematika darslarida mantiq elementlarini o’rgatishda ta’lim texnologiyalaridan foydalaninsh. 2.1 Boshlang’ich sinflarda matematik mantiq elementlarini o’rgatish Boshlang`ich sinflar matematika kursiga mantiqiy masalalarning kiritilishini, bir tomondan, bu masalalarni yechish o`quvchilarning aqliy rivojlanishiga ijobiy ta’sir o`tkazib, ulardan o`z fikrini mantiqiy izchillik asosida ifodalash ko`nikmalarini tarkib toptirishi bilan izohlansa, ikkinchi tomondan, bu masalalarni yechishda hisoblashlarni bajarish umuman kerak bo`lmasligi yoki yordamchi rol o`ynab, faqat arifmetikaga doir ma’lumotlar bilan chegaralanishi orqali izohlanadi. Kombinatorik masalalarni yechish ham mantiqiy masalalar kabi o`quvchilarning matematik rivojlanishiga ijobiy ta’sir o`tkazadi. Mantiqiy, kombinatorik va nosatndart masalalarda keltirilgan holatlar, vaziyatlarni tahlil etish asosida o`quvchilar zaruriy axborotni izlash va ajratish ko`nikmalarini egallaydilar, sabab-oqibat bog`lanishlarini o`rnatadilar, mulohaza qilishning mantiqiy zanjirini qurib, konkret shartlarga tayangan holda masalaning eng qulay samarali yechish usullarini tanlash va yechish kabi o`quv faoliyatining kompotensiyaisi shakllantiriladi va rivojlantiriladi. Gipotezalarni tuzish va tekshirish asosida yechiladigan mantiqiy masalalar o`quvchilarning tadqiqot qilish ko`nikma va malakalarini rivojlantirib, quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi: 1) muammoning qo`yilishi; 2) qo`yilgan muammoni o`rganish; 3) tadqiqot gipotezasini tuzish; 4) gipotezani tekshirish(gipotezani tasdiqlash yoki rad etish); 5) xulosalarini ifodalash; 6) hosil qilingan xulosalarni tahlil etish va umumlashtirish. Bu bosqichlarni quyidagi masalani yechish asosida konkretlashtiramiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling