I bob. Buxoroga sovet davlatining xujumi va uning oqibatlari


Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti


Download 223.75 Kb.
bet2/8
Sana13.04.2023
Hajmi223.75 Kb.
#1353307
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Buxoroga sovet davlatining xujumi va uning oqibatlari

Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti. Buxoro amirligiga sovetlar qo’shinining tajovuzi va amirlikni tugatilishi natijasida yuzaga kelgan xalq xarakatlari, uning kelib chiqish sabablari, oqibatlarining mazmun-moxiyati BMI ob’ekti sifatida tanlab olingan.
BMIning maqsad va vazifalari. BMIning maqsadi Buxorodagi sovetlarga qarshi kurashning yuzaga kelish sabablari va uning oqibatlarini taxlil etish, ilmiy xulosalar chiqarishdan iborat..
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda BMI oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:
- Buxoroni sovet qo’shinlari tomonidan bosib olishi va amirlikni ag’darb tashlanishini o’rganish.
- Buxoroda sovet xokimiyatining o’rnatilishini taxlil etish.
- Buxoroda qizil armiyaga qarshi qurolli xarakatning boshlanishi va uning umumxalq xarakatiga aylanishi ochib berish.
- Qurolli kurashning harbiy rahbarlari va g’oyaviy rahnamolar ko’rsatib berish.
BMIning ilmiy va amaliy ahamiyati. BMI ishi natijasidan Buxoro amirligining sovetlar tomonidan bosib olinishi va uning oqibatidan vujudga kelgan qurolli kurashlar tarixiga bag‘ishlangan maqolalar yozishda, umum ta’lim maktablarida Buxoro amirligi va qurolli kurashlar tarixini o’rganishda hamda O‘zbekiston tarixining mazkur davriga oid maxsus kurs va seminarlarni tashkil etishda foydalanish mumkin.
BMIning nazariy-uslubiy asoslari sifatida tarixiylik, xolislik, tarixan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy jarayonlarning sabab-oqibatli bog‘lanishining muqarrarligi kabi ilmiy tamoyillar xizmat qildi. Mustaqil ish olib borishning turli yo‘llariga, jumladan, qiyosiy retrospektiv (o‘tmishga murojaat qilish) va kompleks statistik usullariga, tarixiy hodisa, fakt va raqamlarni tarixiy-falsafiy, muammoviy tarzda mushohada etish yo‘liga, umuminsoniy va milliy qadriyatlarning shajarasiga tayanuvchi tarixiy tafakkur qoidalari, insonparvarlik g‘oyalariga va mustaqil milliy taraqqiyot mafkurasiga asoslanadi.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ish kirish, ikki bob, 4 ta paragrif, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan tashkil topgan.



Download 223.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling