I bob. Buxoroga sovet davlatining xujumi va uning oqibatlari


Download 223.75 Kb.
bet1/8
Sana13.04.2023
Hajmi223.75 Kb.
#1353307
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Buxoroga sovet davlatining xujumi va uning oqibatlari


Mundarija


Kirish --------------------------------------------------------------------------------


I bob. Buxoroga sovet davlatining xujumi va uning oqibatlari.



    1. Buxoroni sovet qo’shinlari tomonidan bosib olinishi va amirlikning ag’darb tashlanishi..




    1. Buxoroda sovet xokimiyatining o’rnatilishi.........................................


II bob. Buxoroda sovet rejimiga qarshi qurolli kurash.

2.1. Buxoroda qizil armiyaga qarshi qurolli xarakatning boshlanishi va uning umumxalq xarakatiga aylanishi...........................................................


2.2. Qurolli kurashning harbiy rahbarlari va g’oyaviy rahnamolari .......




Xulosa ----------------------------------------------------------------------------


Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro’yxati ------------------

RYЕJA.


Kirish.


I bob. Buxoroga sovet davlatining xujumi va uning oqibatlari.



    1. Buxoroni sovet qo’shinlari tomonidan bosib olinishi va amirlikning ag’darb tashlanishi.




    1. Buxoroda sovet xokimiyatining o’rnatilishi.


II bob. Buxoroda sovet rejimiga qarshi qurolli kurash.

2.1. Buxoroda qizil armiyaga qarshi qurolli xarakatning boshlanishi va uning umumxalq xarakatiga aylanishi.


2.2. Qurolli kurashning harbiy rahbarlari va g’oyaviy rahnamolar.


Xulosa.


Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro’yxati.

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining e’lon qilinishi bilan o’zbek xalqining asriy orzulari ro’yobga chiqdi. Istiqlol tufayli o’zbek xalqi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy sohalarda tom ma’nodagi ozodlikka, o’zlikni anglash imkoniyatiga ega bo’ldi. O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab jamiyatdagi barcha sohalarda ulkan o’zgarishlar yuz bera boshladi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov o’zining fundamental asarlaridan biri bo’lgan “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” nomli asarida o’zbek xalqi tarixini haqqoniy yoritishning nazariy metodologik asoslarini ko’rsatib, tarixchilar oldiga yaqin o’tmishni, xususan, sovet davri tarixini birlamchi manbalar asosida xolis va ob’ektiv yoritish vazifasini qo’ydi: “O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbottalab bo’lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi zarur”1. Mustamlakachilik yillarida, ayniqsa, sovet rejimi hukmronligi davrida o’zbek xalqining milliy qadriyatlari, urf-odatlari, madaniyati va ma’naviy merosi oyoq osti qilindi. Milliy ozodlik uchun kurashgan insonlar qurbon bo’ldi, ularning xotirasi badnom etildi. Ma’lumki, istiqlol tufayli yurtimizda tarixga munosabat tubdan o’zgardi. Ayniqsa, 130 yil davom etgan mustamlakachilik yillaridagi tarixni xolisona o’rganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Sovet hokimiyati yillarida taqiqlangan tarixiy manbalar, turli arxivlarda saqlanayotgan muhim hujjatlardan foydalanish va shu asosda o’zbek xalqining haqqoniy tarixini yaratish imkoniyati tug’ildi. “El-yurtimiz taqdiriga daxldor bo’lgan tarixiy adolatni tiklash, − deb ta’kidlaydi O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov, − xalqimiz va millatimizning yaqin o’tmishidagi yopiq sahifalarini to’la ochib berish, shu tarixdan saboq chiqarib, bugungi va kelajak hayotimizga ongli qarashni shakllantirish, begunoh qurbon bo’lgan insonlar xotirasini abadiylashtirish biz uchun ham qarz, ham farz edi”2.
Mustaqillik yillarida sovet rejimiga qarshi olib borilgan ozodlik kurashi tarixi keng miqyosda o’rganiligan, ularga tayangan holda mavzuni ba’zi jihatlarini BMI sifatida o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Зеро O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev e’tirof etganidek, “Har bir suveren davlat o’zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa haqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi”3.
1920 yil sentyabrda qizil armiya tomonidan Buxoroda amirlik tuzumining ag’darib tashlanishi, shaharning vayron qilinishi, yangi tashkil qilingan Buxoro Xalq Sovet Respublikasidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, asosan Yosh buxoroliklardan shakllantirilgan yangi BXSR hukumati rahbarlari bilan Markaz yuborgan bolьshevik vakillari o’rtasidagi qarama-qarshiliklar, mamlakat hududida turgan qizil armiya va bolsheviklarning bosqinchilik siyosatiga qarshi qurolli harakat, bu harakatning O’rta Buxoro va Sрarqiy Buxorodagi rivojlanishi dinamikasi, ozodlik harakatining Turkiston mintaqasidagi ijtimoiy- siyosiy va harbiy jarayonlarga ta’sirini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi va mavzuning dolzarblik jihatini belgilaydi. Biroq sovet davrida qizil armiyaga qarshi qaratilgan bu harakat asossiz ravishda “bosmachilik” harakati tarzida talqin qilindi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2008 yil 31 avgustda “Shahidlar xotirasi” majmuasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari hamda “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyining yangi ekspozitsiyasi bilan tanishib, mustaqillik uchun kurashgan ajdodlarimiz ruhiga ehtirom ko’rsatib, quyidagi fikrlarni ta’kidladi: “Mustabid tuzum qatag’oni qurboni bo’lgan minglab vatandoshlarimizning ayanchli qismati, millatimiz ziyolilarining boshiga tushgan qora kunlar hech qachon yodimizdan chiqmaydi. Erkin va farovon kunlarga erishishimizga o’z hissasini qo’shgan insonlar xotirasini e’zozlash, ularning hayoti va faoliyati bilan bog’liq haqqoniyma’lumotlarni o’rganish – ezgu va xayrli ishdir”4. SHu sababdan 1920-1926 yillarda buxorodagi qizil armiyaga qarshi olib borilgan qurolli harakat tarixini o’rganish dolzarb ahamiyat kasb etishini yana bir bor asoslaydi.

Download 223.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling