I bob. Buxoroga sovet davlatining xujumi va uning oqibatlari


Buxoroda sovet xokimiyatining o’rnatilishi


Download 223.75 Kb.
bet4/8
Sana13.04.2023
Hajmi223.75 Kb.
#1353307
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Buxoroga sovet davlatining xujumi va uning oqibatlari

Buxoroda sovet xokimiyatining o’rnatilishi.

1920 yil sentyabr oyi boshlarida qizil armiya tomonidan Buxoro shahri bosib olindi. Buxoro amirligi qurolli kuch yordamida ag’darib tashlandi. Turkiston fronti jangchilari Buxoro shahrini bosib olish paytida shahardagi ko’p ming yillik tarixga ega bo’lgan me’moriy obidalar va tarixiy yodgorliklarni vayron qilishdi.
O’n ikki aeroplan Buxoroni kecha-kunduz bombardimon qildi. Natijada 50 000 dan ortiq erkak va ayol, bolalar halok bo’ldi, uylar, masjidlar, madrasalar, mahallalar, tijoratxonalar vayron etildi. Amir tomonidan hozirlab qo’yilgan jang anjomlari, zahiralari vayron etilib, kommunistlar tarafidan yondirib yuborildi.
Amir Olimxon uzoqqa otar to’plar va tanklarga qarshi olib borgan to’rt kunlik janglardan so’ng Buxoro aholisi jonini saqlab qolish maqsadida hamda dushmanga qarshi jang qilish uchun o’z kuchining zaifligini anglab, urushni to’xtatishga majbur bo’ldi. To’rtinchi shanba kuni Sitorai Mohi Xosa bog’ini tark etib, payshanba kuni Afg’oniston elchisi Abdushukurxon, Toshkentdagi elchi Muhammad Aslamxon Sayg’oni mirishkor, afg’on lashkari qozisi hamda 25000 Buxoro va Afg’on sarbozlari ishtirokida G’ijduvon orqali Vatandan chiqib ketdi.
Buxoro davlati bilan bolьsheviklar o’rtasida bo’lgan janglarda Usmonbek, qozi al-quzzot Burhoniddin, rais Abdurauf karvonboshi, tijorat ishlari raisi Yusufboy, tijorat vakili Muqimboy va amirga aloqador ba’zi kishilar asirga olindilar18.
Jang boshida harbiy vazir tog’am Muhammad Saidbek parvonachi va urush qo’mondoni Abdulhafiz Parvonachi, Ibrohimbekbiy askar boshliqlari edilar. SHu bilan olti oy davomida kurash va jang yuz berib, oxiyri bolsheviklar jamoasi o’zlari paydo qilgan mazkur urushga majbur bo’lishib, Moskvadan anchagina askar va harbiy qurollar yig’ib keldilar. Shu bilan ular birdan islom lashkari ustiga hujum boshladilar. Bundan tashqari 1920 yil 18 oktyabrda bo’lgan Oliy inqilob harbiy hukm mahkami (Revtribunal) majlisida Qozikalon Burhoniddin, rais Mulla Asomiddin, Ahrorqo’l To’qsabo, Usmonbek qo’shbegi, Hoji Qarshibek kabi Buxoroning ko’plab mashhur kishilari 24 soat ichida otib o’ldirishga hukm qilindi va ular zudlik bilan qatl etildi.
1920 yil kuzida Buxoroda bolьsheviklar tomonidan tashkil qilingan Buxoro CHekasining raisi Hoji Hasan Ahromim o’g’li, Revtribunal raisi esa Olimjon Akchurin bo’lib, ular Buxoroga Markaz tomonidan yuborilgan edi. Buxoroning sobiq amiri Said Olimxon kichik miqdordagi qo’shin va saroy a’yonlari bilan birgalikda 1920 yil kuzida SHarqiy Buxoroga borib o’rnashdi. O’sha paytda SHarqiy Buxoro hududiga Buxoro amirligining Boysun, Baljuvon, Darvoz, Denov, Qabodiyon, Qorategin, Ko’lob, Qo’rg’ontepa, Hisor, SHerobod, SHug’non kabi 11 ta viloyati kirgan. SHarqiy Buxoro hududi asosan tog’lar va tog’lar ortidagi kichik vohalardan iborat bo’lgan. SHarqiy Buxoroda turgan Said Olimxon qo’l ostidagi oz sonli harbiy qismlar va xalq ommasining ko’magi vositasida qizil armiyaga qarshi harbiy harakatlarni boshlab yubordi.
Turkistondagi sovet qo’mondonligi 1920 yil oktyabr oyining oxirlaridayoq SHarqiy Buxoroni bosib olish uchun maxsus harbiy ekspeditsiya jo’natishni rejalashtirgan edi1. 9 noyabrda 1-armiya qo’mondoni G.V.Zinovevning buyrug’i bilan Buxoro hududidagi barcha sovet harbiy bo’linmalari va qal’alardagi garnizonlar Buxoro gruppa qo’shinlari tarkibiga kiritildi. Qizil armiyaning yaqin oradagi vazifasi qilib Hisor vodiysida turgan Said Olimxonni qo’lga olish va SHarqiy Buxoroda qurol kuchi bilan sovet hokimiyatini o’rnatish belgilandi. Ekspeditsiyaning harbiy harakatlari asosan Hisorda o’tishi mo’ljallanganligi uchun Turkiston fronti qo’mondonligi uni Hisor harbiy ekspeditsiya otryadi deb nomlaydi. Turkiston fronti qo’mondonligining 1920 yil 27 noyabrdagi buyrug’it asosida Hisor ekspeditsiya otryadini tuzish boshlandi. U 1-Turkiston diviziyasi tarkibidagi 3-brigada, 16-otliqlar polki, 5 va 6-otliqlar polka va maxsus tog’lik otliq batareyasi hamda Rossiya markazidan yuborilgan yangi harbiy qismlar asosida tashkil qilindi19.
1920 yil 17 dekabrda Hisor ekspeditsiyasi qismlari diviziya komandiri Marsov boshchiligida Behbudiy (hozirgi Qarshi) shahridan yo’lga chiqishdi. Ular 20 dekabrda jang bilan Boysun yaqinidagi Darbandni egallashdi. SHarqiy Buxoroda harakat qilayotgan Hisor ekspeditsiyasi tarkibida 10000dan ortiq qizil askar bo’lgan. Bosqinchi qizil armiya qo’shini tarkibida tog’larda harakat qilishi mo’ljallangan maxsus tog’lik otliq otryad va 22 ta pulemyot bor edi. Hisor ekspeditsiyasi tarkibidagi qizil askarlar SHarqiy Buxoroda faqat amir sarbozlari va istiqlolchilarga qarshi jang qilish bilan cheklanmasdan tinch aholining mol-mulkini talab, qarshilik qilganlarni shafqatsizlik bilan o’ldirganlar. Ekspeditsiya o’tgan yo’llardagi qishloqlar vayron qilingan. Bu qishloqlarning tirik qolgan aholisi tog’-toshlarga chiqib ketishga majbur bo’lgan. Butun Buxoro Markaziy Revkomi chaqirib olingan Sa’dullaxo’ja Tursunxo’jaev o’rniga 1920 yil dekabr oyining oxirida SHarqiy Buxoroga Otaulla Xo’jaev (Otaullaxo’ja Po’latxo’jaev) boshchiligidagi 20 nafar mahalliy xalqqa mansub siyosiy xodimlarni jo’natdi. SHarqiy Buxorodagi istiqlolchilar qizil askarlarning tajovuziga qarshi mardonavor jang qilganlar. Ikki o’rtadagi dastlabki yirik jang 1920 yil 20 dekabrda Boysun tumanidagi Oqko’tal balandligida bo’lgan. Bu jangda mahalliy vatanparvarlarning qo’li baland kelib, ular hatto diviziya komandiri Marsovni yarador qilishgan. Ekspeditsiyaga rahbarlik qilishni 16-otliqlar polki komandiri M..Roganov o’z zimmasiga olgach, qizil askarlar mag’lubiyatdan qutulib qolgan.
1921 yil 14 fevralda ertalab Hisor harbiy ekspeditsiya otryadi Boysundan yo’lga chiqdi. Aynan ushbu kundan boshlab harbiy ekspeditsiyaning yurishi boshlanib, SHarqiy Buxoroni bosib olishga kirishdi. Qizil askarlar amir sarbozlari, mahalliy aholidan shoshilinch tuzilgan ko’ngillilar va boshqa milliy kuchlarning jiddiy qarshiligiga duch keldi. Buxoro Respublikasining hukumati 15-22 fevral kunlarini Buxoro fronti zarbdor haftaligi deb e’lon qildi. Bu kunlarda Ya.A.Melьkumov qo’mondonligidagi 1-Turkiston kavaleriya brigadasi jangchilari Bandixon darasini egallab, qizil askarlarga Surxondaryo vohasi uchun yo’l ochishdi.
15 fevralda qizil askarlar mahalliy aholining keskin qarshiligi va shiddatli janglardan so’ng Denovni bosib olishdi. Boysun va Denov shaharlari muhim strategik ahamiyatga ega bo’lib, qizil armiya qo’mondonligi bu shaharlarda o’zlarining harbiy garnizonlari va boshqa muhim qismlarni joylashtirdi. Qurol-yarog’ jihatidan miqdor va sifat ustunligiga ega bo’lgan qizil askarlar bilan bo’lgan shiddatli janglarda Buxorodagi istiqlolchilar (amir sarbozlari va ko’ngilli yigitlar) dastlab mag’lubiyatga uchrashadi. 1921 yil 15 fevralda qizil askarlar Denovni bosib olishdi. Tez orada istiqlolchilar qo’lidan Yurchi, Sariosiyo va Sarijo’y ham tortib olindi. Hujum qilib kelayotgan qizil askarlar Regarda (hozirgi Mirzo Tursunzoda shahrida) shiddatli qarshilikka duch keldilar, lekin bu shahar va so’ngra Qoratog’ ham ular tomonidan egallandi.
Bu voqealardan so’ng Said Olimxonning qarorgohi joylashgan Dushanbe shahriga hujum boshlandi. 20 fevralda u shaharni tashlab chiqqach, avval Ko’lob viloyatiga chekindi. 1921 yil 4 martda Said Olimxon Amudaryoning CHubek degan joyidan Afg’oniston davlatiga o’tib ketdi. Unga o’zining 300 nafar amaldorlari va 200 nafar navkarlari hamrohlik qildi.
1921 yil 25 fevralda Dushanbe shahriga Hisor ekspeditsiya harbiy otryadining shtabi kelib o’rnashgan. Ekspeditsiyaning harbiy ta’minoti asosan Qarshidan yetkazib turilgan. 2 martda bu yerga RSFSRning Buxoro Xalq Sovet Respublikasidan maxsus vakili V.V.Kuybishev kelib, qizil askarlar oldiga yangi vazifalarni qo’ydi. Qizil askarlar “o’t va qilich” bilan butun SHarqiy Buxoro hududida sovet hokimiyatini o’rnatishi lozim edi. Bundan tashqari Dushanbega Toshkent va Buxorodan bolьsheviklar yuborgan maxsus siyosiy xodimlar – BXSR va Buxoro Kommunistik partiyasining favqulodda va muxtor vakillari Sa’dullaxo’ja Tursunxo’jaev boshchiligida yetib keldi. Bu kommunistlar qizil armiyaning istiqlolchilarga qarshi kurashiga g’oyaviy jihatdan rahbarlik qilishi lozim edi.
Tutkovul atrofida Ibrohimbek, Davlatmandbek, Tog’ay Sari va Egamberdi o’zlarining 3000 kishilik suvoriylari bilan qizil askarlarga qattiq qarshilik ko’rsatdilar. Biroq shiddatli janglardan so’ng 24 fevral kuni kechqurun Davlatmandbek boshchiligidagi 1800 suvoriy Kangurt orqali Baljuvonga jo’nab ketdi, qo’shinning qolgan qismi esa Ibrohimbek yetakchiligida Ko’lob tomonga qarab yo’l oldi.
1921 yil 25 fevralda Roganov boshchiligidagi 2-otliqlar polki Ko’lobni egalladi1. G’arm uchun bo’lgan janglarda esa SHarqiy Buxorodagi mujohidlar bilan bir safda turib farg’onalik istiqlolchilar ham qizil askarlarga qarshi kurashdilar. SHermuhammadbek va uning qo’l ostidagi Nurmuxammad Mingboshi va Askar Polvon boshchiligidagi istiqlolchilar Qorategin begi Fuzayl Mahdum bilan G’armni dushmandan mardlarcha mudofaa qilishlariga qaramay, 1921 yil 23 martda qizil askarlar shaharni egallashdi. Natijada SHermuhammadbek o’z qo’shini bilan Oloy vohasi orqali Farg’onaga chekingan bo’lsa, Fuzayl Mahdum Darvozga jo’nadi. SHu narsa xarakterliki, Hisor ekspeditsiya otryadi bir yilcha mavjud bo’lishiga qaramasdan uning komandirlari tez-tez o’zgarib turgan.
Amir Olimxon SHarqiy Buxoroda ekanligidayoq inglizlardan harbiy yordam so’ragan edi. Biroq Buyuk Britaniya (Angliya) hukumati toj-taxtdan mahrum bo’lgan sobiq hukmdorga yordam ko’rsatmaydi.
Said Olimxon Afg’onistonga o’tgach, o’zi bilan xorijga o’tgan saroy amaldorlaridan bir qismini Xonobod va Mozori SHarifda qoldirib, eng yaqinlari bilan poytaxt Kobulga jo’naydi. U 1921 yili may oyida Afg’oniston amiri Omonullaxon iltifotiga binoan Qobul atrofidagi Qal’ai Fotu qarorgohida joylashib, yangi tashkil qilingan BXSR hududida qizil armiyaga qarshi olib borilayotgan harbiy amaliyotlarni boshqarishga urinadi. Said Olimxon Buxoro hududida faoliyat olib borayotgan qo’rboshilar bilan aloqani hamda o’zaro ma’lumotlarni asosan tog’asi Qarshining sobiq begi Tog’aybek vositasida amalga oshiradi. RSFSR bilan Afg’oniston o’rtasida 1919 yil fevralda o’zaro do’stlik haqidagi shartnoma imzolangan bo’lib, Buxoroda Afg’oniston bilan bog’liq voqealarning keyingi rivojida sovet Rossiyasi Afg’onistonning yangi hukumatiga o’sha shartnomani eslatib turar, birgalashib umumiy dushman – Buyuk Britaniya imperializmiga qarshi kurashga chaqirar edi. Afg’oniston bu masalaga o’ta ehtiyotkorona munosabatda bo’lgan. Bir tomondan, Buxoro bilan Afg’oniston o’rtasidagi yaqin qo’shnichilik, din birligi buxoroliklarni sovet Rossiyasi va bolьsheviklarga qarshi kurashini Afg’oniston tomonidan qo’llab-quvvatlashni taqozo qilsa, ikkinchi tomondan, Moskvaning ingliz imperializmi (umumiy dushman)ga qarshi kurashga da’vati, Rossiya bilan Afg’oniston o’rtasida tuzilgan shartnoma yangi afg’on hukumatini bolьsheviklarni qo’llab-quvvatlashga undar edi. Omonullaxon ma’lum muddat ikki tomonlama siyosat olib borgach, pirovardida, bolьsheviklar Rossiyasini qo’llab-quvvatlashni lozim topdi. Bu holat qizil armiyaga qarshi
kurashayotgan buxorolik va turkistonlik vatanparvarlarni yana ham mushkul
ahvolga solib qo’ydi.
Hisor ekspeditsiya harbiy otryadi 1920-1921 yillarda Sharqiy Buxoroda amir sarbozlari va qo’rboshi guruhlariga qarshi jang qilish bilan cheklanmay, tinch aholi vakillarini o’ldirgan, ularning mol-mulkini talagan. Sharqiy Buxorodagi butun-butun qishloqlar va shaharlar qizil askarlarning “g’olibona yurishi”dan keyin huvillab qolgan. Tirik qolgan mahalliy aholi vakillari (qariyalar, ayollar va bolalar) o’z tug’ilgan yurtlarini tashlab, tog’-toshlarga chiqib ketishgan va cho’llardan makon topishgan. Bu haqda juda ko’plab arxiv ma’lumotlari guvohlik beradi.
Qizil armiya qismlarining Ko’lob tomonga hujum qilgan otryadlari 1921 yil mart oyida ikki guruhga ajralishgan. Birinchi guruhga kirgan qizil askarlar otryadi asosan Ko’lob shahrini bosib olish uchun harakat qildi va Pulisanginda (Toshko’prikda) mustahkam o’rnashib oldi. Qizil askarlar otryadi amir sarbozlari va mahalliy aholining jiddiy qarshiligidan keyin 1921 yil 15 martda SHarqiy Buxoroning muhim strategik shaharlaridan biri Ko’lobni bosib olishdi.
Qizil askarlarning ikkinchi guruhi oldiga Qorategin va Darvozni bosib olish asosiy vazifa qilib qo’yildi. 1921 yil 13 martda bu vazifani bajarish uchun Ya.A.Melkumov boshchiligidagi 1-kavaleriya brigadasi hamda 1-kavaleriya polki va Dyakonov batareyasi jangchilari harbiy yurishni boshladilar. Ular 16 martda shiddatli janglardan so’ng Obigarm shahrini egalladi. Avval qayd etib o’tilganidek, 1921 yil 23 martda viloyat markazi – G’arm shahrini qizil armiya qismlari bosib oldi. Bolsheviklar tomonidan G’armda inqilobiy qo’mita (revkom) tuzilib, unga Umarov rais qilib tayinlandi. Revkomning oziq-ovqat komissiyasiga rais qilib esa Nusratullo Maxsum belgilandi. Aprel oyining boshlarigacha qizil armiya qismlari SHarqiy Buxoroning tog’lik hududlariga kirib borib, Qorategin bekligini bosib olishdi. Amir sarbozlari mag’lubiyatga uchrashdi. 1921 yil mart oyi oxirida Darvoz bekligining markazi – Qal’aixumb shahri qizil askarlar tomonidan egallandi20.
Xullas, Hisor harbiy ekspeditsiya otryadi 1921 yil fevral-aprel oylarida SHarqiy Buxoro hududining asosiy qismini (hozirgi Tojikiston Respublikasiga kiradigan hududni) bosib oldi. Sharqiy Buxoroda ham amirlik tuzumi ag’darib tashlandi. Bolьsheviklar va qizil armiya qo’mondonligi ushbu hududda yangi rejim – sovet hokimiyatini o’rnatish va qaror toptirish uchun barcha vositalarni ishga soldi. Bu hududda revkomlar va boshqa favqulodda organlar tashkil etildi. BXSR hukumati ham Sharqiy Buxoro hududiga o’zining favqulodda va muxtor vakillari sifatida siyosiy xodimlarni yuborib, (ularning ko’pchiligini kommunistlar tashkil qilgan), bu yerda yangi hokimiyatni shakllantirish uchun butun vositalarni ishga soldi. Hisor harbiy ekspeditsiyasi jangchilari va qizil armiyaning boshqa harbiy qismlari askarlari mahalliy aholini talash, xo’rlash va zulm qilish bilan cheklanmasdan ko’pchiligini o’ldirib yuborishgan. Biroq sovet davri tarixiy adabiyotlarida bu tarixiy haqiqat soxtalashtirilgan. Bu adabiyotlarda o’z Vatani ozodligi uchun qizil armiyaga qarshi kurashgan, o’z oilasi sha’nini saqlab qolish uchun qizil askar nayzasiga qarshi borib halok bo’lgan mahalliy aholi vakillari “bosmachi” tarzida talqin qilingan.
Xulosa qilib aytganda, 1920 yil avgust-sentyabr oylarida qizil armiyaning olib borgan harbiy harakatlari natijasida Buxoroda amirlik hokimiyati ag’darib tashlandi. Mamlakat poytaxti Buxoro va boshqa yirik shaharlar Turkiston fronti jangchilari tomonidan bosib olindi. Qizil armiyaning Buxoro amirligiga bosqini natijasida SHarqning yirik davlatlaridan biri o’z mustaqilligidan ajraldi.
Bolsheviklar va sovet qo’mondonligi SHarqiy Buxoro va O’rta Buxoro hududlarini tezroq bosib olish, faqat Markaziy Buxoro va G’arbiy Buxoroda emas, balki poytaxt Buxorodan olisda ham sovet hokimiyatini tezroq qaror toptirish uchun zudlik bilan Hisor harbiy ekspeditsiyasini tashkil qilib, uni Qarshidan Boysun orqali SHarqiy Buxoro hududiga jo’natdi. Hisor ekspeditsiyasining SHarqiy Buxoroga tajovuzi oqibatida 1921 yil bahorida bu hududda ham majburiy tarzda sovet hokimiyati o’rnatildi. Biroq qizil askar nayzalari ustiga o’rnatilgan bolsheviklar hukumati omonat bo’lib, SHarqiy Buxoroda 1921 yil yozi va kuzida ko’tarilgan turli qo’zg’olonlar natijasida mintaqada sovet hokimiyatiga barham berildi.



Download 223.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling