I bob. Buxoroga sovet davlatining xujumi va uning oqibatlari
Download 223.75 Kb.
|
Buxoroga sovet davlatining xujumi va uning oqibatlari
Birinchi bosqich 1920-1921 yillarni o’z ichiga olib, bu davrda O’rta Buxoro va Sharqiy Buxoro hududlarida qizil askarlarga qarshi milliy ozodlik harakati boshlandi va dastlabki yutuqlarga erishdi. Qizil armiyadan mazkur hududlarning aksariyat qismi ozod qilindi.
Ikkinchi bosqich harakatning eng shiddatli davri bo’lib, o’z ichiga 1922-1923 yillarni qamrab oladi. Bu yillarda Buxorodagi milliy ozodlik harakati o’zining eng yuqori cho’qqisiga chiqdi va Sharqiy Buxoroda sovet hokimiyatiga butunlay barham berildi. O’rta Buxoro va G’arbiy Buxoroda ham ozodlik kurashchilari katta yutuqlarga erishdilar. 1924-1926 yillarni o’z ichiga olgan uchinchi bosqichda qurolli harakat asta-sekin pasayib bordi. Har ikki tomonning qarama-qarshiligida harbiy ustunlik qizil askarlar foydasiga o’zgarib ketdi. 1924 yil oxirida O’rta Osiyoda milliy – hududiy chegaralanish o’tkazilib, Turkiston ASSR va XXSR singari BXSR ham tugatildi. BXSR hududi yangi tashkil qilingan O’zbekiston SSR (uning tarkibida Tojikiston ASSR ham bo’lgan) va Turkmaniston SSR tarkibiga kiritildi. 1925-1926 yillarda asosan Sharqiy Buxoroda qizil armiyaga qarshi janglar davom etsa-da kurash shiddati va ko’lami ancha pasaygan edi. 1926 yil oxirida mazkur hududlardagi qurolli harakat asosan mag’lubiyatga uchradi. Biroq O’rta Buxoro va Sharqiy Buxoro hududlarida ham Turkiston mintaqasida bo’lgani singari qizil armiyaga qarshi harbiy harakatlar ayrim uzilishlar bilan 1934-1935 yillarga qadar davom etdi. Bu janglarda omon qolgan milliy kurashchilarning aksariyati xorijiy davlatlarga muhojir bo’lib jo’nabketishga majbur bo’ldi. O’rta Buxoro va SHarqiy Buxorodagi qurolli harakatning eng zaif tomoni uning Turkiston mintaqasida yagona markaz ostida to’liq birlasha olmaganligi, harakatning boshidan to oxirigacha mafkuraviy asos bo’lib xizmat qiluvchi yagona milliy dasturning yaratilmaganligi hamda ayrim harbiy rahbarlar orasidagi kelishmovchilik va nizolar, ba’zi qo’rboshilarning tor dunyoqarashi va boshqalar sabab bo’ldi. Shuningdek, milliy ozodlik harakatiga aloqasi bo’lmagan ba’zi jinoiy guruhlar talonchilik va bosqinchilik bilan shug’ullanib, ko’plab begunoh kishilarni o’ldirishdi. Bundan qizil armiya qo’mondonligi va bolьsheviklar ustomonlik bilan foydalanishdi. Ular maxsus josuslar va ayg’oqchilar yordamida Buxorodagi qurolli harakat ichidagi birlikni parchalash, ba’zi harbiy rahbarlar o’rtasidagi tarqoqlik va o’zaro ixtiloflarni yanada avj oldirishga urindilar. Bundan tashqari sovet hukumati, xususan, 1924 yildan boshlab SHarqiy Buxoroda qator islohotlar o’tkazib, xalq uchun iqtisodiy sohada biroz yengilliklar berdi. Bu holatlar hamda turli-tuman targ’ibot va tashviqotlar natijasida qurolli harakat qatnashchilarini mahalliy aholi tomonidan qo’llab-quvvatlanishini to’xtata oldi. O’rta Buxoro va SHarqiy Buxoroda qizil armiyaga qarshi qaratilgan qurolli harakat mavjud bo’lib turgan davrda mazkur hududlarda hokimiyat barqaror bo’lmaganligidan foydalangan turli o’g’ri va qaroqchilarning kichik jinoiy guruhlari yuzaga keldi va faollashdi. Turli jinoiy unsurlardan tashkil topgan ushbu qaroqchilar guruhlari talonchilik va bosqinchilik bilan shug’ullanib, xalqni o’ldirishdi. Ular faqat boylik orttirish uchun qishloqlardagi tinch aholi ustiga turli bosqinlar uyushtirib, ularni talashgan va qarshilik qilganlarni shafqatsizlik bilan jazolashgan. Mahalliy harbiy kuchlar va qizil armiya o’rtasidagi qurolli to’qnashuvlardan charchagan aholi (ayni paytda bu oilalarning ko’pchiligi himoyasiz qolgan bo’lib, bu paytda davlat muhofazasi haqida gap bo’lishi mumkin emas edi) uchinchi kuchdan katta jabr ko’rdi. Tinch aholi o’z mol- mulkidan ajralishdan tashqari ko’p holatlarda qurbonlar berib, kata yo’qotishlarga duchor bo’ldi. Ana shunday holatlar tinch aholi o’rtasida qo’zg’olonchilar harakatining istiqboli mavhumligi to’g’risidagi qarashlarga olib keldi. Qizil armiya tomonidan himoya qilinayotgan sovet hokimiyatining qudrati asta-sekin bo’lsa ham muttasil ravishda o’sib borayotganligi xalq dunyoqarashi va psixologiyasiga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmadi. Bundan tashqari Buxorodagi qurolli harakatning g’oyaviy mafkurachilari bo’lgan milliy ziyolilar: jadidlar va ulamolar o’rtasidagi ayrim kelishmovchiliklar kurashni yanada kuchayishiga to’sqinlik qilganligini alohida ta’kidlab o’tish lozim. Qurolli harakat ayrim mutaassib ulamolarning amallari oqibatida ko’pgina hollarda faqat islom g’oyalariga singib ketdi va shu bilan cheklanib qoldi. BMI mavzusini o’rganish natijasida natijalari quyidagi taklif va tavsiyalarni ko’rsatib o’tish: - O’rta Buxoro va SHarqiy Buxoroda qizil armiyaga qarshi qurolli harakat tarixi to’g’risida internet sahifalarida maxsus veb-sayt ochish hamda muntazam ravishda uni to’ldirib borish; - o’zbek yoshlari va xalqimizni yurtga sadoqat hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun ajdodlarimizning chet el bosqinchilariga qarshi olib borgan urushlari, xullas, Turkistondagi milliy ozodlik harakatlari tarixini O’zbekiston Respublikasidagi barcha umumta’lim maktablarida, kollejlar va akademik litseylarda maxsus kurs sifatida o’qitish lozim. Zero ta’lim jarayonida bugungi kun yoshlariga tarixiy voqeylikni o’rgatish, ularni taxlil etish, muxim xulosalarga ega bo’lishlari, olgan bilimlarini mustaxkamlab borish maqsadida respublikamizda barcha soxalarda tegishli bo’lgan jarayonni rivojlantirish borasida katta ishlar amalga oshirilatganini ko’ramiz. Ta’lim va fan soxasini rivojlantirish: “Uzliksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo’lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish”42 bugungi kunnig muxim masalasiga aylandi. SHunday ekan tariximizni barcha jarayonlarini taxlil etish, o’rganish asosiy maqsadimiz xisoblanad Download 223.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling