Ii-bob birinchi jahon urushi va uning yakunlari


Download 151.5 Kb.
bet1/9
Sana19.06.2023
Hajmi151.5 Kb.
#1615475
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 jahon urushi va uning yakunlari




MUNDARIJA
KIRISH
I-BOB 1914-1918- YILLARDAGI BIRINCHI JAHON URUSHI
1.1 Urushning boshlanishi
1.2 Birinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari.
II-BOB BIRINCHI JAHON URUSHI VA UNING YAKUNLARI.
2.1 Urushning boshlanishi va german armiyasining Fransiyaga hujumi.
2.2 German armiyasining 1914 yilda olib borgan urushlari va «yashin tezligi»dagi urush rejasining barbod bo’lishi.
2.3 To‘rtlar ittifoqining mag‘lubiyati, urushning yakuni,
XULOSA
ADABIYOTLAR RO`YXATI
KIRISH
Birinchi jaxon urushiga olib kelgan narsa imperializmning rivojlanishi, birinchi navbatda imperialistlar o`rtasidagi ziddiyatlarning keskinlashuvi, Yevropa davlatlarining ikki harbiy siyosiy blokka –Antanta bilan Uchlar ittifoqi o`rtasida dunyoni yanayam aniqrog`i bo`lingan dunyoni qaytadan bo`lib olish uchun kurash bo`ldi. 1914 yilga kelib, imperialistik davlatlar o`rtasidagi kurash g`oyat keskinlashib, so`nggi chegaraga yetdi. Germaniya va Angliya ziddiyatlari asosiy ziddiyatlar edi. Germaniya Angliya va Fransiya xisobiga yangi mustamlakalarni bosib olishni, Rossiyani kuchsizlantirishni Yevropada o`z gegemonligini o`rnatishni maqsad qilib qo`yishgan edilar. Germaniyaning maqsadlari:
a) birinchidan Fransiyani mag`lub etish va undan katta miqdorda kontributsiya olish, shuningdek Fransiya qirg`oqlarida Germaniyaning okean yo`lini va Angliga qarshi mustaxkam mudofaa va strategik nuqtaga ega bo`lish;
b) Rossiyaga yaqin yerlarda Germaniya qishloq xo`jaligi uchun qulay hududga ega bo`lish;
v) dengizda mutlaq hukumronlik o`rnatish (“Mustamlakachilikni ta`minlash uchun dengizlar mutlaq erkin bo`lishi lozim” urushning maqsadlari to`g`risidagi Gitlerning maxfiy dokladidan; )
Mazkur urushda ishtirok etgan har bir davlat o`z manfa`tlaridan kelib chiqqan holda turli maqsad va rejalarni o`z oldiga qo`yishgan edilar. Shu nuqtaii nazardan 1-jaxon urushidagi yirik imperialistik davlatlarning xsusan Germaniyaning manfa`tlari xsusida to`xtalib o`tsak:
Ingliz imperialistlari urush yo`li bilan Germaniyani kuchsizlantirishga, uning mustamlakalarini bir qismini bosib olishga, Usmoniylar imperiyasini bo`lib yuborishga umid qilgan edilar. Shu o`rinda Buyuk Britaniyaning 1-jaxon urushigacha bo`lgan ichki va tashqi siyosatiga qisqacha e`tibor qaratib o`tsak: Ma`lumki XIX -asrning 70-yillarida Buyuk Britaniya dunyodagi eng qudratli va yirik mustamlakachi davlat xisoblanib sanoat, ilm-fan rivojlanishi jixatidan AQSH va Fransiyadan ham ustun turardi. Boshqa industrial davlatlarda bo`lgani kabi bu yerda ham yovvoyi kapitalizmning salbiy oqibatlari tufayli 1879, 1882, 1890 yillarda qishloq ho`jaligi va sanoatda iqtisodiy inqirozlar bo`lib o`tdi.
Tabiiyki, bunday inqirozlar Angliyaning sanoat sohasidagi hukmronligiga chek qo`ydi. Qirolicha Viktoriya (1837-1901) va primyer-minstr liberallar lideri Gdastonlar ilgari surgan «ajoyib yakkalik» tamoyiliga ham putur yetadi.
XIX -asr 90 yillarga kelib Buyuk Britaniya ko`mir qazib chiqarish,po`lat eritish,cho`yan ishlab chiqarish, paxta yetishtirish sohalarida AQShdan ortda qoldi. Okendagi va mustamlakalardagi bozorlarda raqobada yangi tashkil topgan Germaniya asosiy raqibga aylandi.
Agrar soxadagi inqirozlar tufayli qishloq xo`jaligi maxsulotlari ikki barobar kamaydi. Sanoat va qishloq xo`jaligidagi inqirozlar ishsizlar o`sishga olib keldi. Shunga qaramasdan sanoat qishloq xo`jaligi va moliyaviy sohalarda yirik manapoliyalar soni ko`payib, ularning ichki va tashqi siyosatga ta`siri yanada kuchaydi.
1870-1885 yillarda xukumatni boshqargan Gladstonning lebirallar xukumati va Dizrayelinning kanservatorlar xukumati aynan mana shu manapoliyalar va yuqori doiralar manfaati yo`lida siyosat yuritdi.Bu davrda qirollik xazinasiga katta daromad keltiruvchi yana bir manba sudxo`rlik moliyasi edi.1880-yillarda Angliyaning chetga chiqargan sudxo`rlik moliyasi106 mln funtsterlingga yetdi. XIX -asr oxiriga kelib ingliz ishchilarinnig o`z haq huquqlari uchun kurashish tajribasi ancha o`sgan edi. Ishchilar harakatiga tred-yunion sotsial demokratik federatsiya 1890 yilda tashkil topgan mustaqil ishchilar partiyasi boshchilk qildi. Faqatgina I-jaxon Mustamlakachilik urushlari asosiy mablag`ning armiyaga va sudxo`rlikka sarflanishi natijasida iqtisodiy turg`unlik yanada mustaxkamlandi. XX-asr boshida Angliyaning ilgargi siyosiy,iqtisodiy mavqeini yo`qotishi, ommaviy ishchilar harakatlari hukumatni yangicha siyosat olib borishga majubur etdi. 1895-1902 yillarda hukumatni boshqargan Solsberining konservatorlar xukumati ichki bozorni ximoya qilish uchun proteksionizmni joriy etdi1.

Download 151.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling