Ii-bob birinchi jahon urushi va uning yakunlari


I-BOB 1914 — 1918- YILLARDAGI BIRINCHI JAHON URUSHI


Download 151.5 Kb.
bet2/9
Sana19.06.2023
Hajmi151.5 Kb.
#1615475
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 jahon urushi va uning yakunlari

I-BOB 1914 — 1918- YILLARDAGI BIRINCHI JAHON URUSHI
1.1 URUSHNING BOSHLANISHI
Birinchi jahon urushining bosh sababi ikki harbiy-siyosiy guruh o`rtasida bo`lingan dunyoni qayta bo`lib olish edi. Dunyoning yetakchi davlatlari o`z yovuz maqsadlari yo`lida ma'naviy tubanlikka ketib boylik orttirish uchun millionlab insonlarni qurbon qilishga bel bog`ladilar. 1914- yilning 28- iyulida serbiyalik millatchi tomonidan Sarayevoda Avstriya-Vengriya taxti vorisi F. Ferdinand o`ldirildi.
Avstriya-Vengriya hukumati Serbiyaga juda haqoratli talablar qo`yilgan ultimatum yubordi. Serbiya hukumati ultimatumning faqat birgina talabiga, ya'ni suiqasd yuzasidan o`tkaziladigan tergov ishlarini Avstriya-Vengriya davlat huquqiy idoralari olib borishiga rozilik bermagan. Bu esa Avstriya-Vengriyaning 28- iyulda Serbiyaga urush e'lon qilishiga bahona bo`ldi. Serbiya ittifoqchisi Rossiya bunga javoban 29- iyul kuni qisman harbiy safarbarlik e'lon qildi.
Bundan Germaniya hukmron doiralari 1- avgustda Rossiyaga, 3avgustda esa uning ittifoqchisi Fransiyaga urush e'lqn qilish uchun bahona sifatida foydalandi. Germaniya Belgiyaning betaraflik maqomini buzib, bu davlatga hujum qildi. Belgiyaning betarafligi to`g`risidagi xalqaro hujjatni bir vaqtlar Prussiya ham imzolagan edi. Biroq, 1914yilda Germaniya hukumati bu hujjatni surbetlik bilan «bir parcha qog`oz» deb atadi. Germaniyaning Belgiyaga hujumiga javoban Angliya Belgiyani himoya qilish bahon&i bilan 4- avgust kuni Germaniyaga urush e'lon qildi. Urush shu tarzda boshlanib ketdi. 15- avgust kuni Yaponiya Germaniyadan Xitoydagi mustamlaka hududlarini Yaponiyaga berish talabi bilan chiqdi. Rad javobini olgach, 23- avgustda Yaponiya Germaniyaga qarshi urush e'lon qildi. Germaniya 1914 yilning oktabr oyida Usmonli turklar imperiyasini, keyinchalik Bolgariyani o`z tarafida turib urushda qatnashtirishga muvaffaq bo`ldi. Tez orada Kavkazorti, Suriya va Falastinda, Bolqon yarim orolida, shuningdek, Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalarida yangi frontlar vujudga keldi.
Faqatgina Serbiya va Belgiyadan tashqari barcha davlatlar uchun bu urush bosqinchilik urushi edi.

Download 151.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling