Ii-bob birinchi jahon urushi va uning yakunlari
German armiyasining 1914 yilda olib borgan urushlari va «yashin tezligi»dagi urush rejasining barbod bo’lishi
Download 151.5 Kb.
|
1 jahon urushi va uning yakunlari
1.3 German armiyasining 1914 yilda olib borgan urushlari va «yashin tezligi»dagi urush rejasining barbod bo’lishi.
1914- yil 1-oktyabrda Rossiya Ruminnya bilan maxfiy bitim tuzdi, bu bitimga ko‘ra Rossiya Ruminiya territoriyasini daxlsizligini kafolatladi va «Ruminiya istagan paytda Avstriya-Vengriya monarxiyasining ruminlar yashaydigan viloyatlarni qo‘shib olish huquqiga ega ekanligini e’tirof qildi» Ruminiya buning evaziga Rossiyaga nisbatan xayrixoxlik betarafligini saqlashga va’da berdi. 1916-yilda rumin armiyasining jangovorlik kuchi etarli emasligini to‘g‘ri baholagan rus qo‘mondonligi ittifoqchilar uchun Ruminiyaning betaraf bo‘lib turishi muhimroq deb hisobladi. 1916-yil 17-avgustda Ruminiya Antanta davlatlari bilan bitim tuzdi, unga ko‘ra Ruminiyaning Transilvaniya, butun Bukovinani va Banatni qo‘shib olish huquqini e’tirof qildi. Ruminiya 1916-yil 27-avgustda Avstriya-Vengriyaga urush e’lon qilindi. Ruminiya armiyasi Transilvaniyaga bostirib kirdi, biroq 6-sentyabrdayoq bolgarlar Dobrujada ruminlarni jiddiy mag‘lubiyaga uchratdilar. Sentyabr oyining oxirida Avstriya-Germaniya armiyasi Transilvaniyada shiddatli hujum boshlab, ruminlarni siqib chiqardi. 1916-yil 6-dekabrida nemis qo’shinlarni Buxarestni egalladilar, rumin armiyasining qolgan qismi Moldaviyaga chekindi8. Ruminiya territoriyasining ko‘p qismi okkupatsiya qilinganligi Avstriya bilan Germaniyaning oziq-ovqatga bo‘lgan extiyojini bir muncha qondirdi. Bundan tashqari Germaniya suv ostida va xavoda urushni kengaytirish uchun rumin neftiga ega bo‘lib oldi. Urush barcha davlatlarning iqtisodiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Urush ba’zi bir mamlakatlarning xo‘jaligini xonavayron qilib, ularni ko‘p yil orqaga uloqtirib tashladi. Faqatgina ikkita davlat urushdan hammadan ko‘p foyda ko‘rib qoldi. Bulardan biri 1917-yilda urushga kirgan AQSH va Yaponiya edi. 1914-yilga qadar jahon bankirlari bo‘lgan va moliya zanjiri bilan butun dunyoni o‘rab olgan Angliya, Fransiya va Germaniya urush yillarida chet ellardagi o‘z kapitallaridan ko‘pini yo‘qotdilar. Urushdan avval Yevropa kapitalistlaridan qarzdor bo‘lib yurgan AQSH, Angliya, Fransiya, Italiya va boshka Yevropa mamlakatlariga qarz beruvchi davlatga aylandi, kapitalistik dunyoning markazi bo‘lib qoldi. Ingliz floti urushning dastlabki xaftalaridan boshlab markaziy davlatlarni, keyinroq esa ularning ittifoqchilarini qamal qilib, bularni jahonning xom ashyo va oziq-ovqat manbalaridan uzib qo‘ydi, Germaniya ham o‘z navbatida suv osti urushi vositasi orqali Antanta mamlakatlarini qamal qilishga urindi va ularning juda ko‘p mustamlakalari bilan aloqasini qiyinlashtirib qo‘ydi. 1914-1918 yillardagi urush ba’zi mustamlaka va yarim mustamlakalar iqtisodida muhim o‘zgarishlar yuz berishga olib keldi. Urushda katnashayotgan davlatlarning sanoati faqat urush ehtiyojlarini qondirishgagina xizmat qilib turdi. Hamma urushayotgan davlatlarning hukumatlari mavjud yoqilg‘i, xom-ashyoni asosiy iste’mol buyumlari va oziq-ovqat zaxiralarini taqsimlashni o‘z qo‘liga oldi. Armiyaning oziq-ovqat, qurol aslaxalar bilan uzluksiz ta’minlab turilishiga erishish uchun barcha hukumatlar xo‘jalik xayotini tartibga solib turish va nazorat qilish sohasida qattiq sistema joriy qildilar. Urushning uchinchi yilidagi harbiy, iqtisodiy va siyosiy vaziyat bironta koalitsiyaga ham tez va xal kiluvchi g‘alabaga erishish imkonini bermadi. Odam resurslari va iqtisodiy resurslarning kamayib borayotganligi barcha urushuvchi davlatlarda, ayniqsa markaziy davlatlarda juda sezilib qoldi. 1916- yil oxirida Antanta mamlakatlari armiyasida 25 millionga yaqin kishi Markaziy davlatlar armiyasida esa 15 millionga yaqin kishi bor edi. Qishloq xo‘jalik maxsulotlari etishtirish juda ham kamayib bormokda edi. 1916- yil 12- dekabrda Germaniya hukumati o‘z nomidan va o‘z ittifoqchilari nomidan dushman guruxidagi davlatlarning hukumatlariga sulh haqida muzokaralar boshlashni taklif qildi. shu yil oxirida betaraf mamlakatlar – AQSH, shveysariya, Norvegiya, Daniya, SHvetsiya hukumatlari ham urushayotgan davlatlarga sulh muzokaralari boshlashni taklif qilib chiqdilar. Urush olib borishning inson sha’niga zid metodlaridan biri german suv osti flotining dushman va betaraf mamlakatlarning savdo kemalariga qarshi harakati bo‘ldi. 1914-yildayoq Germaniya suv osti kemalari Antantaning savdo kemalarini ogohlantirmay turib, g‘arq qilib, kemalar ekipaji va yo‘lovchilarini cho‘ktira boshlagan edi. 1915 yil fevralida nemis suv osti kemasi inglizlarning «Luzitaniya» degan katta kemasini g‘arq qildi, natijada ming kishi halok bo‘ladi. 1917-yil 9- yanvarda Germaniya imperiyasining monarxiya kengashi bir qarorga keldi va Germaniya 1- fevraldan cheksiz suv osti urushini boshlab yubordi. AQSH hukumati urushga aralashish yo‘lini qidirib, 1916-yil dekabri 1917 -yil yanvarida urushayotgan ikkala guruh hukumatlari bilan diplomatik muzokaralar olib borishga kirishdi. Germaniya hukumati o‘zining sulh haqidagi shartlarini maxfiy ravishda Vilsonga topshirdi. Bu shartlarda bosqinchilik talablari qo‘yilgandi. Ana shu bilan birga Germaniya 1-fevraldan betaraf davlatlar kemalariga qarshi ayovsiz urush boshlash xaqida AQSHni ogohlantirdi. Bu narsa AQSH va Germaniya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni uzish uchun baxona bo‘ldi. 1917-yil 6-aprelda AQSH Germaniyaga urush e’lon qildi.Cheksiz suv osti urushining dastlabki oylarida inglizlarning ko‘rgan talofoti juda katta bo‘ldi. 1917-yil aprelida nemis suv osti kemalari tomonidan umumiy hajmi 870 ming tonna bo‘lgan kemalar g‘arq qilindi. Lekin kemalarni ximoya qilish uchun inglizlar tomonidan o‘ylab topilgan metodlar ular ko‘rayotgan talofotning oydan-oyga kamayishiga olib keldi. Ular savdo kemalariii harbiy kemalar bilan himoya qilib olib o‘tishardi. 1917-yil oxiriga kelib ham suv osti urushi ittifoqchilarga ancha moddiy talofot keltirdi, lekin dushmanning suv osti kemalari ittifoqchilarning kemalari uchun ilgarigidek xalokatli xavf keltirmaydigan bo‘lib kolgandi. German generallari va admirallari «inglizlarni ocharchilikka mahkum etib nobud qilishga» qaratilgan yovuz niyatlarini amalga oshira olmadilar, ammo ocharchilikning qattiq panjalari nemis xalqining bo‘ynidan bo‘g‘ib kelmokda edi. German imperialistlari sharqiy Yevropada juda katta hududlarni bosib olganlaridan keyin, ular endi urushda uzil-kesil yutib chiqdik hamda Germaniya Rossiyaga va Ruminiyaga qanday «nemis sulhi» ni majburan qabul qildirgan bo‘lsa, g‘arbiy davlatlarga ham xuddi shunday «nemis sulhi» ni majburan qabul qildira olamiz, deb ishongan edilar. 1918- yil mart oyining o‘rtalarida Germaniyaning G‘arbiy frontda 181 ta piyoda askarlar diviziyasi va uchta alohida brigadasi bor edi. Hal qiluvchi janglar jarayonida G‘arbiy frontdagi german diviziyalarining soni boshqa frontlardan kelgan diviziyalar hisobiga 205 taga etdi va ittifoqchilarning armiyalari esa 21 martda 171 ta piyoda askarlar diviziyasiga ega edi. Biroq, nemislarning 10 yoki 34 diviziyasining ortiqligi G‘arbiy frontda endi hal qiluvchi rol o‘ynay olmas edi. German bloki mamlakatlarining axvoli juda mushkul edi. Aholi och edi. Armiya barcha zarur narsalardan kamchilik tortmoqda edi. Germaniya iqtisodiy jihatdan darmoni qurigan edi. Mehnat unumdorligi juda pasayib ketgan edi, yoqilg‘i va muhim xom-ashyo turlari etishmas, transport izdan chiqqan, odam rezervlari tugay deb qolgan edi. Urush tufayli juda charchagan xalqning ko‘pchilik qismi, birinchi navbatda ishchilar ommasi nemis imperialistlarining bosqinchilik maqsadlarini ko‘zlab, urushning cho‘zib yuborganligidan g‘azablanmoqda edilar, mamlakatda juda keskin inqilobiy krizis tez etilib kelmoqda edi Bu urush bevosita harbiy xarajatlar shaklida 208 milliard dollar mikdoridagi juda katta moddiy boyliklarni yutib yubordi. Nemis inqilobiy tarixchilari o‘zlarining tadqiqotlarida, generallari va siyosatdonlar esa ko‘pdan-ko‘p yodnomalarida Germaniya, go‘yo 1918-yil noyabrida yuz bergan inqilob natijasida mag‘lubiyatga uchradi, deb inqilob go‘yo g‘olib Germaniyaning «orqasiga xanjar urush» bo‘ldi deb baholaganlar. Germaniya va o‘ning ittifoqchilari mag‘lubiyatining asosiy sabablari kuyidagilar : 1. Antanta tomonida turib urushgan davlatlar Germaniya, Avstriya-Vengriya, Turkiya va Bolgariyaga nisbatan juda katta iqtisodiy resurslarga va odam rezervlariga ega edilar. shuning uchun ham uzoqqa cho‘zilgan urush sharoitida To‘rtlar ittifoqi mamlakatlarining front va front orqasi oldinroq zaiflasha boshladi. Antanta mamlakatlariga nisbatan tobora ko‘proq holdan toydi. Antanta armiyasining umumiy nisbati To‘rtlar ittifoqi mamlakatlaridagiga nisbatan muqarrar sur’atda yaxshi bo’lishi kerak edi va shunday bo‘ldi ham, masalan: Antantaning 48355 ming soldat va ofitseri bor edi, bu esa unga 525 diviziya tuzish imkoniyatini berardi. To‘rtlar ittifoqi armiyaga 25160 ming soldat va ofitserni chaqirib, 372 ta diviziya tuzdi. Antanta aviatsiyada ikki martadan ortiqroq ustunlikka ega edi. shunday qilib Antantaning iqtisodiy sohadagi kabi harbiy sohadagi ustunligi ham Germaniyaning va butun To‘rtlar ittifoqining uzoq davom etgan ikki frontda urush olib borishi, uning mag‘lubiyatga uchrashini muqarrar qilib qo‘ygan edi. 2. German imperializmining siyosiy uskurtmasi-yunkerlarining urushdan ilgariyoq avj olgan siyosiy krizis tufayli emirila boshlagan eng reaksion yarim absolyutistik monarxiyasi to‘rt yillik jahon urushining va kapitalizmning boshlangan umumiy krizisini juda og‘ir sinovlariga bardosh bera olmas edi.German imperialistlari tomonidan nemis xalqiga yuklangan urushning g‘oyat og‘irligi shunga olib keldiki, urushning o‘zi vujudga keltirgan inqilobiy krizis, kudratli ishchilar harakatiga va katta inqilobiy traditsiyalarga ega bo‘lgan Germaniyaga hammadan ko‘ra keskinroq ta’sir qildi. German imperialistlari Sovet Rossiyasiga qarshi intevensiya boshlab va unga ochiqdan-ochiq talonchilik, anneksionistik sulh shartnomasini majburan qabul qildirib, nemis xalqi oldida o‘zlarining rejalarini o‘zil-kesil fosh qilib qo‘ydilar va bu bilan o‘zlarining halokatini tezlashtirdilar. 3. German imperializmining harbiy nazariyasi, strategiyasi va taktikasi noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Uning noto‘g‘riligi shundan iborat ediki, german imperializmi o‘z kuchlariga haddan tashqari ortiqcha baho berib, dushman kuchlariga etarli baho bermagan edi, bu harbiy nazariya va taktika urushni tezlashtirishga, o‘z dushmanlarini yakka - yakka holda avvalo g‘arbda Fransiyani, undan keyin sharqda Rossiyani tor-mor qilib, shu tariqa ikki frontda uzoq davom etgan urushdan qutulish imkoniyatiga mo‘ljallagan avantyuristik taxminlarga asoslangan edi.German armiyasining oliy qo‘mondonligi va Germaniyaning siyosiy raxbarlari SHlifenning noto‘g‘ri doktrinasi changaliga tushib qoldi, chunki bu noto‘g‘ri doktrina XX asrdagi urushlar sharoitiga mutlaqo to‘g‘ri kelmas, hamda Germaniya qurolli kuchlari va xalq xo‘jaligi oldiga shunday maqsadlarni qo‘yar ediki, bu maqsadlarga erishish uchun Germaniyada iqtisodiy imkoniyatlar ham, harbiy va siyosiy imkoniyatlar ham yo‘q edi. XULOSA 1- jaxon urushidan xar tomonlama foydalangan AQSH hisoblanadi desak adashmagan bo`lamiz. XIX-asr oxirida AQSH tashqi siyosatida avvalgidek Monro Doktrinasining panamerikanizm tamoyili amal qilardi. Iqtisodiy o`sish, xom-ashyo, bozorlar, arzon ishchi kuchiga extiyoj va boshqa iqtisodiy siyosiy manfaatlar har tomonlama qudratli bo`lgan AQShni faol ekspansiyaga chorladi. AQSH uchun Uzoq Sharq va Lotin Amerikasida o`z hukumronligini o`rnatish alohida ahamiyat kasb etdi. Xitoy, Yaponiya va Koreya bozorlariga kirib borishda qulay tayanch bo`lgan Gavay oroli 1898 yilda bosib olindi. 1871 yil AQSH Koreyaga asoratli shartnomani qabul qildirdi. Lotin Amerikasidan Fransiya kapitalini siqib chiqarish uchun 1889 yil Vashingtonda birinchi Panamerika konferensiyasi bo`lib o`tdi. Unda AQSH raxbarligida Panama, Nikaragua, Kuba, Puyerto-Riko davlatlarini birlashtirgan yagona bojxona tizimini joriy etish masalasi ko`rib chiqildi. Shakarqamishga boy Kuba, Osiyodagi Filippinni Ispaniyadan tortib olish uchun 1898 yil aprelda AQSH Ispaniyaga qarshi urush e`lon qildi va uch oyda mag`lubiyatga uchratdi. 1898 yilning oxirida Parijda imzolangan sulxga ko`ra Kuba, Puyerto-Riko, Guam, Filippin (20 mln dollar evaziga) AQShga o`tdi. Dunyoning eng boy mustamlakasi Xitoyda AQSH erkin harakatlanish, tovarlar olib kirish va xom-ashyo olib chiqishda Germaniya, Rossiya, Yaponiya, Angliyaga qaraganda kam imtiyozlarga ega edi. Bu boradagi imkoniyatlarni tenglashtirish uchun 1889 yil oktabrda davlat kotibi Xeysning «Ochiq eshiklar doktrinasi» qabul qilindi. Qudratli moliya, sanoat oligarxlarining yanada kuchayishi, XX-asr boshida iqtisodiy taraqqiyoti jixatidan birinchi o`ringa chiqqan AQSH dunyoga xokimlik qiladigan davlatga aylandi. 1901 yil 14 sentabrda prezident bo`lgan T.Ruzvelt tashqi siyosati «katta tayoq siyosati» nomi bilan yuritildi. Bu kuch ishlatish yo`li bilan zaif davlatlarga o`z so`zini o`tkazishdir. Bu Xitoydagi qo`zg`olonlarni bostirishda, 1907 yilda San-Domingo boj, moliyasi ustidan AQSH nazoratinig o`rnatilganligini tasdiqlovchi shartnomani imzolatishda yaqqol namoyon bo`ldi. Tashqi siyosatdagi eng katta yutuq Panama orqali Markaziy Amerika ustidan nazoratning o`rnatilishi bo`ldi. 1903 yil 3 noyabrda Panamada metropoliya Kolumbiyaga qarshi isyon boshlandi. Fransuz kapitali Panamadan chiqib ketdi. AQShnig yordami bilan Panama Kolumbiyani mag`lubiyatga uchratdi va mustaqillikni e`lon qildi. Biroq bu nomigagina edi. 1904 yil AQSH hukumati Panama hukumati bilan kanal qazish va temir yo`l qurishga kelishdi va shu tariqa Panama AQSH ta`siriga tushib qoldi. Panama kanali 1914 yilda qurib bitkazildi. Birinchi jaxon urushi arafasida dastlab betaraf siyosat olib borib, urushayotgan davlatlarga harbiy buyurtmalarni sotish va keyinchalik Antanta tomonidan urushda ishtirok etib g`olib chiqqan AQSH dunyoning eng qudratli davlati bo`lib qoldi. Barcha imperialistik davlatlarda urush va unga tayyorgarlik amvjud ekani holda faqatgina sabab yetishmayotgandi. 1914 yil 28 iyunda Avstriya-Vengriya taxtlari vorisi ersgersog Frans-Ferdinandning o`ldirilishidan Berlin hukumati foydalanib qoldi va Serbiyaga ultimatum yubordi va unga qarshi urush e`lon qildi. Serbiyani qo`llab quvvatlagani uchun 1 avgustda Rossiyaga, 3 avgustda uning ittifoqchisi Fransiyaga urush e`lon qilish uchun bahona sifatida foydalandi. Bir vaqtning o`zida Germaniyaning Bel`giyaga bostirib kirishi 4 avgustda Bel`giyani ximoya qilish baxonasida Angliyani ham urushga kirishiga sabab bo`ldi. Bir tarafda Germaniya va Avstriya-Vengriya ikkinchi tomondan Angliya, Fransiya, Rossiya o`rtasidagi urush shu tariqa boshlandi. Urush jaxon urushiga aylandi, chunki dunyo ning katta qismini o`z nazoratida ushlab turgan davlatlar urushga kirdilar. Shuningdek ushbu urushga boshqa imperialistik davlatlar ham o`z manfaatlari doirasida yoki yuqoridagi davlatlarning siyosiy ta`siri ostida qo`shildilar. Masalan Yaponiya vaziyatdan foydalanib Germaniyaga qarshi urush e`lon qildi, ya`ni Germaniyaning Tinch okeanidagi mulklarini bosib olishga va Xitoyni bo`ysundirishga kirishdi. Usmoniylar imperiyasi Germaniya tomonidan Antanta davlatlariga qarshi urushga kirdi. Ushbu urushda dunyoning turli hududlaridan 36 davlat ishtirok etdi. Ushbu urush harakatlari nafaqat harbiy strategik, balki diplomatik urush ham edi. Sababi urush harakatlari davomida muvozanatlar o`zgarishi ham sodir bo`ladi, masalan 1915 yilning kuzida Germaniyaning amaldagi ittifoqchisi Italiya Antanta tomonidan Germaniyaning o`ziga va Avstriya-Vengriyaga qarshi urush e`lon qildi. Germaniya va Avstriya-Vengriya esa Bolgariya va Usmoniylar imperiyasi bilan birgalikda to`rtlar ittifoqini tuzishdi. Gurmaniya bu urush orqali bo`lingan dunyoni qaytadan bo`lib olish, Yevropada va dunyoda gegemonligini o`rnatish, o`zining asosiy raqiblari bo`lgan Angliya, Fransiya, Rossiya, AQShni, shuningdek hattoki o`zining ittifoqdoshlari bo`lgan Italiya, Avstriya-Vengriya, Bolgariya va Usmoniylar imperiyasini ham zaiflashtirish va bo`ysundirishni maqsad qilib olgan bo`lsa, Antanta davlatlari o`z oldilariga quyidagi maqsadlarni qo`yishgan edilar. Download 151.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling