Ma’ruza №32 – Chekli elementlar usulini qo’llaydigan zamonaviy muhandislik dasturlari. Ma’ruza rejasi
Download 321.19 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqMa’ruza №32 – Chekli elementlar usulini qo’llaydigan zamonaviy muhandislik dasturlari
1 Ma’ruza № 32 – Chekli elementlar usulini qo’llaydigan zamonaviy muhandislik dasturlari. Ma’ruza rejasi: 1. Zamonaviy chekli-elementli tahlil dasturlari obzori 2. Ana shunday dasturlar imkoniyatlari Kalit suzlar: Model, parametr, yuklamalar yuzasi bo‘ylab hisob-kitob, grafika, dastur, Ansys, Solid Simulatiyon. 1. Zamonaviy chekli-elementli tahlil dasturlari obzori Ilm-fan va texnika rivojining zamonaviy bosqichida mahsulotlar va konstruksiyalar loyihalashtirilishini SAPRsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ko‘p sonli va turli-tuman SAD/|SAM/SAE-dasturlari orasida chekli-elementli tahlil paketlari alohida muhim o‘rin tutadi. Ular yordamida hal etiladigan masalalar doirasi muhandislik hisob-kitoblarining deyarli barcha sohalarini qamrab oladi: mustahkamlik, tebranishlar, turg‘unlik, dinamika, akustika, gidrodinamika, aerodinamika va h.k. Chekli-elementli dasturlar ixtisoslashuvining, shu bilan birga chekli-elementli tahlil dasturlarining (FEA-paketlar) to‘liq ro‘yxatini taqdim etishning imkoni yo‘q. Biroq eng ko‘p tarqalgan chekli-elementli dasturlarning qisqacha obzorini berish nafaqat mumkin, balki bu foydali hamdir. FEA-paketlar foydalanuvchilarida (yoki potensial foydalanuvchilarida) ko‘pincha bir paketning boshqasidan ustunligi haqida fikr hosil bo‘lib, bu ko‘p jihatdan raqobatchi dasturiy mahsulotlar to‘g‘risida axborot yo‘qligidan kelib chiqadi. Aksariyat texnik OO‘Yularda rasmiy faqat birgina paketdan foydalanilib, boshqalarining imkoniyatlari hatto ko‘rib chiqilmasligi ham bunda muhim o‘rin tutadi. Ana shundan so‘ng bu tizimlarning ustuvor jihatlari va qo‘llanish sohalariga oid hech nima bilan asoslanmagan “afsonalar” paydo bo‘ladilar. FEA-dasturlar bozorida ANSYS paketi yetakchi ekanligiga hech kim shubha qilmasa kerak. Ko‘p sonli legal (rasmiy) foydalanuvchilari (bir milliondan ortiq), 2 e’lon qilingan katta imkoniyatlari, hamda ushbu paketdan foydalanilayotgan kompanilar, shuningdek narxining balandligi (obatda bu yuksak sifat haqida tasavvur uyg‘otadi), uskunalarga taqdim etiladigan eng yuqori talablar (5.5.1 versiyasi uchun 256 Mbayt operativ va 96 Mbayt videoxotiraga ega bo‘lgan kompyuter tavsiya etiladi) ham shundan dalolat beradi. ANSYS paketiga doir batafsil ma’lumotni ANSYS kompaniyasining rasmiy sayti — http://www.ansys.com yoki (rus tilidagi, qisqartirilgan varianti) Rossiya bo‘ylab tarqatuvchisi - (SAD-FEM-Russia kompaniyasi) saytida — http://www.cadfem.ru topish mumkin. Bu tizimning real yutug‘i va fazilati to‘liq hujjatlariga va yordam berish tizimiga egaligidadir. Bu yaxshigina bazaviy (masalan, mexanika bo‘yicha) bilimga ega bo‘lib, foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilmay turib dasturdan foydalanish imkonini beradi. Chekli elementlar ko‘pligiga (100 dan ortiq) qoyil qolmay iloj yo‘q, ammo ulardan ba’zilaridan faqat o‘ta yuqori malakali mutaxassislar foydalana oladilar. Oddiy foydalanuvchilarning aksariyati ularni noto‘g‘ri qo‘llaydilar. Tizimga quyidagi manzilda: http://www.onelist.com/archives.cgi/xANSYS/ a’zo bo‘lish arxivini ko‘rish, ye-mail ni (sarlavha va xabarsiz) xansys-subscribe@onelist.com manzilga jo‘natish bilan esa unga a’zo bo‘lish mumkin. ANSYS firmasiga bog‘liq bo‘lmagan tarqatish (jo‘natish) ro‘yxatining faolligi (bir sutkada taxminan 15 ta xabar) firma tomonidan o‘z foydalanuvchilari real qo‘llab-quvvatlanmasligidan dalolat beradi. Ko‘pgina hollarda support@ansys.com va info@ansys.com manzillariga yordam so‘rab murojaat qilinganida, asossiz yoki, misol uchun: «yangi versiyani sotib oling», yoki «bizning firma kurslimizda o‘qing», yoki «sizning versiyangizda bu imkoniyat ko‘zda tutilmagan...» kabi befoyda javoblar beriladi, FEMAP interfeys dasturlari (ishlab chiquvchisi Enterprise Software Products) foydalanish soddaligi, qulayligi, mantiqiyligi bo‘yicha) 60 dan ortiq dasturlarning universal interfeysidan anchagina ortda qolsa ham, biroq umuman yaxshi taassurot qoldiradi (nafaqat ilgari chekli-elementli dasturlar bilan ishlagan foydalanuvchilar uchun), 3 Sravnitsya s ANSYS (uning boshqa paketlardagi modifikatsiyalarini hqm qo‘shib hisoblaganda) bilan o‘rnatishlar yoki legal (rasmiy) foydalanuvchilari soniga ko‘ra faqat NASTRAN savdo markasiga ega bo‘lgan chekli-elementli dasturlar guruhi (rasman marka NASA (Sosmic) kompaniyasiga tegishli) foydalanishi mumkin. Shuningdek: MSC/NASTRAN (MasNeal-Schwendler Corporation kompaniyasi) va UAI/NASTRAN (Universal Analytics kompaniyasi) kabi taniqli va keng tarqalgan paketlar ham shu markaga ega. NE/NASTRAN (Nogap Yengineering kompaniyasi) va ME/NASTRAN (MasgoIndustries kompaniyasi) kamroq tanilgan. Rossiyada UAI/Nastran paketini rasmiy tarqatish va qo‘llab-quvvatlash bilan TESIS firmasi, MSS/NASTRAN paketini qo‘llab-quvvatlash bilan esa — MasNeal- Schwendle Corporation kompaniyasining Rossiyadagi vakolatxonasi shug‘ullanadi. Nisbatan ancha arzonligiga qaramay, UAI, MSS, NE firma paketlarining real imkoniyatlari ANSYS paketidan qolishmaydi, ba’zan esa hatto rivojlanish va imkoniyatda undan ustun ham bo‘lib hisoblanadi. Masalan, besh yildan ko‘proq vaqt mobaynida ana shu firmalar paketlarida yuqori toifali (rangli) matritsalarni hal qilish uchun eng aniq va tezkor sifatida «Xolesskiy qo‘shilgan gradientlarining avvaldan shartlashilgan uslubi»ni olish mumkin (ANSYSda 1999 yilgacha taqdim etilmagan). ANSYS tizimidan NASTRAN paketlari ham faqat cheklangan sonli qo‘llab- quvvatlanadigan kompyuter platformalari va operatsion tizimlari bilan ortda qoladi. Biroq ana shu paketlar tomonidan ishlatiladigan FEMAR-qobiqlar Windows 95/98/NT tizimlariga muvaffaqiyat bilan integratsiyalangan (buni rossiyalik foydalanuvchilar uchun, eng dolzarb xususiyat deb aytish mumkin), paketlarning o‘zi esa tizimli resurslarga o‘ta katta talablar qo‘ymasligi hisobga olinsa, bu kamchilik ham ustunlikka aylanib ketishi mumkin. Masalan, MSC/NASTRAN v70.5 ning so‘nggi versiyalaridan biri uchun 486DX protsessori, 16 Mbayt operativ xotira va Windows 95 operatsion tizimi minimal talab etiladi. Masalan, Microsoft Word kabi ilg‘or matnli redaktori talab va ehtiyojlariga o‘rganib qolgan rossiyalik foydalanuvchilarda, beixtiyor bu paketning imkoniyatlarida shubha paydo bo‘lsa ajab emas. 4 Rossiyada hatto «pochta yashiklari» davridan o‘z foydalanuvchilariga ega bo‘lgan yana ikki paketni ko‘rib chiqaylik. Bu Algor (SSSRga u fransuzcha Aldan nomi bilan kirib keldi) — Algor kompaniyasi ishlanmasi va SOSMOS/M paketi — Structural Research and Analysis Corp kompaniyasi ishlanmasi. Bu paketlar kutilgan me’yorda tarqalmadi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, «mudofaa» sohasidan COSMOS/M UAI/NASTRAN paketi, Algor esa — Design Space paketi (ANSYS paketning yengillashtirilgan varianti) bilan siqib chiqarilgan. COSMOS/M paketining o‘z bozorini yo‘qotishiga nima sabab bo‘ldi — aytish qiyin: so‘nggi besh yil ichida u rossiyaliklar uchun qimmatbaho Sun kompyuter platformasidan Intel (Windows 95/98/NT) platformasiga yetarlicha samarali tarzda o‘tib ketdi. Rossiya tomonidan Algor’ning yshqotilishi anchagina mantiqiy odim bo‘lib, hatto, Algor paketining so‘nggi 13-versiyasida ham, yangi SuperDrawIII interfeys mavjudligiga qaramay, eskigina sakkiz razryadli DOS sezilib turadi. Hisobchilar darchalari va MS-DOS vZ.Z versiyasidan saqlanib qolgan qo‘shimcha axborot kiritish darchalari ham birmuncha noqulay va nobop ko‘rinishga ega. Biroq dasturning SD-ROM va S-VHS larda tarqatiladigan reklama roliklarida juda yoqimtoy qiz Algor plastika, dinamikaga oid masalalarni naqadar aniq hisoblashini va shu kabilarni, shishaning zarbga chidamliligiga oid chiroyli Sgash- testi ko‘rsatilganligini hikoya qilib beradi. Bu paketlarning Rossiyadagi rasmiy tarqatuvchilari ma’lum emas, ishlatilayotgan versiyasi esa bevosita AQShdan sotib olingan (mos ravishda, hotline- qo‘llab-quvvatlash mavjud emas). Mavjud tarqatish ro‘yxati algor-user@onelist.com anchagina sust ishlaydi: odatda, bir haftada taxminan 2-3 xabar, berilgan javoblarga kamdan-kam hollarda javob olish mumkin. Rasmiy support@algor.com qo‘llab- quvvatlash xizmatiga murojaat qilish esa ANSYS ga o‘xshash natijalarga olib keladi. Barcha ko‘rib chiqilgan dasturlarning real mustaqil testlarini http://www.nafems.com serverida topish mumkin edi, biroq na hisob-kitoblar tezligida, na ular aniqligida sezilarli farq mavjudligi aniqlanmadi. Odno iz isklyucheniy — setkalarning juda sust Algor generatori. Qolgan parametrlar bo‘yicha 5 barcha dasturlar farqlanishi 10% diapazoni oralig‘ida o‘zgarib turadi. Ilgari (5.5.x versiyasiga qadar) ANSYS katta tizimlar hisob-kitobi tezligida (100 000 ban ortiq tenglamalar) qolgan FEA-dasturlardan 15% va undan ko‘proq ortda qolgan. FEA- dasturlar tez ishlashi va aniqligida katta farq yo‘qligi masalalarni hal qilishda chekli elementlar uslubining standart va keng ma’lum bo‘lgan algoritmlari ishlatilishi bilan bog‘liq. Bu paketlarda ishlatilayotgan matematik apparat ham shuningdek bir xil va u ko‘pchilikka ma’lum. U yoki bu paket to‘satdan va butkul ilg‘orlikka erishishini umid qilish noto‘g‘ri. Download 321.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling