I bob. Devoni hikmatda qur’oni karimning badiiy ifodasi


II BOB. “DEVONI HIKMAT”DA HADISI SHARIFLAR MAZMUNINING BADIIY TALQINI


Download 44.88 Kb.
bet3/3
Sana10.03.2023
Hajmi44.88 Kb.
#1258112
1   2   3
Bog'liq
Yassaviy 1-bob (2)

II BOB. “DEVONI HIKMAT”DA HADISI SHARIFLAR MAZMUNINING BADIIY TALQINI
1.1 Ahmad Yassaviyning hadislardan iqtibos keltirish mahorati Xoja Ahmad Yassaviy o‘z tariqatida din va tasavvuf g‘oyalarini targ‘iboti uchun she’rdan unumli foydalangan. Uning shogirdlari zikr chog‘ida Yassaviy yaratgan hikmatlarni ham yod o‘qiganlar. Xoja Ahmad Yassaviy uylangan. O‘g‘li Ibrohim Shayxzoda yoshlikda johil kimsalar qo‘lida qurbon bo‘lgan, qizlari Gavhar Xushtariy Yassaviy avlodlarining davomchisi ekanligi ayrim tarixiy manbalarda qayd qilingan [85-27]. Gavhar Xushtariy Xoja Vali Sulaymonga nikoh qilingan. Ulug‘ o‘zbek shoiri Atoiy hazrat Bahovuddin Naqshbandga ta’lim bergan. Husan Shayx Xoja Ahmad Yassaviy avlodlaridandir. Uning tog‘alari Latif ota va Mustafo quli ota ham shayxlik bilan nom chiqargan. Shoir Tohir Qahhorning yozishicha, ayni shu kunlarda ham Xoja Ahmad Yassaviyning avlodidan Shahobiddin Yassaviy Turkiyada yashamoqda [85-27]. Xoja Ahmad Yassaviy bir qator asarlar yozgan. Xo‘ja Hofiz “Devon”ini, Jaloliddin Rumiy “Masnaviy”sini “Qur’oni forsiy” deb atasalar, Xo‘ja Ahmad Yassaviyning "Devoni hikmat"ini "Qur’oni turkiy" deb e’zozlaydilar. O‘zi bu haqda: «Mening hikmatlarim koni hadisdur», - deb ta’kidlaydi. Darhaqiqat, Yassaviy o‘z she’rlariga hadislarni singdirib, ularni hikmatga aylantirdi. Yassaviy tariqati jahriya zikriga aylangan “G‘iyosul lug‘at” da “Jahr - oshkor kardan; ovozro baland karda xondan” ya’ni, oshkor qilmoq va baland tovush bilan o‘qimoqdir, deb aytilgan. Xuddi shu fikr “Devoni hikmat” da yozilgan:
Meni hikmatlarim xo‘blarga ayting,
Duo, takbir qilib rahmatga boting
Agar hikmat o‘qusa ayyuhannos,
Erur farzand menga ul tolibi xos [27-198].
Bu misralar jahriya zikriga ishoradir. Xoja Ahmad Yassaviy o‘zining 27 butun hayotini hikmatlar yozish bilan bir qatorda, qo‘l mehnatiga bag‘ishlagan. U chiviqdan suzgich to‘qish, yog‘ochdan qoshiq va cho‘mich yo‘nib sotish bilan tirikchilik qilgan [84-34]. Shuningdek, o‘zining shogirdlariga ham ilm olish bilan birga, kasb-hunar egallab, hunari orqasidan kun ko‘rish lozimligini uqtirgan. Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat”i to‘rt bobdan: “Daryoi shariat”, “Rohi tariqat”, “Qulzumi haqiqat”, “Daryoi rahmat”dan iboratdir. Shuni ta’kidlash joizki, Ahmad Yassaviyning dunyoqarashi borasida, qizil imperiya davridagi islomshunoslar Yassaviy bilan naqshbandiya tariqatini bir-biriga zid qo‘yib, Yassaviyda tarkidunyochilik, go‘shanishinlik ustun bo‘lib, naqshbandiyada esa qo‘l-mehnat bilan dil-Olloh bilan band, ya’ni dunyoni tark etmay yashash deb talqin qilingan. Emishki, Yassaviyda tilamchilik qilish mumkin. Naqshbandiyada esa tilamchilikka qarshi kurashilgan. Bunday fikr noto‘g‘ri. Yassaviy tariqatida ham mehnat qilish farz, tekinxo‘rlik qilish gunoh sanalgan. Bu borada Xoja Ahmad Yassaviy shunday fikrni keltiradi: “Shayx uldurkim, niyoz olsa, uni miskin, g‘arib, bechora, yetim-yesirlarga bergan. Agar bu narzu niyozni yesa, go‘yo murdor et yemishini tanovul qilgan bo‘lur” [27-8]. Bugungi kunda yetim-yesirlarning haqqiga xiyonat qilayotganlar uchun bu hikmatlar katta ibrat bo‘la oladi. Hadislarni ravon she’riy tilga ko‘chirib, turkiy tilda so‘zlashuvchi xalqlar orasiga yoyish Ahmad Yassaviyning buyuk xizmati hisoblanadi. Olloh taolo ta’limini, payg‘ambar alayhissalom o‘gitlarini turkiy tilda yoyish Yassaviy tariqatining maqsadidir. Shunisi alohida diqqatga sazovorki, naqshbandiya ta’limoti fors-tojik tilida, Yassaviy ta’limoti turkiy - o‘zbek tilida yaratilgan. Shuning uchun ham Yassaviy ta’limotini o‘zida mujassamlashtirgan hikmatlarni o‘zbek o‘quvchisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri anglab, ongiga singdira oladi. Har ikkala ta’limot namoyandasi ham bid’at, xurofot, jaholat, nodonlik, bosqinchilik, millatchilik kabi illatlarga qarshi kurashganlar. Zero, har ikkala suluk boshida payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom bo‘lib, ular sunniy mazhab aqidalarini yoyishgan. 28 Bu fikrning mazmunini ochishni Xoja Ahmad Yassaviy tug‘ilib o‘sgan diyor tarixi bilan bog‘lash kerakligini o‘rinli deb topdik. Xoja Ahmad tug‘ilganda Sayram shahri turkiy xalqlarning taraqqiy etgan ilm-fan va madaniyat markazlaridan biri edi. Bo‘lajak sultoni orifin Ahmad Yassaviyning tug‘ilgan joylarini aniq tayin qilishda "Sayram" risolasidagi ushbu to‘rtlik g‘oyat muhim ahamiyatga egadir. Jumladan, unda shunday misralarni o‘qiymiz: Asli Sayram Turkiston, Xoja Ahmad bundan chiqqan. Yassida vatan tutgan, Shahri Sayram emasmu! [85-4]. Bu satrlar bundan 1000 yillar ilgari bitilganligini e’tiborga olsak, bu yerda o‘z vaqtida 400 masjid, madrasa kabi ma’rifat maskanlari, yuzlab olimu fozillarni voyaga yetkazganligiga shubha qilmaymiz. Mo‘tabar kitoblarning bergan ma’lumotlariga qaraganda, u yerdan Qur’oni karimni tafsir qilgan Qozi Bayzoviy 30 dan ortiq kitoblar yozgan Lutfulla Saryomiy yetishib chiqqan. Xoja Ahmad Yassaviy ana shunday tuproqda kamol topdi. Suluklarning g‘oyaviy mazmuniga e’tibor qiladigan bo‘lsak, Bahovuddin Naqshband "Zohirda xalq bilan va botinda haq bilan" shiorini ko‘tarib chiqqan bo‘lsalar-da, xilvatni butunlay inkor etmaganlar [73]. Bu fikrlar Xoja Ahmad Yassaviy suluklariga ham to‘g‘ri keladi. Chunki u Arslonbob va Sayramdagi yetuk olimlardan (1048 yil otasi vafot etgach, yosh Ahmadning ta’lim tarbiyasi bilan onasi Oysha xotun shug‘ullangan) diniy-ilohiy bilimlar bilan bir qatorda, turli dunyoviy bilimlardan ham saboq olgan. Xoja Ahmad Yassaviy shajara jihatdan Muhammad payg‘ambarning kuyovi bo‘lmish hazrat Alining Hanifa ismli ayolidan tug‘ilgan Muhammad hanajitga tutashganligi uchun uning nomiga Xo‘ja nisbati qo‘shilib aytilishi ham sulukka e’tiborni qaratadi. U o‘zining "Rasoil" asarida qodir holiqqa ham, ongsiz xaloyiqqa ham sadoqatli Alloh suygan chin so‘fiylar va shayxlar qanday yo‘ldosh bo‘lishlari kerakligini tushuntirib shunday yozgan: “Chin shayx olgan sadaqalarini shunga ehtiyoj sezgan muhtojlar, g‘ariblarga ulashur. Mabodo, olgan sadaqalarini o‘z nafsiga ishlatsa, it tekkan taomdan harom bo‘lur. Agar zakotga olgan matosidan libos tikib, o‘zi kiysa, ro‘za namozi Alloh dargohida qabul bo‘lmas. Agar shayx olgan sadaqalarini o‘zi yesa, oxiratda Haq taolo unga do‘zaxda turli azoblar berur. Andog‘ shayxlarga qo‘l bergan muridlar ham kofir bo‘lurlar. Oxir zamonda mundog‘ la’natkarda shayxlar ko‘payur, ular qo‘zg‘agan g‘alayonlar dajjol g‘alayonlaridan ortiq bo‘lur. Mundog‘ shayxlar shariatga va tariqatga va haqiqatga va ma’rifatga xiyonat qilurlar...”[27-8].
Yassaviy ijodini tahlil qilish, undagi hadisi shariflar mazmunini talqin qilish davomida ko‘plab sahih hadislar borligi aniqlandi.
Berur ermish qiyomat kunida (ochar ermish aning qabridin bir eshik bihisht tarafdin va turar ermish va turar ermish qiyomat kuninda) bir farishta so‘g‘inda va bir farishta so‘linda

1Маҳмуд Асъад Жўшон. Юнус Эмро ва тасаввуф. – Тошкент: Фан, 2001. – Б. 8.

2 Karomatov Ҳ. “Қуръон ва ўзбек адабиёти”, T.: O‘zR FA Fan, 1993. -4-b.

3 Karomatov Ҳ. “Қуръон ва ўзбек адабиёти”, T.: O‘zR FA Fan, 1993. -5-b.

4 45

5 N. Mamatov, A Hojiboyev, Sh, Jo‘rayev. Sharq va g‘arb falsafasi. Toshkent 2005. B-55

6 Xoja Ahmad Yassaviy DEVONI HIKMAT (Yangi topilgan namunalar) "Movarounnahr" Toshkent-2004 10-b

7 Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolari tarjimasi. www.Ziyo.uz kutubxonasi. 440-b.

8 Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolari tarjimasi. www.Ziyo.uz kutubxonasi. 180-b.

10

11

Download 44.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling