I bob. Gologenlar haqida ma’lumot gologenlarning umumiy harakteristikasi 5


Download 1.47 Mb.
bet4/9
Sana23.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1049500
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Brom, yod va ularning xossalari, birikmalari-kurs ish

Xlor sarg‘ish-yashil rangli gaz, u havoga qaraganda taxminan 2,5 marta og‘ir: 1 litr xlorning normal sharoitdagi massasi 3,21 g. Xlor 6 atmosferaga yaqin bosim ostida odatdagi temperaturadayoq suyuqlikka aylanadi. Suyuq holda xlor, po‘lat ballonlarda yoki maxsus sisternalarda saqlanadi va tashiladi.
Brom to‘q qo‘ng‘ir tusdagi og‘ir suyuqlikdir. U juda tez bug‘lanib, metall kabi sal yaltiraydigan to‘q kulrang kristallar hosil qiladi. Yod odatdagi bosim ostida ohista qizdirilsa, sublimatlanadi, ya’ni suyuqlanmay turib, gunafshatusli bug‘ga aylanadi, yod bug‘i sovitilsa, suyuq fazaga aylanmay, yana qattiq holatga o‘tadi. Lekin yod, ayniqsa, katta bosim ostida birdan qizdirilsa, 113,7ºC da suyuqlanadi.
Hamma galogenlar juda o‘tkir hidli bo‘ladi. Hatto oz miqdordagi galogen bilan nafas olish ham nafas yo‘llarining qattiq ta’sirlanishiga va tomoq bilan burun shilliq qavatining yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi. Ko‘proq miqdor galogen organizmning qattiq zaharlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Galogenlar suvda ancha oz eriydi. Bir hajm suv odatdagi temperaturada taxminan 2,5 hajm xlorni eritadi, 0ºC gacha sovitilgan suvga xlor yuborilganda eritmadan ko‘kimtir-sariq kristallar—xlorning kristallgidrati Cl2•8H2O ajraladi.
Brom 20 0C li 100 g suvda taxminan 3,5 g erisa, yod atigi 0,02g eriydi. Ftorni suvda eritib bo‘lmaydi, chunki u suvni tarkibiy qismlarga shiddat bilan parchalaydi va kislorod ajratib chiqarib, HF hosil qiladi.

Galogenlar ko‘pgina organik erituvchilarda: uglerod sulfid, spirt, efir, xloroform va boshqalarda suvdagiga qaraganda ancha yaxshi eriydi. Bromning ana shu hamma erituvchilaridagi eritmasi sarg‘imtir-qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi. Yodning spirt va efirdagi eritmasi to‘q qo‘ng‘irrangda, uglerod sulfid va xloroformdagi eritmasi binafsharangda bo‘ladi; eritmalarning rangida farq bo‘lishiga sabab shuki, solvatlar hosil bo‘ladi, ya’ni J2 molekulalari erituvchi molekulalari bilan birikadi.
Galogenlarning organik erituvchilarda yaxshi erishidan ularni suvdagi eritmalardan ajratib olishda foydalanish mumkin. Masalan, yodning suvdagi eritmasi ozroq uglerod sulfid bilan chayqatilsa, yodning qariyb hammasi suvdan uglerod sulfidga o‘tadi va uglerod sulfidni gunafsharangga bo‘yaydi.
Xlor. Laboratoriya sharoitida xlor xlorid kislotaga marganes (IV) oksid ta’sir ettirish bilan olinadi. Reaksiya qizdirilganda boradi:
4HCl+MnO2 =Cl2 +MnCl2 +2H2O
Bu oksidlanish-qaytarilish jarayonidir, unda HCl, xlorid-ion Cl—qaytaruvchi; MnO2 –oksidlovchi. Oksidlovchi MnO2 o‘rniga kaliy permanganat KMnO4 ishlatish
ham mumkin. Bu holda reaksiya odatdagi temperaturada, ya’ni qizdirilmasa ham boradi:
16HCl+2KMnO4 =5Cl2 +2MnCl2 +2KCl+8H

Sanoatda xlor natriy xloridning konsentrlangan eritmasini elektroliz qilish bilan olinadi.Xlor anodda ajralib chiqadi. Bunda vodorod (katodda ajralib chiqadi) va natriy gidroksid (eritmada qoladi) ham hosil bo‘ladi.
Suyuqlikka aylantirilgan xlor (xona temperaturasida 600 kPa bosimda suyuqlikka aylanadi) po‘lat ballonlarda saqlanadi va ishlatish joyiga shu holda tashiladi.
Kimyoviy xossalari. Xlor molekulasi ikki atomdan tarkib topgan, unda bog‘lanish qutbsiz kovalent xususiyatga ega:

Xlor metallar bilan o‘zaro ta’sirlashganda kuchli oksidlovchi xossalarini namoyon qiladi.Bunda metall atomlari elektronlarini beradi, xlor molekulalari esa ularni biriktirib oladi. Masalan:

Xlor ko‘pchilik metallmaslar bilan ham reaksiyaga kirishadi. Masalan:
2P+3Cl2 =2PCl3
2P+5Cl2 =2PCl5
Xlor vodorod bilan o‘ziga xos reaksiyaga kirishadi.Qorong‘ida xlor bilan vodorod aralashtirilsa, reaksiyaga kirishmaydi. Lekin ultrabinafsha nur bilan yoritilganda reaksiya juda tez, portlash bilan sodir bo‘ladi:
Cl2 +H2=2HCl
Тekshirishlar ko‘rsatishicha, bu reaksiya haqiqatda ancha murakkab ketadi. Cl2 molekulasi yorug‘lik kvantini hv yutadi va erkin atomlarga (radikallarga) ajraladi. Cl2 +hv=Cl +Cl. Atom radikallaridan har biri vodorod molekulasi bilan reaksiyaga kirishadi:
Cl+H2=HCl+H
H+Cl2 =HCl+Cl va h.
Dastlabki qo‘zg‘atish ketma-ket sodir bo‘ladigan reaksiyalar zanjirini vujudga keltirdi. Bunday reaksiyalar zanjir reaksiyalar deyiladi. Xlorning vodorod bilan zanjir reaksiyasi oqibatida vodorod xlorid olinadi.
Xlor suv bilan reaksiyaga kirishib, ikkita kislota—xlorid (kuchli kislota) va gipoxlorit (kuchsiz kislota) kislota hosil qiladi.

Gipoxlorit kislota juda beqaror. Qizdirilganda yoki yorug‘likda quyilganda u xlorid kislota bilan kislorodga ajraladi:
2HClO=2HCl+O2
Gipoxlorit kislota — kuchli oksidlovchi. Xlorning namlik (suv) ishtirokida oqartirish xossasi borligi ana shu kislota hosil bo‘lishi bilan tushuntiriladi. Quruq xlor oqartiruvchi bo‘lmaydi. Xlor, kislorod, azot va ko‘mir bilan bevosita reaksiyaga kirishmaydi (ularning birikmalari bilvosita yo‘l bilan olinadi). Namlik yo‘g‘ida xlor temir bilan reaksiyaga kirishmaydi. Bu hol xlorni po‘lat ballon va sisternalarda saqlashga imkon beradi.
Ishlatilishi. Xlor ichimlik suvni zararsizlantirish (suvni xlorlash), gazlama va qog‘oz massalarni oqartirish uchun ishlatiladi. Uning ko‘p qismi xlorid kislota, xlorli ohak, shuningdek, tarkibida xlor bo‘ladigan turli xil kimyoviy birikmalar olishda sarflanadi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling