I. Bob. Huquq fanlarini oʻqitishning umumiy metodikasi. I huquq fanlarini o‘qitishning umumiy metodikasi tushunchasi. I axborot texnologiya tushunchasi
Huquq fanlarini o‘qitishning umumiy metodikasi
Download 58.11 Kb.
|
METODIKA KURS ISHI 111
1. Huquq fanlarini o‘qitishning umumiy metodikasi.
Huquq o‘qitish metodikasi bo‘lajak o‘qituvchilarga dars berish yo‘llarini o‘rgatadi. Fanni o‘qitish sifatini belgilashda metodika fani katta o‘rin egallaydi. Metodika bilan qurollangan har bir o‘qituvchi to‘g‘ri, ijodiy va samarali ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Huquq fani o‘qituvchisi zimmasiga yosh avlodni har tomonlama etuk va barkamol kishi qilib tarbiyalash singari katta va ma’suliyatli vazifalarni yuklaydi. Huquqni o‘qitish va tarbiyalash metodikasi o‘quvchilarga nimani o‘qitish va qanday o‘rgatish degan savolga javob berib: birinchidan, o‘qituvchilarga fan asoslarini singdiradi; ikkinchidan, ularni o‘rgatish metodlarini aniqlab beradi. Fan asoslari, huquq bo‘yicha bilimning hajmi esa huquqshunoslik fani dasturida belgilab qo‘yilgan. Huquq fani o‘qitish metodikasining o‘ziga xos bir qancha xususiyatlari mavjud: - dars ob’ektlari har xil bo‘lib, mashg‘ulotlarning mazmuni bir biridan tubdan farq qiladi; - darsning mazmuni, mohiyati, yo‘nalishlarini belgilashda o‘qituvchining sifatlari, bilim darajasi, mahorati va hokozolar muhim o‘rin egallaydi; - o‘quvchilarning bilim natijasi har xilligi inobatga olinadi; - darslarda berilgan bilimlar hayotiy hamda amaldagi tartib qoidalar va me’yoriy normalar bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi; - huquq fani asoslari doimiy ravishda yangilanayotganligi hisobga olinadi va h.k. O‘qitishning dialektik qonuniyatiga amal qiluvchi huquq o‘qituvchisi, metodika fanini ham turlicha uslub va tamoyillarga ega ekanligini bilib olishi shart. Birinchidan, har bir mavzuni turlicha usullar bilan o‘tish qonuniydir. Ikkinchidan, har bir mashg‘ulot turli tuman huquq manbalari asosida tashkil etiladi. Uchinchidan, huquq mashg‘ulotida asosan me’yoriy normalar o‘rgatiladi. To‘rtinchidan, darslarda hukumat tomonidan olib borilayotgan siyosatning huquqiy asoslari o‘rgatib boriladi. Beshinchidan, yoshlarga intizom va tartib qoidalar muntazam ravishda o‘rgatib boriladi. Bular pedagogik qonuniyatlar bo‘lib, ularni huquq o‘qitish metodikasi fanida ham qo‘llanilishi maqsadga muvofiqdir. Fan asoslarini o‘qitish va metodikani bir-biridan farq qilmoq kerak. Metodika talabalarga nazariy bilim bilim bilan birgalikda undan foydalanish yo‘llarini ham ko‘rsatadi. Nazariya fanning asoslarini, uning maqsad, fazifasi, dolzarbligini o‘rgatadi. Huquq fanidan ko‘pgina dars o‘tish nazariyasini amalda qo‘llash yo‘llarini metodika o‘rgatadi. Nazariya amaliyotga ishonch bahsh etadi. Nazariyasiz amaliyot qanotsiz qush, shuning uchun ham har bir o‘qituvchi metodikani albatta bilishi shart. Metodika hayotda qo‘llash mahoratini keltirib chiqaradi. Metodikani bilmagan o‘qituvchi; birinchidan, ko‘r-ko‘rona ish olib boradi; ikkinchidan, mehnat natijalariga erisha olmaydi; uchinchidan, o‘qituvchilik faoliyatida hatto kamchiliklarga yo‘l qo‘yadi. DTS, Ta’lim tizimi, huquq fani dasturi va darsligining o‘ziga xos xususiyatlari. Davlat ta’lim standartlarining aniq o‘quv fani bo‘yicha emas, balki ta’lim sohalari bo‘yicha ishlab chiqilishi o‘quv fanlarini variantlarini tanlash asosida o‘quv-metodik majmualar (dastur, o‘quv rejasi, darsliklar) ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek, o‘quv fanlararo bog‘lanish va bilimlarini muvofiqlashtirish tamoyili asosida o‘quv fanlarining ichki bog‘liqligi va fanlararo aloqasini ta’minlashga xizmat qiladi. 1998-yil yanvardagi 5-son «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida»gi hamda, «Ta’lim to‘g‘risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim tashkil etish to‘g‘risida 1998-yil 13-maydagi 203-son qarori bajarilishini ta’minlash, ta’lim mazmuniga islohotlarning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda zarur tuzatishlar kiritish, uning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida qarorlar qabul qilindi. 203-sonli qarori O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va 1998-1999 o‘quv yilida ta’lim muassasalarida tajriba sinovlaridan o‘tgan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari ilovaga muvofiq tasdiqlandi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi 1998-1999- o‘quv yilida ta’lim muassasalarida tajriba sinovdan o‘tgan umumiy o‘rta ta’limning o‘quv Dasturining va rejalarini belgilangan tartibda tasdiqlash topshirildi. 1999-2000 o‘quv yilidan boshlab, umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’limi standartlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv dasturlari birgalikda bosqichma-bosqich amalga oshirildi. -1999-2000 o‘quv yili. 5-6 sinflar uchun -2000-2001 o‘quv yili 7-sinflar. -2001-2002 o‘quv yili 8-sinflar 2002-2003 o‘quv yili 9-sinf. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari nashr etildi va 1999-yil sentyabrgacha ta’lim muassasalariga etkazildi. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti o‘quvchilar umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo‘yiladigan majburiy, minimal darajani belgilab beradi. DTS - ta’lim mazmuni , shakllari, vazifalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun DTSlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida» 1995-yil 5-yanvardagi 5-son hamda, O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida» 1998-yil 13-maydagi 203-sonli qarori; Umumiy o‘rta ta’limning DTS quyidagi prinsiplarga tayangan holda ishlab chiqildi. -DTS davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi; -O‘quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan texnika rivojlanishi bilan bog‘liqligi; - Umumiy o‘rta ta’lim boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi; - Umumiy o‘rta ta’lim mazmunining Respublikadagi barcha hududlarida birligi va yaxlitligi; Umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga tayanish. - Pedagogik tafakkurda qaror topgan an’anaviy qarashlar bilan «Ta’lim to‘g‘risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qonunlarida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi, -Ilg‘or demokratik xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribalardan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish. Milliy dastur ta’lim tarbiyaning maqsadini yangilash, uni eski mafkuraviy sarqitlardan halos etish, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash vaazifalarini belgilab beradi. Demak, ta’lim-tarbiyaning maqsadi tubdan yangilab boriladi. Pedagogik jarayonning yangilanishi bilan inson faoliyatning chegarasi ham kengayadi. Auditoriyaga yangi texnologiya, sanoat, elektron kompyuterlar, axborot vositalari ham kirib kelmoqda. O‘quvchi kompyuter tizimiga kirishi Respublika hukumatining maxsus qarori bo‘lib, 1998-1999 o‘quv yilida DTS asosida tuzilgan 23 ta fan dasturi yillik mutaxassis olimlar tomonidan ishlab chiqildi. Ular mamlakatimizning 346 maktabida tajriba sinovlaridan o‘tgan. Bu jarayonda mingdan ortiq eksperimentator, ekspert olimlar ishtirok etdilar. Respublika hukumatining qarori bilan Xalq Ta’limi Vazirligining ko‘rsatmasi asosida 1998-1999 o‘quv yili mobaynida o‘quv dasturining umumta’lim maktablarida sinab ko‘rish bo‘yicha bir qancha tadbirlar o‘tkazildi. Download 58.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling