I bob. Huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya asoslari


Kurs ishining maqsad va vazifalari


Download 59.64 Kb.
bet2/7
Sana18.02.2023
Hajmi59.64 Kb.
#1210408
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
HUQUQ TA\'LIM JARAYONIDA FAOL VA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING XUSUSIYATLARI. KURS ISHI

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Shaxs huquqiy ongi eng avvalo huquqiy tarbiya ta’sirida shakllanadi. Huquqiy tarbiya batartiblilik va intizom darajasining oshishiga, burch hissining mustahkamlanishiga va shaxs huquqiy madaniyatining yuksalishiga yordam beradi. Huquqiy tarbiya– murakkab va ko’p qirrali hodisadir, ya’ni uni bir ma’noli qilib ta’riflab bo’lmaydi. Huquqiy tarbiyaning ta’rifi bu jarayonning qaysi tomonini, jumladan, umum ijtimoiy jihatini, huquqning ijtimoiy amal qilish tizimi sifatida yoki davlatning ijtimoiy boshqarish, huquqbuzarlikning oldini olish elementi sifatidagi va zifasi va shu kabilarni tadqiq qilishimizga bog’liq bo’ladi1.
Kurs ishining obyekti va predmeti. Huquqiy tarbiya deganda shaxsning ongiga tashkiliy suratda va aniq maqsadni ko’zlab ta’sir ko’rsatishning maxsus yuridik turi tushuniladi. «Huquqiy tarbiya» kategoriyasi olimlar tomonidan turlicha talqin qilingan va izohlar berilgan. «Huquqiy tarbiya– shaxslar va ijtimoiy guruhlarning huquqiy ongiga ko’rsatiladigan, aniq maqsadga yo’naltirilgan, rejalashtirilgan va maxsus huquqiy tarbiya usullari vositasida amalga oshiriladigan pedagogik ta’sir jarayonidir».
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, ikkita bob, 4 ta reja, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.


I.BOB. HUQUQIY TA’LIM VA HUQUQIY TARBIYA ASOSLARI.
1.1. Davlat va huquq nazariyasi bo’yicha darsliklarda huquqiy ta’lim jarayoni.
Davlat va huquq nazariyasi bo’yicha darsliklarda huquqiy tarbiyaga keng ta’rif berish uchraydi, ya’ni «huquqiy tarbiya fuqarolarning ongi va ruhiyatiga ta’sir qilishga qaratilgan, huquqiy tarbiya shakllari, vositalari va uslublaridan foydalanib, fuqarolar ongida chuqur va barqaror huquqiy bilimlar, e’tiqodlar, ehtiyojlar, qadriyatlar, qonunga mos fe’l-atvor, odatlarni shakllantirish jarayonidir»
Tarbiya– huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan maxsus tashkil etilgan jarayon bo’lib, bunda shaxsni tarbiyalash uchun tarbiyaning barcha shakllari va usullari bir maqsadga qaratiladi, yo’naltiriladi. Uning tashkilotchilari, ya’ni asosiy sub’ektlari– ota-onalar, o’qituvchilar, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari va ularning boshliqlari, jazoni ijro etish muassasalarining xodimlari hisoblanadilar. Keng ma’nodagi tarbiya – shaxsning tarbiyalanishida uning tarbiyasiga ijobiy ta’sir qila oladigan, shaxslar tomonidan maxsus tashkil etilgan yoki tashkil etilmagan tarbiya jarayonlarining yig’indisi. Bunda oila, bog’cha, maktab, ish va yashash joylarida, bevosita profilaktika noziri tomonidan olib boriladigan tarbiyaviy profilaktik ishlar tushuniladi. Mazkur jarayonlarda ko’pincha kuzatilishicha, muhit tarbiyaga ta’sir etadi, uhit o’zgarsa, tarbiyaning mohiyati va shaxslarning xatti-harakatlari ham o’zgaradi. SHaxsning xatti-harakati ijtimoiy muhit ta’sirida shaxsning shakllanishiga yordam beradi.Yuqoridagi ta’riflarning mazmunidan kelib chiqqan holda huquqiy tarbiyani ham tor va keng ma’noda izohlash mumkin.
Huquqiy tarbiya– shaxsning bir maqsad yo’lida, ongli ravishda jamiyat taraqqiyoti va siyosatidan kelib chiqib, olib boradigan bir tizimdagi ijobiy faoliyatidir. Huquqiy jihatdan shaxsning o’zini o’zi tarbiyalashi– bu ongli ravishda bir maqsad yo’lida, o’z xarakterida ijobiy-huquqiy yo’nalishni shakllantirishidir. Keng ma’nodagi huquqiy tarbiya– shaxsning oila va bog’chada huquqiy bilim olishi, o’qishi, o’zining huquqiy bilimlarini mustaqil boyitishi, umuman o’z ustida mustaqil ishlashi orqali olinadigan huquqiy bilimlarining yig’indisidir.
Yuqorida huquqiy tarbiyaga berilgan izohlarni tahlil qilgan holda, fikrimizcha, huquqiy tarbiya– davlat organlari, nodavlat organlari, mansabdor shaxslar va alohida shaxslar guruhining aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan maxsus faoliyati hisoblanadi.
Tarbiya jarayonlarining yo’nalishlarini farqlashda qo’llaniladigan muhim mezonlardan biri- ong shakllarining turlicha ekanligi. CHunki, alohida olingan tarbiya jarayonlarining har qaysisi, inson ongining hamma tomonlarini emas, faqat uning ayrim ko’rinishlarini kamrab oladi. Masalan, siyosiy tarbiya-siyosiy ongni; ma’naviy tarbiya- ma’naviy ongni; estetik tarbiya- estetik ongni qamrab oladi va hokazo.
Huquqiy tarbiya jarayoni odamlar orasida muayyan munosabatlar orqali amalga oshadi. SHu bois huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy tarbiya doirasiga kiradi. Unda tarbiyalanuvchilar (shaxslar, ijtimoiy guruhlar) huquqiy ongining shakllanishi ro’y beradi. Huquqiy tarbiya jarayonida kishilarning muayyan huquqiy bilim darajasiga ega bo’lishiga erishish maqsad qilib qo’yiladi. Ularning shaxsiy e’tiqodi dan kelib chiqadigan qonunga, huquqqa bo’lgan xurmatni shakllantirish huquqiy tarbiyaning o’zagini tashkil etadi.
Bu yig’indiga kiruvchi huquqiy ongning tarkibiy qismlari shaxsga nisbatan kerakli psixologik va mafkuraviy yo’l-yo’riqlarni tashkil qiladi, uning o’z huquqiy bilimlarini turmushda faol tadbiq qila olishiga imkoniyat yaratadi. Mana shu tayyorgarlik darajasi huquqiy tarbiya ishlarining samaradorligini ko’rsatadigan asosiy ko’rsatkichdir.
Huquqiy tarbiya-shaxsga nisbatan huquqiy ongni,huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi, uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko’zlagan holda ta’sir ko’rsatishdir.
SHuni ta’kidlash kerakki, yaqin o’tmishda ham huquqiy tarbiyaga unchalik jiddiy e’tibor berilmas edi. Pedagogikaga doir darsliklarda ham shaxsning aqliy kamoloti, mehnati, jismoniy, ma’naviy, estetik tarbiyasi haqida so’z borar ediyu, lekin huquqiy tarbiya xususida eslatilmasdi. Huquqiy tarbiyaning tarbiyaviy ishning mustaqil yo’nalishi sifatida belgilab qo’yilmaganligi o’sib kelayotgan avlodning ayrim qismi huquqiy ongiga salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmadi.2
SHubhasiz, huquqiy, siyosiy, va ma’naviy ongning o’zaro bog’liqligini esdan chiqarmaslik kerak, lekin shuni nazarda tutish lozimki, ularni bir-biri bilan qo’shib yuborish ham mumkin emas. Tarbiyaviy ishning o’ziga xos yo’nalishi sifatida huquqiy tarbiyaning mustaqilligi avvalo uning mazmuni bilan bog’liq. Huquqiy tarbiya mustaqil huquqiy ongni shakllantiradi, bu esa tarbiyaning o’ziga xos shakllari va usullarini izlab topish hamda qo’llanish zaruriyatini taqozo etadi.
Tarbiyachilar zarur hajmdagi huquqiy bilimlar bilan qurollangan, huquqiy ongi shakllangan, huquqiy madaniyati yuksak bo’lishi lozim. Huquqiy tarbiya tamoyillariga ilmiylik, amaliyot bilan uzviylik, o’ziga xoslikni hamkiritish mumkin. Huquqiy tarbiyaning ilmiyligi uni amalga oshirish jarayonida hozirgi zamon huquqiy va boshqa fanlari, avvalo, huquqiy faoliyat, shaxs tarbiyasi (sotsiologiya, ruhshunoslik, pedagogika va boshqalar) bilan bevosita munosabat dor yutuqlardan foydalanishni ifodalaydi. Ayni vaqtda huquqiy tarbiyaning ilmiyligi uning mavjud holatini aks ettirmaydigan sub’ektiv izm bilan, huquqiy voqelikni baholashda mafkuraviy andozalardan foydalanish bilan chiqisha olmaydi.
Huquqiy tarbiyaning amaliyot bilan munosabatdorligi ushbu tizim hal qiladigan huquqiy masalalarni hayotdagi mavjud hodisalar bilan uzviylashtirish zarurligini ifodalaydi.
Huquqiy tarbiya - bu jamiyat a’zolarining yurish-turish madaniyatiga va ongiga huquq haqidagi bilimlarni doimiy ravishda maqsadga muvofiq ta’sir etish orqali singdirib borish jarayoni.
Huquqiy tarbiya vositalariga: huquqiy targ’ibot, huquqiy ta’lim, yuridik amaliyot, o’zini o’zi tarbiyalashlar kiradi.
Huquqiy dunyoqarash -bu jamiyatda kishilar tomonidan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda bosh rolni huquq bajaradi deb tan olinishi.
Huquqiy nigilizm –bunda (lot. “nihil”-“hech narsa”) huquq sub’ekt(lar)ining amaldagi huquq normalarini mensimasligi, ularga hurmatsizlik munosabatida bo’lishi yoki inkor qilishi tushuniladi.
Huquqiy nigilizm quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi:
- nazariy shakli(olimlar, mutafakkirlar, siyosatshunoslar tomonidan muayyan manbalarda huquqni inkor qilinishi);
- amaliy shakli (faol va sust (passiv)).
Faol huquqiy nigilizm - ijtimoiy munosabatlarda huquqni ochiqdan ochiq inkor qilish;
Sust huquqiy nigilizm - jamiyatdagi kishilar tomonidan amaldagi huquq normalarini mensimaslik.
Huquqiy tarbiya-shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko’zlagan faoliyat yig’indisi.
Huquqiy tarbiya - bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko’zlagan holdagi tasvir ko’rsatilishidir.
Shuni ta’kidlash kerakki, yaqin o’tmishda ham huquqiy tarbiyaga u haqiqatda sazovor bo’lishi kerak bo’lganidek darajada e’tibor berilmas edi. Pedagogikaga doir darsliklarda shaxsning aqliy kamoloti, mehnati, jismoniy, ma’naviy, estetik tarbiyasi haqida so’z borar ediyu, lekin huquqiy tarbiya xususida eslatilmasdi. Tarbiyaviy ishning mustaqil yo’nalishi tarzida huquqiy tarbiya yo’nalishining ajratib qo’yilmasligi o’sib kelayotgan avlodning ayrim qismi huquqiy ongi ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmadi.

Download 59.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling