I bob. Rinolaliya nutq kamchiligiga EGA boʼlgan bolalarning nutqini rivojlantirishda harakatli oʼyinlarda logopedik ritmika


Operatsiyadan keyingi logopedik ishning o‘ziga xos xususiyati


Download 49.07 Kb.
bet8/10
Sana23.12.2022
Hajmi49.07 Kb.
#1049158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Rinolaliya nutq kamchiligiga ega boʼlgan bolalarning nutqini rivojlantirishda harakatli oʼyinlarda logopedik ritmika

Operatsiyadan keyingi logopedik ishning o‘ziga xos xususiyati
Uranoplastikadan keyin logopedik mashg‘ulotlarga jalb qilinadigan rinolaliklar o‘z tarkibi bo‘yicha bir xil emas. Bu logoped bilan mashg‘ulotlardagi operatsiyagacha bo‘lgan tayyorgarlikning sifatiga va operatsiya natijalariga bog‘liqdir.
Operatsiyalar natijasi har xil bo‘lishi mumkin. Uranoplastika yaxshi natija bergan holatlarda yumshoq tanglay tG‘liq shakllanadi, ya’ni u yetarli darajada uzun va harakatchan bo‘ladi, ko‘tarilganda halqumning orqa devori bilan o‘zaro tutashadi (Passavan valigi bilan). Aksariyat hollarda esa yumshoq tanglay uranoplastikadan keyin ham qisqaligicha qoladi, halqumning orqa devori bilan uning tutashi yuz bermaydi. Buning oqibatida tanglay-halqum tortmasi yuzaga kelmaydi. Ayrim hollarda esa operatsiyadan keyin tanglayda chandiq (tanglayning yetarli o‘smagan joylari) qoladi, takroriy operatsiya qilish zarurati yuzaga keladi.
Tayyorgarlik bosqichida tovushlar talaffuzidagi ishlarning izchilligi.
Unli tovushlar artikulemalari quyidagi izchillikda shakllanadi: a, e, o, u, i, ya, ye, yu. Y, ye, yo, yu tovushlari y tovushining tegishli unli tovush (a, e, o, u) bilan qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Y tovushi diftongning birinchi qismida ham, ikkinchi qismida ham nafas chiqarishning yo‘nalishini kuzatib borishga yordam beradi.
Undosh tovushlar. Unli tovushlar artikulemalari bilan tanishgandan keyin jarangsiz undosh tovushlar artikulemalari asosida og‘izdan nafas chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha mashqlar boshlanadi. Unlilar artikulemalari ustida ishlash ularni shivirlab talaffuz qilishda davom ettiriladi.
Bunday izchillik og‘izdan erkin nafas olish ko‘nikmasini mustahkamlash va talaffuz organlari faollashganda tovushlarni avtomatlashtirish imko-nini beradi.
Bolaning butun diqqat-e’tibori artikulema va og‘izdan nafas chiqarishning yo‘naltirilganligiga qaratiladi. Eshitilishiga esa diqqat jalb qilinmaydi. Bolada jarangsiz undosh tovushlarning artikulyatsiya ukladini logoped artikulyatsiyasiga ko‘rish taqlidi, og‘zaki tushuntirish asosida hosil qilish mumkin (lablarning, tilning holati va og‘izning ochilish darajasi yozib beriladi). Bola tovush jarangini eshitmasligi lozim.
Ishning tayyorgarlik bosqichida jarangsiz frikativ undoshlar quyidagi izchillikda shakllanadi: f, s, sh, x.
Undosh tovushlarni shakllantirish ishlari artikulyatsiyasi buyicha nisbatan qulay bo‘lgan f tovushidan boshlanadi. Ushbu tovushni talaffuz qilishning davomiygi bolaning e’tiborini og‘izdan nafas chiqarishga qaratish va nazorat qilib borishga imkon beradi.

Download 49.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling