I. Kirish II. Asosiy qism I bob. O'smirlik davrida jinsiy sterotiplar yosh xususiyatlarining nazariy tahlili


Download 246 Kb.
bet8/10
Sana03.02.2023
Hajmi246 Kb.
#1152234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O\'SIMLIKLAR DAVRIDA JIN SIY STREOITIPLAR

3-bob xulosasi: O’smir o’quvchilarda o’tkazgan tadqiqotimiz shuni ko’rsatdiki, jinsiy steriotiplar o’g’il bolalarda kuchli shakllanadi va bu yosh katta bo’lgan sari yanada kuchayadi.
Xulosa va tavsiyalar
Psixologiya tarixidan ma’lumki shaxsning rivojlanib kamol topishida har bir yosh davridagi o’tish inqirozlarini bartaraf va yengil o’tishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa o’smirlik davri butun yosh davrlari ichida olimlarning diqqat markazida bo’lib kelgan. O’smir yoshlarning ham fiziologik ham psixologik, ham ma’naviy jihatdan rivojlanishi uchun bu davrda yuzaga kelgan psixik baryer va muammolarni aniqlab bartaraf etish yo’llarini izlash zarur bo’ladi. O’smirlar o’rtasida jinsiy steriotiplarni yosh xususiyatlarining o’ziga xosligini aniqlash muammosi ham bugungi kunda dolzarb masalalardan biri sanaladi. Biz yuqorida ko’rib chiqqan tadqiqot ishimiz aynan mana shu mavzuga bag’ishlandi. Biz bu tadqiqotni amalga oshirish davomida bir qancha yangi ilmiy manbalar va tadqiqot natijalariga guvoh bo’ldik. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki bizning ushbu mavzuyimiz bo’yicha yurtimiz olimlaridaning ilmiy izlanishlari kam ekani ma’lum bo’ldi. Mavjud ma’lumotlarning barchasi o’smirlik haqida bo’lib unda jinsiy farqlar haqida qisqa ma’lumot berib ketilgan. Steriotip haqida esa ma’lumot keltirilmagan. Shuning uchun xorijiy manbalarga murojaat qildik. Asosan rossiyalik olimlar bu mavzuda ilmiy izlanbishlar qilganini guvohi bo’ldik. Shu manbalar asosida gender steriotiplar va ularning o’smir yoshga xos xususiyatlarini nazar tahlil qildik. Tahlil davomida garchi bu mavzu xalqaro miqyosida kam o’rganilgan bo’lsada bugungi kun uchun ancha dolzarb ekanligi aniqlandi. Chunki aynan o’smir yoshidan o’quvchilarda jinsiy farqlar haqida tushuncha shakllanishi aynan shu davrdan shakllanishi kuchayadi. Agar shu davrda o’smirlarga e’tibor berilmasa o’z jinsiga bo’lgan steriotiplarning to’liq shakllanmasligi va qarama –qarshi jins vakiliga nisbatan noto’g’ri qarash yuzaga keladi. Buni biz 3-bobdagi amaliy tadqiqot natijalarimiz davomida ko’rib o’tdik. O’smir o’quvchilardan olingan so’rovnoimani tahlil qiladigan bo’lsak, o’g’il bolalarda 8-sinfga borib jinsiy steriotiplar shakllanishi kuchayadi. Shu bilan birga etnik jihatdan olsak o’g’il bolalarda qiza bolalarga nisbatan munosabat yaxshi darajada emasligiga guvoh bo’ldik. Ya’ni ular o’z jinsini ustun qo’yish kuchli ekan. Yuqoridagi bu xulosalardan kelib chiqib o’smirlarning jinsiy steriotiplarini shakllanishi jarayonida ularning ota-onalariga bir qarcha tavsiyalarni keltiramiz.

  1. O’smir yoshda o’g’il bolaga o’g’il bola, qiz bolaga qiz boladek munosabatda bo’lish kerak

  2. O’smirlarga qarama – qarshi jins vakiliga nisbatan hurmat tuyg’usini shakllantirish kerak.

  3. O’smirlarga jinsiy tarbiya haqida tushunchalar berish.

Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qiladigan bo’lsak o’smirlik ishaxs hayotining muhim davri va bunda jinsiy steriotiplarning shakllanishiga e’tibor har doim olimlar va ota-onalarning diqqat markazida va nazoratida bo’lmog’i darkor.


Download 246 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling