4-mavzu: Goʻdaklik va maktabgacha yoshning psixologik xususiyatlari. Kichik maktab davri, oʻsmirlik davri, oʻspirinlik davri
Download 34.85 Kb.
|
4 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Goʻdaklik davrida psixologik taraqqiyot
- Koʻzini yumadi
4-mavzu: Goʻdaklik va maktabgacha yoshning psixologik xususiyatlari. Kichik maktab davri, oʻsmirlik davri, oʻspirinlik davri Inson tugʻilishi bilan insonning ham fiziologik ham psixologik koʻrsatkichlari oshib boradi. Bola tugʻilish paytidan boshlab asta sekinlik bilan psixologik rivojlanishni boshlaydi. Tashqi dunyodagi taʼsirlarga boʻlgan reaksiyasi kuchayadi. Jumladan, yangi tugʻilgan goʻdakda quyidagicha psixologik jarayonlar kechadi. Goʻdaklik davrida psixologik taraqqiyot
Goʻdak 2 haftalik boʻlishi bilan harakat qilayotgan narsalarni ilgʻay boshlaydi, 3 oyga toʻlishi bilan yarqiroq narsalarga tikilib qaraydi, 3-4 oylik bola onasini taniy oladi. Bu bilan bolada tafakkur elementlari paydo boʻlayotganligini va oʻzining onasini boshqalarga taqqoslayotganini koʻrishimiz mumkin. 6-7 oylik bolani ismini aytib chaqirganda yoki narsalarning nomini aytganda oʻsha narsaga qarab uni boshqa narsalardan farqlash qobiliyatiga yetadi, harakat xotirasi paydo boʻladi. Bola bilan muloyim gaplashib tursak, unda faollik, kattalarga talpinish reaksiyasi yuzaga keladi. Bolaning 1-yigʻisiyoq nutq apparatlarini rivojlantira boshlaydi. Bola 2-3 oylikda g, k, a tovushlarini chiqaradi, 8 oyligida esa atrofdagilarning gapini tushunib ularga taqlid qilgan holda gaplarni baʼzi bir soʻzlarni ayta boshlaydi. Shu jarayon orqali nutqi oʻsib borishini koʻrishimiz mumkin. Shu tariqa bolada iroda, odat, hissiyot, temprament belgilarini tez-tez oʻsib yuksalib borish jarayonini koʻrishimiz mumkin. Bolaning psixologik rivojlanishi uning jismoniy rivojlanishi bilan bir xil tarzda kechadi. Jumladan bola tugʻilgan paytidan 1 yoshga toʻlguncha boʻlganda bolaning boʻyi 25 sm oʻssa, 1 yoshdan 2 yoshga toʻlguncha bolaning boʻyi 10 sm ga oʻsadi 2 yoshdan 3 yoshgacha esa, bolaning boʻyi faqat 6-7 sm ga oʻsadi. Bogʻchagacha boʻlgan davrda bolaning vazni ham ana shu tariqa rivojlanadi. Tugʻilgandan 1 yoshga toʻlguncha boʻlgan bolaning vazni 3,5 kg ortadi. Ikki yoshdan 3 yoshgacha esa faqat 1,5 kg ga ortadi. Bu maʼlumotlar hamma bolalar uchun oʻrtacha hisobga toʻgʻri keladi. Bogʻcha yoshida bolaning psixologik oʻsishi va uning asab tizimi ham ancha rivojlanib boradi, jumladan bolaning bogʻcha yoshdagi davrida ham asab tizimi tez rivojlanishda davom etadi. Bu davrda bosh miyaning hajmi va vazni anchagina ortadi. Masalan, bir yoshdan 2 yoshgacha kirguncha bosh miyasining vazni 940 gr dan 1025 gr ga ortadi. 2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan davrda esa bola miyasining vazni 1025 gr dan 1112 gr ga ortadi. Bola psixologik rivojlanish jarayonida uning xayolida ham oʻsish jarayonini koʻrishimiz mumkin. Bola 2 yoshning oxiri va 3 yoshning boshlarida bolalarda xayol juda tez rivojlanadi. Bogʻchagacha tarbiya yoshidagi bolalarda murakkab psixik jarayonlardan birining boʻlishi, xayolning oʻziga xos xususiyatlarga egaligidandir. Bu yoshdagi bolalarning xayoli asosan ixtiyorsiz xayol boʻladi xolos. Ular hali maʼlum maqsad asosida ixtiyorsiz tarzda xayol yurgiza olmaydilar. Bola 2 yoshga toʻlgach, uning oʻyinlarida jiddiy oʻzgarish qoʻshilib, oʻyiniga endi taqlidiy harakatlar qoʻshiladi. Nutqning oʻsishi bola xayolining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatadi. Bola kattalarning gaplariga tushunadigan boʻlgach, har turli ertak va hikoyalarni qiziqib tinglaydigan boʻladi. Test Yangi tugʻilgan chaqaloqning yorugʻ payt boshini silaganda, uning bu harakatga reaksiyasi qanday boʻladi? Barmogʻini bukadi. Qoʻlini koʻtaradi Koʻzini yumadi Yigʻlaydi Bola 2-3 oylik paytida qaysi tovushlarni talaffuz qila oladi? B d r Z s sh V f x G k a Tugʻilgandan 1 yoshga toʻlguncha boʻlgan bolaning vazni necha kg ortadi? 3.5 kg 1.5 kg 2 kg 4 kg Bola necha yoshga toʻlganda oʻyinlarida jiddiy oʻzgarish yuz bera boshlaydi? 3 2 4 5 Download 34.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling