I kirish II. Asosiy qism ishonchlilik nazariyasi togrisida asosiy tushunchalar


Transport vositalarining ishonchliligi


Download 118.79 Kb.
bet4/11
Sana20.12.2022
Hajmi118.79 Kb.
#1035467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
NAFISAXON KURS ISHI (1)[1]

2.1.1.Transport vositalarining ishonchliligi
Hozirgi davrda xalk ho‘jaligida minglab har xil turdagi transport vositalari ishlab turibdi. Shu sababli transport vositalarining ishonchliligini oshirish katta iqtisodiy ahamiyatga ega.
Ekspluatasiya davrida texnik xizmat va ta’mirlash uchun ketadigan sarf harajatlar transport vositasining boshlang‘ich narxidan ancha ortiq. Ishonchlilik muammosini xal qilish katta mablag‘larni tejash imkonini beradi
Texnik taraqqiyot transport vositalarini loyihalash, ishlab chiqa-rish va ekspluatasiyasi bo‘yicha ishonchlilik fani oldiga, ularning og‘ir sharoitda va tasodifiy holat vujudga kelganda ish qobiliyatini ta’min-lash, texnik holatini oldindan aytib berish, diagnostikalash va eng optimal(oqilona) konstruksion yechimlarni topish bo‘yicha topshiriqlar qo‘yadi.
Ushbu ishonchlilikni o‘rganishda ehtimollik nazariyasi, fizik-kimyoviy mexanika, ishqalanish nazariyasi, yeyilish hamda mashinalar dinamikasi va ishonchliligi fanlaridan foydalaniladi.
Ishonchlilik texnik qurilma va tizimlar sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarish qonunlarini o‘rganadi va uning asosida eng kam sarf harajatlar bilan ularning buzilmasdan ishlash muddatlarini oshirish usullarini ishlab chiqadi.
Ishonchlilik masalalarining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
-Vaqt omili. Chunki transport vositasi ekspluatasiyasi jarayonida boshlang‘ich parametrlarning o‘zgarishi baholanadi;
- Ob’yektning texnik holatini uning chiqish parametrlarini (sifat ko‘rsatkichlarini) saqlab qolish nuqtai nazaridan oldindan aytib berish (prognozlash).
Ishonchlilik muammosi prognozlash bilan bog‘liq. Transport vositasi yaratilishining ilk bosqichlarida konkret ekspluatasiya sharoitlari uchun ishonchlilikni baholash zarur. Ishonchlilik to‘g‘risidagi fan vaqt o‘tishi bilan ob’yektlarning sifat ko‘rsatkichlari (aniqlik, quvvat, unumdorlik, resurs va h.k.) o‘zgarishining jarayonini o‘rganadi. Lekin ko‘rsatkichlarning ma’lum darajaga yetishishi masalalarini o‘rganmaydi. Avtotransportda ishonchlilik fani va tadqiqotlari buzilishlar fizika-sini o‘rganish bilan bog‘liq (yeyilganlik, charchash mustahkamligi, zang-lash). Bunda mustaxkamlik, yeyilganlik, issiqlikka chidamlilik va h.k. hisob- kitob usullari ishlab chiqiladi va transport vositalarining kerakli ishonchliligini ta’minlaydigan texnologik jarayonlar qo‘llaniladi.
Ishonchlilikning nazariy asosi quyidagilar:
a) Ishonchlilik nazariyasining matematik usullari;
b) Tabiiy fanlar tadqiqotlarining natijalari (ob’yekt materiallari, yonilg‘i-moylash materiallarining fizik-kimyoviy yemirilishi, eskirishi va xususiyatlarining o‘zgarishi; materiallarning mexanik yemirilishlari; materiallarning sirt qatlamlarida ro‘y beradigan o‘zgarishlar; materiallardagi kimyoviy yemirilish jarayonlari va h.k.).
Bu (materiallar qarshiligi, fizik-kimyoviy mexanika, tribotexnika, metallar korroziyasi, polimerlarning eskirishi va h.k.) tadqiqotlari natijalari ishonchlilik nuqtai nazari bo‘yicha "buzilish-lar fizikasi" nomi bilan ataluvchi yo‘nalishni tashkil etadi.
Buzilishlar fizikasi transport vositasi ekspluatasiyasida material (qism)ning dastlabki xususiyatlarini yo‘qotadigan qaytarilmas jarayonlarni o‘rganadi. Bunday tadqiqotlarning asosiy xususiyati -hodisalarning vaqt davomida ko‘rilishidir. Buzilishlar fizikasining vaqt qonunlari ishonchlilik asosiy vazifalarini yechishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Transport vositasi ishchi jarayonlarini baholaydigan tenglama va bog‘lanishlar, dinamik yuklamalar, foydali ish koeffisiyenti, quvvat xarakteristikalari va boshqalar transport vositasi dastlabki ko‘rsat-kichlari o‘zgarishlarini tahlil qilish va baholash uchun, ya’ni ishonchli-likning asosiy vazifasini yechish uchun zarur.
Ishonchlilikdagi mashinalar sifat parametrlari o‘zgarishi jarayonini ehtimollik usullari bilan o‘rganish bilan bir qatorda, eskirish va yemirilish jarayonlari qonunlari,ishlab chiqarish va ekspluatasiya jarayonlarini ham o‘rganadi (oxirgilari transport vosi-tasining ish qobiliyatini belgilaydi).
Ishonchlilikning vazifasi - talab qilingan ishonchlilik ko‘rsatkichlarini ta’minlash sharti bilan mashina (element) ning hisob- kitob usulini berishdir.
Hisoblarda mashina materiallari yemirilish jarayonlarining ehti-mollik tabiati (xususiyati) hisobga olinishi shart. Shuninig uchun ish-onchlilik va transport vositasi ish qobiliyatining pasayishini oldindan aytib berish masalalariga e’tibor berish kerak.

Download 118.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling