Ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi


Non uzvli paremalarni mazmun-mohiyatiga ko`ra quyidagi turlarga


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/47
Sana21.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1106568
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47
Bog'liq
ozbek tilida non osh tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi

 Non uzvli paremalarni mazmun-mohiyatiga ko`ra quyidagi turlarga 
ajratish mumkin: 
1) pand-nasihat mazmunidagi maqollar: “Non yemoqchi bo`lsang, o`tin 
tashishdan erinma”, “Yovga noningni bersang ham, siringni berma”; 
2) ota-onani qadrlashga undovchi maqollar: “Otasini og`ritgan el ichida 
xor bo`lar, onasini og`ritgan parcha nonga zor bo`lar”; 
3) tejamkorlik undovchi maqollar: Qo`ynida noni borning, qorni to`q”, 
“Oshni ayasang – oshga, Nonni ayasang – nonga”, “Bir boshoq don – bir savat 
non”;  
4) tekinxo`rlikni qoralovchi maqollar: “Beli og`rimaganning non 
yeyishini ko`r”; 
5) mehnatsevarlikni ulug‘lovchi maqollar: “Ishlab yegan zog`orang 
tanangga yog`dek yoqar”, “Ishlasang, nonni katta tishlaysan, Ishlamasang, kesak 
tishlarsan”, “Ketmon chopdim – non tishladim”, “Sen ishni quvsang, non seni 
quvar”; 
6) kamtarlikka undovchi maqollar: “Katta gap gapirma, Katta non 
tishla”; 
7) vatanparvarlikka undovchi maqollar: “Non gadosi bo`lsang ham, 
Yurt gadosi bo`lma”, “Noning borida el tani, kuching borida yo`l tani”, “Nonga 
e’tibor – elga e’tibor”; 
8) saxiylik va baxillik haqidagi maqollar: “Xasisdan don tilaguncha, 
Gadoydan non tila”, “Mulladan jon chiqsa chiqar, non chiqmas”, “Baxildan pul 
chiqmas, patirdan qil chiqmas”; 
9) sabr, qanoatga undovchi maqollar: “Bitta non bilan to`yadigan qorin 
yarimta non bilan ham to`yadi”, “Yarimta nonim – oromi jonim”, “Butun non – 
azobi jon, Yarim non – huzuri jon”.  


50 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling