Ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/47
Sana21.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1106568
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47
Bog'liq
ozbek tilida non osh tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi

Tuzini ichib tuzlugiga tupurmoq- kochma ma’noda, metafora. Oz manosida 
ham ishlatiladi.(tuz ichgan shaxs bitta, tuz bergan shaxs ikkinchi oddam, ikki shaxs 
munosabati bor, salbiy ottenkalik, buni shakllanishi tarixiy, bu maqolni hozirgi 
zamonga ham, avvalgi davrga ham o`girsak boladi, koproq kochma manoda 
qollanadi. ta’limga )
Til tizim sifatida uzluksiz harakatda, rivojlanishda bo`lib turadi, bu uning 
ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqadi: til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur 
o`rtasidagi ikki tomonlama aloqadorlik ularning bir-biriga ta’sirini belgilaydi – 
jamiyatda bo`lib turadigan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, 
iqtisodiy va ma’rifiy sohalardagi islohotlar tilning lug`at boyligida yangi-yangi 
so`z va atamalarning yuzaga kelishini, ayni paytda ma’lum so`z-leksemalarning 
eskirib, tarixiy kategoriyaga aylanishini taqozo qiladi. Bu jarayon tilning lug`at 
boyligida istorizm, arxaizm va neologizm kabi leksik birliklarni yuzaga keltiradi.
1
 
Non, osh, tuz tarkibli paremalarda ham quyidagicha istorizmlar kuzatiladi: 
Qalqonbozlik qiladi to`ppa oshi, nayzabozlik qiladi ugra oshi”, “Amirning 
oshidan – faqirning mushti yaxshi”, “Oz oshga yasovul bo`lma”, “Ketmon 
chopmoq – olmoq-solmoq, qo`sh haydamoq – bormoq-kelmoq, o`roq o`rmoq – 
o`ynamoq, hay-hay ishning og`iri, xamir qilmoq, non yopmoq”, “Kolxoz bilan el 
boy bo`ldi, yegani non-u moy bo`ldi”, “Ochko`zga bir non qalqon bo`lib 
ko`rinar”, “Omoch chiqdi – ko`moch keldi”, “Sovut kiyib ma’rakada jon bergan, 
ketmon urib kecha-kunduz non bergan”, “Tayyor oshga bakovul, yetim qizga 
yasovul”. 
Non, osh, tuz uzvli paremalarni ishlatilish doirasiga ko`ra quyidagicha 
guruhlashimiz mumkin: 
1
Jamolxonov H. Hozirgi o`zbek adabiy tili. – Toshkent: Talqin, 2005. – B. 204. 


70 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling