Ii yorug’likning kombinatsion sochilishini spektrlar bo’yicha molekulyar analizi. Kombinatsion sochiluvchi yorug’likning spektroskopiya texnikasi. Spektral apparat. Umumiy tavsilot


Spektrlarni fotoelektrik qayd qilish


Download 43.96 Kb.
bet10/13
Sana20.01.2023
Hajmi43.96 Kb.
#1103275
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
optika tarjima

Spektrlarni fotoelektrik qayd qilish. Spektrlarni fotoelektrik qayd qilishda spektrograf tirqishini yoritilish shartlari o’zgaradi. Fotoko’paytirgich spektrografdan o’tgan butun yorug’lik oqimini qayd qiladi. (13.3) formuladan ko’rinadiki, spektrograf tirqishining balandligi qancha ko’p bo’lsa, yorug’lik oqimi ham shuncha ortib boradi. Shunda spektrograf tirqishining yoritilishini bir jinsliligi deyarli ma’noga ega bo’lmay qoladi. Bunday holatda, fotoelektrik qayd qilishda tirqishni sochiluvchi idish yordamida iloji boricha maksimal balandlik bilan yoritish kerak ekan. Biroq (13.5) formuladan ko’rinadiki, tirqish balandligining kattalashtirilishiga proporsional ravishda sochilayotgan idishning kerakli hajmi ham kattalashib boradi. Agar modda kam bo’lsa, tizimning yorug’lik kuchini kattalashtirish uchun shisha-suyuqlik chegarasidagi to’la ichki qaytishdan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Idish devori-suyuqlik chegarasida sochilgan yorug’likning to’la ichki qaytishi kuzatilishi uchun, o’rganilayotgan suyuqlik nur sindirish ko’rsatkichi idish devori nur sindirish ko’rsatkichidan katta bo’lishi kerak.
Shuni ko’rsatish mumkinki, to’la ichki qaytishdan foydalanish sochiluvchi idsh orqa teshigining ko’ndalang o’lchamlarinieffektiv kattalashtirishga teng kuchli bo’ladi. Haqiqatdan ham, yassi sochiluvchi idishning gorizontal kesishuvini ko’rib chiqamiz(138rasm). Agar suyuqlikda sochilgan va sochiluvchi dish devorlaridan qaytgan yorug’lik spektrografga tushmasa,u holda biz kollimatorni ochilish burchagi α ga teng bo’lga yorug’lik konusida sochilgan yorug’lik bilan to’ldiramiz, uning kattaligi quyidagicha aniqlanadi:
(13.6)
Bunda, d-idish qalinligi, l-uning uzunligi. Aksincha, agar shisha-suyuqlik chegarasida to’la ichki qaytishga erisha olgan, sochilgan yorug’lik kollimator to’ldirilishida ham ishtirok etsa, yorug’lik konusining ochilish burchagi sezilarli kattalashib , u shisha va o’rganilayotgan suyuqlikning nur sindirish ko’rsatkichlariga bog’liq bo’lib qoladi. Yorug’lik konusi ochilish burchagining kattalashuvi, ld suyuqlik qatlamining o’rniga endi 138rasmda shtrixli chiziq bilan chegaralab qo’yilgan suyuqlik qatlami yorug’likni effektiv sochib berishiga teng kuchli bo’lib qoladi. Bundan kelib chiqqan holda, idishning orqa teshigining o’lchami quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(13.7)

Ko’p martalab qaytishlar bilan yassi sochiluvchi idish bilan ishlaganda kondensor tizimi shunday hisoblab chiqilgan bo’lishi kerakki, bunda idishning old teshigi spektrograf tirqishida, idishning effektiv orqa teshigi esa kollimator obyektivida tasvirlanishi kerak. Ammo (13.17) formuladan ko’rinib turibtiki, idishning orqa effektiv teshigi o’rganilayotgan suyuqlikning nur sindirish ko’rsatkichiga shunday bog’liqki, turli xilda o’rganilayotgan suyuqliklar uchun turli xildagi tizimlar kerak bo’lib qoladi. Turli xil nur sindirish ko’rsatkichlariga ega bo’lgan bir necha suyuqliklar bilan ishlaganda, otik sistemani eng kichik nur sindirish ko’rsatkichiga ega bo’lgan moddaga moslagan holda tuzib, hisoblash kerak. Shunda qolgan moddalar uchun huddi shunday sochilgan nur aperturlaridan foydalanish mumkin bo’ladi.


138-rasm sochilgan yorug’lik oqimini kattalashtirish uchun kyuvetda to’la ichki qaytishdan foydalasnish.

Ko’p martali qaytishli idishdan foydalanib spektrograf tirqishini yoritish shartini bajarish uchun ba’zida ikki linzali kondensorli tizimdan foydalanib bajarish mumkin bo’ladi.


Miqdoriy o’lchashlarda, qachonki etallon modda bilan fraksiya alohida o’lchanayotganda, suratga olish shartlari ular uchun bir xil o’lishi kerak. Ko’rsatilgan shartlarga amal qilinmaslik fotoelektrik o’lchashlarda yuqori darajada namoyon bo’lishi mumkin.



Download 43.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling