Ii yorug’likning kombinatsion sochilishini spektrlar bo’yicha molekulyar analizi. Kombinatsion sochiluvchi yorug’likning spektroskopiya texnikasi. Spektral apparat. Umumiy tavsilot
Download 43.96 Kb.
|
optika tarjima
II. yorug’likning kombinatsion sochilishini spektrlar bo’yicha molekulyar analizi. Kombinatsion sochiluvchi yorug’likning spektroskopiya texnikasi. Spektral apparat. Umumiy tavsilot. Yorug’likning kombinatsion sochilishini kuzatish uchun juda oson optik metodikadan foydalaniladi. Bunday kuzatishlarni olib boriluvchi qurilmaning blok sxemasi 130 rasmda keltirilgan. Manba(1) dan kuzatilayotgan namuna (2) ga monoxromatik nurlanish yuboriladi. Kuzatilayotgan moddaning idishi bir tomoni kuzatish uchun ochilgan yassi shaffof oynacha , ikkinchi tomoni esa shoxsimon, qora lak bilan qoplangan bo’lib, u akslanayotgan parazit yorug’likni kamaytirib beradi. Sochilayotgan yorug’likni odatda moddaga tushayotgan radiatsiyaga nisbatan tog’ri burchak ostida joylashtirilgan spektral apparat(4) yordamida kuzatiladi. 130-rasm Ma’lumki, kombinatsion sochilish spektrlari sochiluvchi modda harakteriga ega bo’lgan va har bir uyg’otuvchi yorug’lik chiziqlari atrofida joylashgan yo’ldosh guruhlar ko’rinishidagi qator chiziqlardan iborat bo’ladi. Bu yo’ldoshlarning to’lqin uzunliklari(chastotalari) sochiluvchi modda tabiatiga bog’liq bo’lgani kabi, tushuvchi yorug’lik to’lqin uzunligiga ham bog’liq. Lekin yo’ldoshlar va uyg’otuvchi chiziqlar chastota farqlari faqatgina sochiluvchi modda molekulasining birlamchi harakteristikasi hisoblanadi. Odatda molekulyar spektroskopiyada spektral chiziq harakteristikasi uchun sm-1 o’lchamlikli to’lqin soni ν tushunchasidan foydalaniladi.(9bob) Uyg’otuvchi chiziqlarning to’lqin sonlari farqi va kombinatsion sochilish chiziqlari farqi ∆ν ni sm-1 larda ham ifodalash mumkin. Bu kattaliklar molekulalarning xususiy tebranishlarini harakterlagani uchun ularni ba’zida qisqacha chastotalar deb ham atashadi. Ular odatda 100-3700 sm-1 oraliqda joylashadi. 100-200dan bir nrcha sm-1 gacha bo’lgan qismlarda molekulyar kristall panjaralarning tbranishlari joylashgan(kichik chastota spektrlari deb yuritiladi), 3-5 dan 0.1 sm-1 gacha va undan pastroq chastotalar esa molekulaning aylanuvchi chastotalariga mos keladi. Kombinatsion sochilish spektrlari nurlanuvchi manba intensiv chiziqlari bilan mos bo’lgan chiziqli spektrlar bilan g’alayonlanadi. Bunday turdagi eng ko’p tarqalgan manbalardan biri yuqori bosimli simob lampalaridir. Sochiluvchi obyekt yaxshi yoritilgan bo’lishi kerak. Shu maqsadda turli xildagi maxsus yorituvchi asboblardan foydalaniladi. Yoritkichlar sochilish spektrlarini olishda har qanday qurilma uchun ajralmas bo’lak hisoblanadi. Avval aytilganidek, sochilgan yorug’lik intensivligi uyg’otuvchi nurlanish intensivligi bilan solishtirilganda ancha kichikdir. Bundan tashqari, analitik ahamiyatga ega bo’lgan chastotalar intervali odatda 1700 sm-1 dan oshmaydi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, sochilish shiziqlari emissiya chiziqlariga qaraganda ancha kengroq bo’ladi. Aralashmali spektrlarda turli komponentalarning chiziqlari ustma ust tushganligi uchun ish qiyinlashadi. Bu holat, ya’ni spektral intervalning torligi va spektral chiziqlarning sezilarli darajadagi kengligi, sochilishspektrlarini qayd etish hamda o’rganishda qiyinchilik tug’diradi. Shuning uchun sochilish chiziqlarini yaxshiroq ajratib olish uchun, yetarli darajadagi burchak hamda chiziqli dispersiyaga ega bo’lgan spektral asboblardan foydalanish zarur. Shuning o’zida, asbob katta yorug’lik kuchi(svetosila)ga ega bo’lishi lozim. Fotografik usulda analitik masalalarni yechishda ishlatiluvchi eng qulay asboblardan biri bu uch prizmali spektrograf ISP51 hisoblanadi(1bo’lim). Albatta, kerakli bo’lgan yorug’lik kuchi va dispersiyaga ega bo’lgan boshqa asboblardan ham foydalanish mumkin, misol uchun: difraksion spektrograf DFS4, Tsesy firmasi spektrografi(GDR), SHteyngel(FRG) va boshqalar. Aytib o’tish lozimki, ayan o’sha yorug’lik kuchida, ISP51 ga qaraganda katta dispersiyali spektrografdan foydalanish shubhasiz amaliy afzallik yaratadi. Download 43.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling