Ii yorug’likning kombinatsion sochilishini spektrlar bo’yicha molekulyar analizi. Kombinatsion sochiluvchi yorug’likning spektroskopiya texnikasi. Spektral apparat. Umumiy tavsilot


Download 43.96 Kb.
bet5/13
Sana20.01.2023
Hajmi43.96 Kb.
#1103275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
optika tarjima

Yorituvchi tizimlar.
Umumiy ta’rif. Konstruksiyasiga ko’ra juda ko’p turdagi yoritkichlar mavjud, ular yorituvchi lampalarning turi, soni va joylashishiga qarab va belgilanishiga qarab ajratiladi: gazlarni, qattiq jismlarni, suyuqliklarni tekshirish uchun va hokazo… biz qisqagina qilib ko’proq tarqalgan bir lampali elliptic yoritkichda to’xtaymiz. Yoritkichning ichki ko’zguli qatlami elliptic silindr ko’rinishida bo’lib, uning bir fokal o’qida uzunasiga yorug’lik manbasi, boshqasining uzunasiga esa o’rganilayotgan suyuqlik joylashgan. Fokal o’qqa perpendikulyar har qanday kesishishda, ellips xossasiga ko’ra har qanday bir fokusdan chiquvchi nur, akslanib ikkinchi focus orqali o’tadi(135a rasm). Shunday qilib, lampa yorug’ligi sochiluvchi idish o’qi bo’yicha kuchli konsentratsiyalanishi kerak edi. Amaliyotda, ammo keskin fokuslanish ro’y bermaydi. Avvalambor lampa faqat fokal o’qqa perpendikulyar tekisliklarga nur yubormaydi. Lampaniny yoritiluvchi ustuni huddi sochilayotgan modda ustuni kabi tugallanuvchi qalinlikga ega va montaj qilinganda, u aniq elliptik silindr o’qida joylashmas ekan; moddaga tushishdan oldin yorug’lik nuri qator ustki qismlarda - lampa ballonida, issiqlik va spektral filtrlarda va nixoyat modda solingan idish ustki qismlarida sinadi. Bundan tashqari, yoritkichning ustki qismi ideal elliptik silindrdan tashkil topmagan. Bu sabablarning hammasi yorug’lik dastasining cho’qqisi sochiluvchi idish o’qi yaqinidagi ba’zi bo’laklarda “surkaladi”. Agar yoritilish taqsimotini sochiluvchi idish diametri bo’yicha o’rganadigan bo’lsak, markazga yaqin bo’lgan ba’zi katta bo’lmagan joylar bir tekisda yoritilar ekan. Keyin esa markazdan uzoqlashgan sari yoritilish kamayib boradi. Aytib o’tilgan holatlar yuqori tirqishlar bilan ishlaganda, agar oxirgilari bir tekisda yoritilishi kerak bo’lsa kuzatilishi mumkin. Bunday olib qaraganda, namunani ko’proq bir jinsli ravishda yoritish diffuziyali yoritishda o’z o’rniga ega. Bunday maqsadlar uchun odatda kop lampali silindrik yoritkichlardan foydalaniladi, ular ichki tomonidan magniy okisi bilan qoplangan bo’ladi. Lampalar yoritkichlar ichiga simmetrik joylashtiriladi.

Download 43.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling