Ii yorug’likning kombinatsion sochilishini spektrlar bo’yicha molekulyar analizi. Kombinatsion sochiluvchi yorug’likning spektroskopiya texnikasi. Spektral apparat. Umumiy tavsilot
rasm. Ikkinurli qurilmaning blok sxemasi. Ikkinurli fotoelektrik qurilmalar
Download 43.96 Kb.
|
optika tarjima
133rasm. Ikkinurli qurilmaning blok sxemasi.
Ikkinurli fotoelektrik qurilmalar. Ikki nurli qurilmalar faqat intensivliklarni, balki kombinatsion sochilish intensivliklari nig tegishli usulda tanlangan ,solishtirilayotgan yorug’lik manbasi intensivligiga munosabatini qayd qiladi. 133rasmda bunday qurilmaning 1ta lampali blok sxemasi keltirilgan. Odatda kombinatsion sochilish spektrini g’alayonlantirish uchun bir necha lampalardan foydalaniladi. Berilgan holatdagi sxemada, sochiluvchi namudan olingan-o’lchanayotgan signal va bevosita spektrni uyg’otuvchi manbadan olingan-solishtiriluvchi signallarni bo’luvchi optik tizimdan foydalanilgan. Kyuvet(K)da joylashgan o’rganilayotgan modda(1,1…1)dan sochilayotgan yorug’lik, kondensorli linza(L1)yordamida monoxromator(M)ning kiruvchi tirqishi(SH1)ga yuboriladi. Tirqish oldidan modulyator(P) diski o’rnatiladi. Solishtirilayotgan yorug’lik dastasi(2,2…2) bevosita uyg’otuvchi manba spektridan(I) optik pona-klin(Ok) orqali o’tib yirqish(SH3)ga yo’naltiriladi. (L2)linzadan (SH3)dagi manba(I) tasvirini proyektorlash uchun kondensatorli linza kabi foydalaniladi. Solishtirilayotgan dasta asosiy dasta bilan qarshi fazada modulyatsiyalanadi. O’lchanayotgan dasta monoxramatorning chiquvchi (SH2) tirqishidan fotoko’paytirgichga FEU yo’naltiriladi. Solishtirilayotgan dasta, monoxromatorni chetlab o’tib aynan o’sha fotoko’paytirgichga tushadi. Bu dastadagi g’alayonlanuvchi chiziq filtr(F) yordamida ajratib olinadi. Olingan elektr signali modulyatsiya chastotasiga moslashgan (PU)taxminiy(predvoritelniy) kuchaytirgich va asosiy selektiv kuchaytirgich(U) yordamida kuchaytiriladi va keyin esa sinxron detektoriga boradi. Detektor uchun tayanchli signal katta bo’lmagan yorituvchi lampa fotoqarshiligi(FS)dan olinadi va sinxronlovchi signal kuchaytirgichi(USS) da kuchaytiriladi. Sxema quyidagicha ishlaydi. Agar asosiy dastadagi va solishtirilayotgan dastadagi yorug’lik intensivliklari bir xil bo’lsa, u holda fotoko’paytirgich nagruzkasidagi elektr signalining vaqtinchalik tarkibiy qismlari bo’lmaydi va selektiv kuchaytirgich tomonidan sinxronli detektorga o’tkazib yuborilmaydi. Aytaylik, signallardan biri o’zgardi. U holda FEU nagruzkasida kuchayib boruvchi o’zgaruvchi qism xosil bo’ladi va u bu yoki u qutbli sinxron detektordan so’ng reversiv dvigatelli boshqarish blokiga kelib tushadi. Reversiv motor shunday aylana boshlaydiki , bunda u bilan bog’langan optik klin, solishtirilayotgan dasta intensivligini o’lchanayotgan dasta intensivligi bilan tenglashgunga qadar o’zgartirib boradi.optik klin bilan bog’langan yozib oluvchi moslama perosi(Z) bunday hollarda asosiy dasta intensivligining solishtiriluvchi dasta intensivligi bilan munosabatini qayd qilib boradi. (214.bet)da ko’rsatilganidek, optik klin shunday ishlab chiqariladiki, uning o’tkazishi, nolinchi o’tkazish holatidan boshlab ko’chishiga proporsionaldir. Bu holda klin orqali o’tgan dasta intensivligi I uning siljishi l va solishtirilayotgan yorug’lik dastasi intensivligi Isr ga proporsionaldir: I=…. Shunday qilib tizim ikkala dastadagi signallarni tenglashtiradi, u holda (13.1) O’ziyozarning perosi klinning siljishi bilan chiziqli bog’langan, shuning uchun o’ziyozarda l kattalik yozib olinadi, u (13.1)ga ko’ra ishchi yorug’lik dastasi intensivligi bilan solishtiriluvchi yorug’lik kanali intensivliklari orasidagi munosabatga proporsional: (13.2) Yuqoridagidan ko’rinadiki, bunday tizimlarda fotoko’paytirgichlardagi kuchlanishning o’zgarishi, lampalarning intensivliklarining o’zgarishi(yoki ulardan birining bexostan o’chirilishi), spektrni yozib olishda szilarli o’zgarishni tug’dirishi mumkin emas. Ko’rsatilgan stabilliklarga binoan bunday tizimlar molekulyar spektral analizda fotoelektrik metodlarni qo’llashga katta imkoniyat yaratadi. Download 43.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling