Yoritkichlarni sovitish. Filtrlar. Yoqib qo’yilgan simob lampasida bir necha yuz vat ga ega bo’lgan, asosan issiqlik ko’rinishidagi quvvat ajralib chiqadi; u yoritkichning poliy kojuxidan oqib o’tuvchi suv bilan qisman olib ketiladi; ammo ko’zguli elliptik silindr o’zining ikkinchi o’qida yorug’lik bilan birga issiqlik energiyasini konsentratsiyalaydi. Shuning uchun suv bilan sovituvchi kyuvet yo’q bo’lsa, namuna bilan birga idishga solingan paxta yoki qog’oz birdaniga qizib yona boshlaydi.
135-a rasm. A-elliptik ko’zguli yoritkichning ishlash prinsipi. B-bir lampali yoritkich
Oqava suvli kyuveta, namunali idishni qizib ketishdan saqlab turuvchi issiqlik filtri hisoblanadi(135-b rasm). Kyuvetaga suvni bevosita krandan quyish mumkin emas chunki, birinchidan,suv bosimining tebranib turishi tufayli; ikkinchidan, bunday xollarda kyuveta devorlariturli sariq cho’kindi, okislar bilan qoplanib qoladi. Krandan keladigan suvni oldin yoritkichdan 1,5-2 m tepalikda joylashgan bakka quyiladi, u yerda suvdan havo pufakchalari ajralib chiqa boshlab, okislarning bir qismi cho’kadi, keyin esa suv kyuvetga o’zgarmas, bir xil bosimda tusha boshlaydi. Temir okislarining yanada cho’ktirilishi uchun suvni shisha paxtali trubadan tushirish tavsiya etiladi.
Svetofiltrlar(yorug’lik filtrlari). Bu yoki u turdagi simob chiziqlarini ajratib olish uchun lampa va sochilish idishi orasiga qo’yiluvchi svetofiltrlardan foydalaniladi. Bu olingan spektrni rasshifrofka qilishni osonlashtiradi. Bundan tashqari, svetofiltr odatda lampaning sploshnoy fonini bir qancha kamaytirib beradi. E’tiborga olish kerakki, svetofiltrlar ajratilgan simob chiziq intensivligini sezilarli(2-4marta) darajada susaytiradi. Ba’zida fonni susaytirish uchun qo’shicha maxsus svetofiltrlardan foydalaniladi, lekin ularning qo’llanilishi uyg’otuvchi yorug’lik intensivligini yanada kamayishi hamda ekspozitsiya vaqtining sezilarli oshishiga olib keladi.
Λ=4358A li ko’k chiziq bilan ishlanayotkanda, mos keluvchi shisha filtrga qaraganda, nitrit natriy(NaNO2) aralashmasidan tayyorlangan suyuq filtrlardan foydalangan ma’qulroqdir. Bunday filtr Λ=4358A dan kam bo’lgan barcha nurlanishni yutib qoladi. 10mm qalinlikdagi to’yingan aralashma qatlami standart shisha filtrga qaraganda Λ=4358A nurlanishni ikki marta kamroq yutadi. Bunga mos ravishda ekspozitsiya vaqti ham qiqaradi. Suyuq filtr bilan solishtiradigan bo’lsak, shisha filtrning afzalligi shundaki, u ∆ν=700sm-1 dan(Λ=4500A) uzunroq to’lqin uzunliklarigacha bo’lgan fonni susaytirib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |