Egzogen (nurash jarayoni). Cho‘kindi tog‘ jinslari haqida ma’lumot. Mа`ruzа rеjаsi
Download 1.38 Mb.
|
EGZOGEN (NURASH JARAYONI). CHO‘KINDI TOG‘ JINSLARI HAQIDA MA’LUMOT.Mа`ruzа rеjаsi:1. Ekzogen geologik jarayonlar.2. Nurash.3. Mexanik nurash.4. Kimyoviy nurash.5. Biologik nurash.Ekzogen geologik jarayonlar Yer po’stida bo'ladigan geologik jarayonlar ekzogen jarayonlar deb nomlanib, uning natijasida rel’ef nevilirlanadi yoki silliqlanadi. Bu jarayonlar atmosfera, gidrosfera va biosferalarning Yer po’sti bilan o'zaro ta'siri natijasida bo'ladi. Tepaliklar emiriladi, emirilgan jinslar shamol, suv yordamida olib ketiladi va yotqiziladi. Yerning tashqi kuchlari bilan bog’liq bo'lgan geoologik jarayonlar natijasida oltin, qo'rg’oshin, platina, olmos, har xil ko'mirlar, slanets, neft, gaz va boshqa foydali qazilma konlari vujudga keladi. Nurash Mineral va tog’ jinslarining muhim o'zgarishini vujudga keltiruvchi mexanik, ximik va organik turdagi bir qancha jarayonlarga nurash deyiladi. Yer yuzasidagi jinslar temperaturaning sutka va yil davomida o'zgarib turishi, havo va namning fizik hamda kimyoviy ta'sir etishi va organizmlarning ta'siri natijasida nurab ketadi. Quyosh, havo, nam va organizmlarning ta'siri natijasida tog’ jinslarining o'zgarish jarayoni nurash deb ataladi. Qattiq jinslarning katta-kichik parchalarga bo'linib sinishi fizik nurash deb ataladi.Bunda jinsni tashkil etuvchi minerallarning kimyoviy tarkibi o'zgarmaydi. Temperaturaning o'zgarib turishi fizik nurashning asosiy faktoridir. Agar jins yoriqlariga suv kirib, bu erda suv muzlab qolsa, u holda fizik nurash yana ham tezlashadi. Suv muzlaganda uning hajmi kengayishi ma'lum. Muzlagan suvning yoriq devorlarining 1 sm2 yeriga itargan kuchi taxminan 870 kg ga etadi. G’oyat katta bunday kuch har qanday qattiq jinsni ham maydalab tashlashi mumkin. Suvning takror muzlab erib turishi bilan bog’liq bo'lgan fizik nurash sovuqdan nurash deb ataladi. Fizik nurash natijasida hattiq jinslar mayda-mayda bo'lib ketadi, hatto zarrachalar 0,01 mm gacha etadi. Qattiq jins zarrachalarining issiqdan kengayib ketishi, tuzlarning to'planishi ham fizik nurashga kiradi. Tog’ jinslari har xil minerallardan hosil bo'lganligi uchun issiqlikni bir xil o'tkazmaydi. Bundan tashqari, bir xil minerallardan tuzilgan tog’ jinslari ham bir xilda kengaymaydi va mineral kristali hamma tomonga har xil kengayadi. Shunga ko'ra, tog’ jinslarini tashkil etuvchi minerallarning turlicha kengayishi va torayishi natijasida hatto granit jinsi ham maydalanadi.Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling