Quyidagi jadvalda ba'zi bir minerallar hajmining kengayish koeffitsienti berilgan.
Mineral
|
Kengayish koeffitsenti
|
Kvarts.................................. Ortoklaz...............................
Shoh aldamchi..................... Kal’tsit.................................
|
0,000310
0,000170
0,000284
0,000200
| Nurash Yer yuzasining o'simlik bilan qalin yoki siyrak qopla-nishiga ham bog’liq. Suv va o'simlik kam yoki yo'q, bo'lgan joylarda fizik nurash kuchli bo'ladi. O'rta Osiyoda yoz faslida (qoraqum cho'lida) qum va yalang toshlar temperaturasi 70-80C ga etadi, kechalari 5-10C gacha pasayadi, natijada jinslar yorilib ketadi. Nurash xodisasi jinslarning kristalli va qatlamlarning darzli bo'lishiga ham bog’liq. Tog’ jinsida darz qancha ko'p bo'lsa, u shuncha tez emiriladi. Mexanik nurash asosan tashqi sabablar yordamida yuz beradi. Chunonchi, Yer yoriqlariga, mineral va tog’ jinslari orasiga kirib qolgan suvning temperaturasi pasayib, bu Yerda suv muzlaydi, suv muzlashi bilan muz kengayib, jinslarni yorib yuboradi, Bunday nurash ko'proq yalang tog’ jinslarida, baland tog’larda yilning barcha faslida bo'lib turadi. Buning natijasida juda ko'p siniq jinslar uyumi hosil bo'ladi. Bundan tashqari, Yer yuzasi qanday joy bo'lishidan qat'y nazar, o'simlik bilan qonlangan. O'simliklarning ildizi jinslar orasiga yorib kirib, ularni bo'laklarga ajratadi, darzlarni kengaytiradi. Chirigan ildizlardan o'tgan suv Yer ostida muzlab, darzlarni kengaytiradi. Kimyoviy nurash. Fizik nurash natijasida jinslar maydalanadi, parchalanadi, ba'zan eziladi. Tog’ jinsiga erkin kislorod ta'siri natijasida, ayniqsa jins orasiga suvning o'tib borishi orqasida u Yerda hosil bo'lgan kimyoviy reaktsiya tufayli kimyoviy nurash yuz beradi. Kimyoviy nurash qattiq jinslarning yana ham ko'proq maydalanishiga yordam beradi. Kimyoviy jarayonlar asosan oksidlanish, gidrotatsiya (metallarning suvlanishi), erish va gidroliz xillariga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |