Egzogen (nurash jarayoni). Cho‘kindi tog‘ jinslari haqida ma’lumot. Mа`ruzа rеjаsi
Download 1.38 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidrotermal nazariyasi
Bu hodisa Yerning hamma iqlim zonalarida uchrasada, ko'pincha u quruq va issiq iqlim zrnalariga xosdir. Natijada uning fizik va kimyoviy xususiyati o'zgaradi va nurash jarayoni tezlashadi. Bu hodisa O'rta Osiyo tog’larida va cho'llarida ko'p uchraydi, uning qalinligi (jins tarkibiga qarab) 1 mm dan 2 mm gacha etadi. Qo'ng’ir rang parda tarkibida 36% temir, 30% marganets, 8,5% kremnezyom, 9% giltuproq uchraydi. Kimyoviy nurashda organik dunyoning roli katta. V.I. Vernadskiy, keyinrok. B.B. Polinov, mikroorganizmlarni, o'simliklarni suvda va quruqlikda nurash jarayonining borishidagi va jins hosil qilishdagi ahamiyatini ko'rsatib berdilar.Neft konlarida 1 km chukurlikda mikroorganizmlar borligi aniqlangan. O'simliklar ildizi faqat mexanik nurashgagina sabab bo'lmay, kimyoviy nurashga ham sababdir. Masalan, o'simliklardan organik kislotalar, karbonat angidridi ajralib tog’ jinslariga ta'sir etadi. Bundan tashqari, o'simliklar tog’ jinslaridan: K, Sa, Si, Mg, Na, R, S, A1 kabi element tuzlarini ajratib oladi. Shunday qilib, organik dunyo bilan anorganik dunyo doim almashinib turadi. Yer yuzasida qanday iqlimiy sharoit bo'lmasin unda ozmi-ko'pmi fizik, kimyoviy va organik nurash jarayonlari bo'lib turadi.Yer po’stining nuragan qismi. Yer po’stidagi kaolinli qatlam-larning paydo bo'lish sabablari so'nggi yillarda ko'pchilikning e'tiborini o'ziga jalb qildi. Gidrotermal nazariya g’arbiy Еvropa va Angliyadagi kaolinli konlarni o'rganish asosida yaratilgan edi. Kaolinning paydo bo'lishi haqidagi hozirgi nazariyalar: gid-rotermal, qo'ng’ir ko'mir va qadimgi po'stning nurashi kabi uch xil nazariyaga bo'linadi.Gidrotermal nazariyasi. 1902 yilda janubiy Germaniyada kaolinni tekshirish natijasi uni gidrotermal yo'l bilan paydo bo'lgan, degan xulosaga olib kelgan. Angliyadagi Kornuel, Shimoliy Amerikaning Aydaxo shtatidagi Spoken va boshqa kaolin konlari ham gidrotermal yo'l bilan paydo bo'lgan konlarga kiradi. Bu konlarning gidrotermal yo'l bilan paydo bo'lganligi quyidagi faktorlardan ko'rinadi, chunonchi: kaolinning juda qalin (70-75 m) bo'lishi; kaolin konlarining yangi jinslar orasida u Yer-bu Yerda va tomir tarzida uchrashi; kaolinli uchastkalarning Yer yorig’ida, daykada, mineral buloqlar zonasida joylashishi; kaolinitning yirik va Yaxshi kristallanganligi; kaolin orasida ahyonda pnevmatolit minerallaridan turmalin, flyuorit va boshqalarning uchrashi; kaolinda engil oksidlanuvchi sul’fit minerallar - pirit, galinit va boshqalarning uchrashi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling