Egzogen (nurash jarayoni). Cho‘kindi tog‘ jinslari haqida ma’lumot. Mа`ruzа rеjаsi


Download 1.38 Mb.
bet3/6
Sana23.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1384376
1   2   3   4   5   6

Oksidlanish. Yer po’stini tashkil qiluvchi mineral va tog’ jinslari atmosferadagi erkin kislorod ta'sirida oksidlanadi. Atmosferada erkin kislorod 21 foizni, suvda 30 foizni tashkil etadi. Nurash bo'ladigan zonada erkin kislorod bo'lgan vaqtda qaytarilish reaktsiyasi ketadi va sul’fidlar hosil bo'ladi. Erkin kislorod havoda va suvda bo'lganligidan sul’fid­lar beqaror bo'lib qoladi va parchalanib asta-sekin sul’fatlarga, karbonatlarga va oksidlarga aylanadi. Temirning suvli oksidi Yer yuzasidagi pirit yoki boshqa temir sul’fidlari bo'lgan jinslarning oksidlanishi natijasida hosil bo'lib, u Yer yuzasida temir Qalpoq deb ataluvchi shaklda uchraydi. Jinslarga issiqlik ta'sir etishi natijasida oksidlanish jarayoni goh tez, goh sekin yuz berishi mumkin. Oksidlanish jarayoni kimyoviy nurash hodisasi ichida ko'poq uchrab turadi, bu jarayonda atmosfera, suv va issiqlik ta'sirida temirli, magniyli va alyuminiyli jinslar oksidlanib turadi.

Gidrotatsiya (metalning suvlanishi). Bu jarayon natijasida minerallar suv ta'sirida o'zgarib nuraydi. Bunga misol qilib tabiatda angidridni gipsga aylanish reaktsiyasini ko'rsatamiz. CaSO4 + 2H2O = CaSO4 · 2H2O Yana bir misolda gematit mineralini limonitga aylanishini keltishish mumkin. 2Fe2O3 + 3H2O → 2Fe2O3 · 3H2O Mineral tarkibiga kislorod yoki suv molekulasi o'rnashishi bilan uning hajmi kattalashadi va atrofidagi jinslarii itarib darzlar hosil qiladi.


Erish va gidroliz. Kimyoviy nurash jarayonida tog’ jinslarida bu hodisa ko'pincha bir-biriga mos holatda yuz beradi. Bu hodisa asosan suv va uning tarkibidagi karbonat angidridi SO2 ta'sirida vujudga keladi. Suv Yer qatlamlarining yoriq va bo'shliqlari orasida vodorod – H+ va gidroksid - OH- ionlariga (dissotsiatsiya) ajralgan holda uchraydi. Kimyoviy nurashda vodorod – H+ ionining ko'p bo'lishi ko'proq ahamiyatga ega, chunki u bu jarayonda asosiy faktordir. Suv tarkibida karbonat angidridi ko'p bo'lsa, suv tez va ko'proq ionlashadi. Tog’ jinslariga suv va karbonat angidridi ta'sir qilganda faqat uni eritibgina qolmay, balki ularning tarkibini o'zgartiradi, hatto qayta kristallangan yangi minerallar hosil qiladi. Bunga misol qilib tabiatda ko'p tarqalgan dala shpatini olish mumkin.
Kimyoviy nurash ko'pincha kristall jinslarda ham yuz beradi, Masalan, temirli, magniyli minerallar tez buziladi, ular kristallangan tog’ (asosiy va ul’tra asosli) jinslarining 15% ini tashkil etadi. Suv va karbonat angidrid ta'sirida limonit (Fe2O3·nH2O) va temirning suvli boshqa minerallari hosil bo'ladi. Kremniy suv bilan birikib opal mineralini (SiO2 · nH2O) hosil qiladi. Bundan tashqari, Quyosh nuri ta'sirida Yer qobig’i yuzasiga chiqib qolgan tog’ jinslari goh namlanib, goh qurib, qurg’oqchilik faslning uzunligi tufayli marganets va temir oksidlari pastdan Yuqori ko'tariladi hamda jins yaltiroqligini hosil qiladi. Natijada jins usti aslida kulrang bo'lsa ham qoramtir-qo'ng’ir rang bilan qoplanadi. Bu jarayonga tog’ jinsi sirtining oftobda kuyishi deyiladi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling