Egzogen (nurash jarayoni). Cho‘kindi tog‘ jinslari haqida ma’lumot. Mа`ruzа rеjаsi


Download 1.38 Mb.
bet5/6
Sana23.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1384376
1   2   3   4   5   6

Qo'ng’ir ko'mir nazariyasi. Bu nazariya bundan 60 yilcha oldin Mitcherlixom bilan Shtermmel tomonidan taklif qilingan bo'lib, bu nazariyani ba'zi bir g’arb olimlari qo'llab kelmoqda. Shtermmel fikricha, qo'ng’ir ko'mir granit jinsining ustida hosil bo'lsa, granit kimyoviy o'zgarish natijasida bevosita kaolinga aylanadi. Bu nazariyaga juda ko'p olimlar, masalan, I.I. Ginzburg va boshqa nemis olimlari qarshi chiqdilar va bu nazariyaning kam-chiligini ko'rsatib berdilar. Ularning fikricha, kaolinli konlar qo'ng’ir ko'mir konlari bo'lmagan joylarda ham uchraydi. Bundan tashqari, qo'ng’ir ko'mir bilan kaolin koni urtasida (Gal­le konida) gil qatlami bo'lib, u qo'ng’ir ko'mirdan o'tuvchi eritmalarni ona (granit) jinsga o'tkazmaydi.


Qadimgi po'stning nurash nazariyasi. Bu nazariya hozirgi vaqtda Yer po’stida ma'lum bo'lgan kaolinli gil va tuproqlarni tekshirish va ularning xossalarini taqqoslash asosida tashkil topdi.
Kaolinning hosil bo'lishida Yer po’stining nurashi nazariyasi-ning asosiy shartlari quyidagilardan iborat: nurash jarayonining Yer yuzasidan ichkariga tomon o'zgarmagan jinsga o'tib borishi; ba'zi bir tub jinslarning kayta ishlanishi va almashinuvi natijasida hosil bo'lishi; ona jinsning Yuqorida ko'proq, ichkarida kamroq o'zgargan bo'lishidan, tikka zonalanishning bo'lishidan, tikka zonalashning qonuniy va aniq bo'lishi; Yer yuzasiga chiqib qolgan barcha jinslar ustida katta maydonda hosil bo'lishidan iboratdir.

Eroziya

  • Eroziya (lot. erosio — "yemirilish", "nurash") yer qobigʻini tashkil etadigan qoyalarning oqar suv, shamol va boshqa tashqi taʼsirlardan yemirilib, joyidan qoʻporilishi yoki bir yerdan boshqa bir yerga tashilishi hodisasidir.

Abraziya-Ekzeratsiya-Deflyatsiya

  • Abraziya-(lotincha qirg‘ich, qirg‘ichlash) dengiz sohillaridagi tog‘ jinslarining yoki qirg‘oqning dengiz to‘lqinlari mexanik harakati natijasida yemirilishi
  • Ekzeratsiya-Muzlik harakati natijasida yemirilishi bo‘lib, oxir oqibat yemirilgan jinslar oqimlar tomonidan olib ketiladi.
  • Deflyatsiya-Shamolning mexanik ishi yordamida tog‘ jinslarining tashqi yuzasi yemirilishi


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling