Ii yorug’likning kombinatsion sochilishini spektrlar bo’yicha molekulyar analizi. Kombinatsion sochiluvchi yorug’likning spektroskopiya texnikasi. Spektral apparat. Umumiy tavsilot
Kombinatsion sochilishni uyg’otuvchi manbalar
Download 43.96 Kb.
|
optika tarjima
Kombinatsion sochilishni uyg’otuvchi manbalar.
Chiziqli spektr manbasi sifatida suyuqliklarni o’rganishda odatda yuqori bosimli simob lampalaridan foydalaniladi. Ularga PRK2, PRK5 va boshqa turdagi lampalar kiradi. Bu lampalarning asosiy afzalligi bu nurlanishning katta yorqinlikka egaligi. PRK lampasi ikkita elektrodli, katta bo’lmagan miqdordagi simob va argon bilan to’ldirilgan kvarts balonidan tashkil topgan. Lampalar ballast qarshilik, drossel yoki rheostat orqali o’zgaruvchan tokda ishlaydi. Xona temperaturasida lampa ichidagi simob bug’i bosimi kichikdir(~10-3mm.sim.ust.), shuning uchun hosil bo’lgan razryad balonning butun ichki kesimini egallaydi, tok zichligi kichik va lampa yorqinligi sezilmas bo’ladi. Bu yoqilishning boshlang’ich vaziyatida lampadagi kuchlanish 20-30v bo’ladi. Lampa spektri simobning ingichka chiziqlari, argonga yoki elektrod materialiga tegishli bo’lgan, kam bo’lmagan va begona chiziqlar bilan ko’rsatilgan; uzluksiz fon juda kuchsiz. Harorat asta sekin ko’tarilib boradi; simob bug’ining zicligi, lampadagi kuchlanish va uning yorqinligi ortib boradi, tok kuchi esa kamayib boradi. Razryad harakteri o’zgaradi- u lampa o’qiga yorqin shurga tortiiladi. Bunda tok zichligi ortib boradi, yorqinroq spektral chiziqlar esa sezilarli kengaya boradi. Yuqori bosimga xos bo’lgan sezilarli uzluksiz fon hosil bo’ladi. Argon va shu kabilarga tegishli bo’lgan begona chiziqlar deyarli yo’q bo’la boshlaydi. Aytib o’tish kerakki, simob lampalari sochilishni hosil qiluvchi manba sifatida to’liq qbul qilina olmaydi. Uzluksiz fonning sezilarli borligi PRK lampalarni analitik maqsadda ishlatishga xalaqit beradi. Kuchli fonda kuchsiz spektral chiziqlar yo’qoladi, kuchli chiziqlar intensivliklarini o’lchash aniqligi esa kamayadi. Shuning uchun, uyg’otuvchi chiziq intensivligi kattalashtirilishi kerak bo’lsada, lampaning tok kuchini oshirish orqali fonni proporsional bo’lmagan holda oshirib, olish mqasadga muvofiqdir. Aytib o’tilganidek, tok kuchi uyg’otuvchi chiziq kengligiga ham ta’sir qiladi, bu esa ingichka va keng sochilish chiziqlar maksimumlaridagi intensivliklar munosabatini o’zgartiradi; jadvalli ma’lumotga asoslangan miqdoriy analizda bunga yo’l qo’yilmaydi. Mos keluvchi fotofiltrlardan foydalanish sochilish spektridagi fonni kamaytirishga yordam beradi. Biroq lampaning o’zining fon intensivligini nisbiy susaytirish yaxshiroqdir. PRK lampalarida bunga erishish uchun uni sun’iy yo’l bilan pasaytirilgan rejimda, qizishiga yo’l qo’ymasdan ushlab turish kerak, misol uchun tokni 1-1,5 a dan ko’paytirmagan xolda, uni katta qarshilik (yaxshisi induktiv)orqali yoqish kerak. Lekin bu lampaning yorqinligini kamayishiga olib keladi, chunki bunday holda tok zichligi sezilarli kamayadi; natijada eksponirovanie vaqti ortib ketadi. Shuning uchun ko’rsatilgan usullar har doim ham analitik ishlar uchun qo’llanilmaydi. Yana shuni ta’kidlab o’tish kerakki, PRK lampalari katta ultrabinafsha nurlanish chiqaruvchi manba hisoblanadi, shuning uchun ular bilan ishlayotganda o’ta extiyotkorlik talab qilinadi. Bir so’z bilan aytganda past bosimli maxsus lampalardan foydalangan yaxshiroq. Bu lampalarning yorqinligi simob bug’ining zichligi kam bo’lgandagi razryad tokining ortishi hisobiga hosil bo’ladi. Bu lampalar quyidagilar bilan harakterlanadi. Ular shishadan yasalgan, unda suyuq (simobli) elektrodlar mavjud bo’lib, ba’zida yoqilishini osonlashtirish uchun biroz miqdordagi geliy bilan ham to’ldiriladi. Elektrodlarni oqava suv bilan sovutilishi simob bug’I zichligini boshqarishga yordam beradi. 134-rasmda past bosimli lampalarning bir necha ko’rinishi berilgan. Chiziqli lampa LP 15a gacha bo’lgan o’zgarmas tok bilan tarmoqda 120v kuchlanishda oziqlanadi. Simob bug’ining past bosimli bo’lgani uchun , PRK2 lampalariga qaraganda uyg’otuvchi chiziq λ=4358A bo’ladi, bu esa kombinatsion sochilishni o’rganishda juda muhimdir. Analitik ish bajarish tomonidan qaraydigan bo’lsak, bu lampalarning afzalligi sezilarsiz kichik fondir, u PRK2ning pasportli rejimiga qaraganda 100-200marta kichikdir. Bunday kichik fon analizni sezgirligi va aniqligini keskin oshirish imkonini beradi. LP lampadagi uyg’otuvchi chiiziq intensivligi PRK2 lampalariga qaraganda taxminan 3 marta kam, lekin bu kamchilik ko’pincha LP lampaning svetofiltrlarsiz(yorug’lik filtrlarisiz) yoki deyarli shaffof suyuqlikli svetofiltrlarsiz ishlay olishi bilan kompensiyatsiyalanadi. Yorug’lik oqimiga nisbatan munosabat bo’yicha olib qaraydigan bo’lsak, o’zi bilan birga bir necha silindrik spiral o’ramlaridan tashkil topgan past bosimli lampalar yanada yaxshiroqdir. Gazlarda yorug’likning kombinatsion sochilishini o’rganish uchun faqatgina past bosimli simob lampalaridan foydalaniladi. Simob lampalarining doimiy qizish rejimida ushlab turish uchun mos keluvchi quvvatga ega bo’lgan kuchlanish stabilizatorlaridan (ferrorezonansli yoki elektrli) foydalaniladi. 134-rasm. A-chiziqli lampa LP; b- spiral lampa L-III; v- gazzlarda kuzatish olib boriladigan lampa Download 43.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling