Ii yorug’likning kombinatsion sochilishini spektrlar bo’yicha molekulyar analizi. Kombinatsion sochiluvchi yorug’likning spektroskopiya texnikasi. Spektral apparat. Umumiy tavsilot


Spektrograf tirqishining yoritilish shartlari


Download 43.96 Kb.
bet8/13
Sana20.01.2023
Hajmi43.96 Kb.
#1103275
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
optika tarjima

Spektrograf tirqishining yoritilish shartlari.
Umumiy ko’rsatmalar. Hisob kitoblar shuni ko’rsatadiki, spektrograf tirqishining berilgan sochiluvchi idish o’lchamlarida hajmli manba bilan optimal yoritilish shartlari, kondensorli linza yordamida idishning old devori(yo’ki orqa devori) kollimator obyektivida, orqa devori(yoki old devori) esa spektrograf tirqishida tasvirlansagina bajariladi. Bu holatda tirqishning barcha nuqtalari kollimatorni to’ldirishda qatnashadi va spektrografga idish devorlaridan yorug’lik kelib tushmaydi. Bu holat uchu nurning yo’nalishi 137 rasmda keltirilgan.
Kondensorli linza(K)ning diametri a ga, sochiluvchi ustunning (2)- nuqtasidan (2-3)va(2-4), (1)nuqtasidan esa (1-3)va(1-4) chetki nurlar kelib tushadi. Bu nurlarning yo’nalishi idishning ichli diametri d dan kichik va kondensor diametri a dan kichik bo’lgan diafragma razmerlari bilan cheklangan. (1)va(2) nuqtalar idishning aynan devoriga joylashtirilmagan bo’lib, undan qandaydir masofada joylashgan. Kondensorli linzada singan (1-3)va (1-4) nurlar tirqishning chetki nuqtasi (1’)da kesishadi, huddi shuningdek, (2-3)va(2-4) nurlar ham boshqa chetki nuqtada(2’)da kesishadilar. Boshqa tomondan, (3)va(4) nuqtadan o’tgan nurlar kondensorda sinib, tirqishdan o’tib kollimator obyektivi(O)ning (3’)va(4’) chetki nuqtalarida kesishadilar. Idishning har qanday nuqtasidan chiquvchi har qanday nurlar(punktir bilan ko’rsatilgan), yo kondensorga tushishi kerakmas, yoki kondensorda sinib (1’-2’)ning ochiq qismiga tushmasligi kerak.

137-rasm. Spektrograf tirqishini hajmli yorug’lik manbasi bilan yoritish.


Hisoblashlar ko’rsatadiki, bu tuzilishdan ham ko’rinib turibdi, bunday optimal yustirovkada tirqishda tasvirlangan (kichiklashtirilgan holda) orqa yoritilgan ustun qismi(1-2) ning o’zi uning yoritilish balandligini aniqlab beradi. Oldi qismi (3-4) tirqishning har bir nuqtasidan yorug’lik bilan to’ldirilgan kollimator obyektida tasvirlangan(kattalashtirilgan holda).


Kam miqdorli moddalar bilan ishlanayotganda, spektrograf kollimatorini to’ldirish uchun shisha-suyuqlik chegarasida to’la ichki qaytishga erisha olgan sochilgan yorug’likdan foydalaniladi. Ammo bunday yoritish usuli har doim ham bo’lavermaydi, chunki unda, idish devorlarining nur sindirish ko’rsatkichi o’rganilayotgan suyuqlikning nur sindirish ko’rsatkichidan kichik bo’lishi kerak. Bu ko’pmartalab qaytish metodini spektrlarni fotoelektrik qayd qilishda ishlatgan ma’qul.

Download 43.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling