Ii yorug’likning kombinatsion sochilishini spektrlar bo’yicha molekulyar analizi. Kombinatsion sochiluvchi yorug’likning spektroskopiya texnikasi. Spektral apparat. Umumiy tavsilot


Kombinatsion sochilishdagi chiziq chastotalarini aniqlash


Download 43.96 Kb.
bet12/13
Sana20.01.2023
Hajmi43.96 Kb.
#1103275
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
optika tarjima

Kombinatsion sochilishdagi chiziq chastotalarini aniqlash.

Sochilish chizig’ining chastotasi odatda berilgan chastotasi ma’lum bo’lgan chiziqdan berilgan chiziqgacha bo’lgan oo’lchangan chiziqli masofa bo’yicha interpolyatsiya yo’li bilan aniqlanadi. Buning uchun chiziqlar orasidagi chiziqli masofaning ularning chastotasiga bog’liqligini, ya’ni spektrografning chiziqli dispersiyasini bilish kerak. Prizmali spektrografda chiziqli dispersiya juda qiyin bo’lib, uncha katta bo’lmagan spektr qismlari uchun qo’llaniladigan Gartman formulasi bilan keltirilishi mumkin:


(13.8)

Bu yerda, λ-o’lchanayotgan chiziqning to’lqin uzunligi, l-komporator bo’yicha unga mos keluvchi hisob, λ0 c va l0 -3ta aniq chiziqlar bo’yicha olinadigan 3ta o’zgarmaslar.


Biroq tayanchli bo’lgan chiziqlar bir biriga yetarli yaqin joylashganida , aytish mumkinki, chastotalar shkalasi bo’yicha chiziqlar orasidagi masofa chiziqli masofaga proporsional bo’ladi. Gartman formulasiga qaraganda chiziqli interpolyatsiya bo’yicha aniqlash ancha oson va tezroq bo’ladi.
Sochilish chiziqlarining chastotalarini temir spektri bo’yicha interpolyatsiya orqali aniqlash yanada ham tezroq va ishonchliroq hisoblanadi. Shuning uchun sifatli analiz uchun belgilangan har bir namuna spektri oldida temir spektrini ham olish tavsiya etiladi. Temir spektri tasvirda sochilish spektriga zich ravishda joylashgan bo’lishi kerak, lekin ikkala spektr ham kassetalarni aralashtirmasdan suratga olinadi. Bu maqsad uchun, spektrograf tirqishi oldida joylashgan diafragmaning qiyshiq yoki(zinasimon) kesimidan foydalaniladi. Diafragmani kesim bilan almashtirib turib, tirqishning u yoki bu qismini ochish mumkin bo’ladi. Qiyshiq kesim yoki unga analogli bo’lgan gartman diafragmasi bilan ishlaganda spektral chiziqlarni qiyshayishini hisobga olmaslik mumkin emas. Bu hodisa ayniqsa ko’p prizmali spektrograflarda juda sezilarlidir.
Temir yoyi spektridan solishtirish spektri sifatida foydalanilganda, sochilish chiziqlari joylashishini aniqlashdagi xatoliklar minimal darajada bo’lishiga harakat qilish kerak. Birinchi navbatta, albatta, temir spektri sochilish spektriga nisbatan arlashib ketishi kerak emas. Buning uchun yuqorida aytib o’tilganidek, spektrlar maxsus diafragmalar yordamida suratga olinadi, bundan tashqari huddi sochiluvchi idish o’qi kabi temir yoyi ham spektrografning optik o’qida joylashgan bo’lishi shart. Ikkinchidan, temir chiziqlarining joylashishini aniq o’lchash uchun ular aniq bo’lishi, kuchsiz bo’lmasliklari kerak. Bu kerakli darajadagi ingichka tirqish va yetarli ekspozitsiya yordamida hosil bo’ladi.
Chiziqlarning joylashishini o’lchash uchun komporator, o’lchovchi mikroskob va shu kabi asboblardan foydalaniladi.
Okulyar bilan spektrning kesishuvi aniq ko’rinishi kerak. Plastinka bilan vizirli mikroskopning nisbish siljitishlarida spektrning tiniqligi o’zgarmasligi kerak; bundan tashqari spektr kesishuv cho’qqisiga nisbatan tepaga yo’ki pastga ketib qolishi mumkin emas. Agar kesishmaning vertikal o’qi chiziq ustiga olib borilgan bo’lsa, u holda ko’zlarimizni okulyarga nisbatan o’nnga va chapga siljitganimizda o’q chiziqqa nisbatan siljimasligi kerak. Vertikal o’q sochilish va temir chiziqlarining bir biriga ustma ust tushib qoladigan chetki qismlariga olib borib qo’yiladi. Qarama qarshi chetki qismlar, o’qdan spektral chiziqlarning egrilanishi tufayli siljishi mumkin.
Komporator bilan ishlanganda, vizirli mikroskopning uncha katta bo’lmagan kattalashtirishidan(7-10martali) foydalanish tavsiya qilinadi, bunga sabab, plastinkaning urug’chanligi o’lchashlarga xalaqit bermasligi, va kuchsiz chiziqlar yo’qolib ketmasligi kerak. Vintni chiziq ustiga olob borilayotganda burashdagi lyuft hosila bo’lmasligi uchun barabanni faqatgina bir tomonga aylantirish ma’quldir. Okulyarning kesishmasini har bir chiziqga 2-3 marta olib borib va har safar natijani yozib olish tavsiya etiladi, undan ham ko’ra, talab etilgan spektrni butun qismini o’lchab olib, keyin barcha o’lchashlarni takrorlagan yaxshiroqdir.
Komporatorda ba’zi sochilish chiziqlari l joylashuvini natijalarini va chastotalar shkalasi bo’yicha uyg’otuvchi chiziqdan mos ravishda ∆ν i va ∆ν k ga kechikuvchi l ga eng yaqin joylashgan temir-reperlarini natijalari li va lk larni olgan holda, berilgan temir chiziqlari chastotalari farqi δik aniqlanadi. Shundan so’ng, berilgan kombinatsion sochilish chizig’ining chastotasi ∆ν quyidagi formula bilan hisoblanadi:
(13.9)

Sochilish chiziqlari joylashuvini o’lchash bilan bir vaqtda, intensivligi eng kuchli bo’lgan chiziqni 10 balli shkala bo’yicha eng yuqorisi deb belgilab, intensivliklarni visual shkala bo’yicha baholash tavsiya etiladi. Chiziq harakteristikalarini olish uchun, quyidagi belgilashlarni ham kiritsak yaxshi bo’ladi: sh-keng, r-aniq(tiniq), f- fonda joylashgan sezilarli yorqinlikka ega bo’lgan chiziq joylashuvi, dv-chiziq huddi ikkitadek tuyiladi, uning aloida komponentalarini o’lchash qiyin bo’lsa ham.


Ba’zida shunday hollar bo’lishi mumkinki, temir spektrini qo’llashning ilojisi bo’lmaydi. U holda chiziq chastotalarini interpolyatsion Gartman formulasi bo’yicha aniqlash mumkin bo’ladi.
Kitobning ohirida, ilovalarda ISP51 spektrografi yordamida suratga olingan temir moddasining spektrining, reper-chiziqlari bilan birgalikdagi fotografiyasi joylashtirilgan; undan tashqari, I jadvalda bu chiziqlarning chastotalari ko’rsatilgan.oxirgi ikkita ustunda uyg’otuvchi simob chiziqlari 4358A va 4047A dan olingan ∆νi ning ko’rsatkichlari berilgan. U yerning o’zida simob spektrining surati va simob spektrining baz’I chiziqlari uchun to’lqin uzunligi va chastotalari keltirilgan II jadval ham mavjud.

Download 43.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling