Ii yorug’likning kombinatsion sochilishini spektrlar bo’yicha molekulyar analizi. Kombinatsion sochiluvchi yorug’likning spektroskopiya texnikasi. Spektral apparat. Umumiy tavsilot


Kombinatsion sochilishdagi chiziqlarni o’lchashning asosiy parametrlari haqidagi umumiy ma’lumotlar


Download 43.96 Kb.
bet11/13
Sana20.01.2023
Hajmi43.96 Kb.
#1103275
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
optika tarjima

Kombinatsion sochilishdagi chiziqlarni o’lchashning asosiy parametrlari haqidagi umumiy ma’lumotlar.
Huddi miqdoriy kabi sifatli analizda asosiy kerakli narsalardan biri bu individual birlashgan spektrlar haqida bilimga ega bo’lishdir. Sifat bo’yicha spektral analizda spektr chiziqlarining aniq chastotasi va ularning nisbiy intensivliklarining taxminiy ma’lumotlari kerak bo’ladi. Bu alomatlarni, umuman olganda sochilgan yorug’lik molekulalaridan identifikatsiyalanadi.
Miqdoriy analizda, toza modda spektridagi chiziqni intensivligini bilgan holda, uni aralashmadagi intensivligini o’lchab, bu chiziq tegishli bo’lgan aralashma tarkibidagi komponentasini topish mumkin. Miqdoriy analizda ham ba’zi chiziqlarni u yoki boshqa bir moddaga tegishli ekenligida shubha uyg’ongan vaqtda, chiziqlar intensivligi muhim analitik ahamiyatga ega bo’ladi.
Spektrlar bo’yicha yorug’likni kombinatsion sochilishidagi molekuyar analiz, atomlarni urib chiqarishni o’rganishga asoslangan emission spektral analizga analoglidir. Umuman olganda u osonroq ham deyish mukin, chunki emission spektral analiz olib borilayotganda asosiy qiyinchiliklardan birini keltirib chiqaruvchi spektral chiziq intensivliklariga uyg’onish shartlarining ta’sirini keltirib chiqaruvchi murakkab savol bu yerda tug’ilmaydi, yoki kombinatsion sochilishdagi chiziq inensivliklari sochiluvchi molekulalar bilan birinchi o’rinda aniqlanadi. Chiziq intensivligiga svetotexnik va geometrik o’rnatish parametrlari tas’ir qilishi xaqiqat. Ammo, tajriba shartlari shunday tanlab olinishi va standartlashtirilishi mumkinki , bu ta’sirlarn hisobga olinmasin. Huddi shunday, spektral chiziq intensivliklarining kombinatsion sochilishdagi spketr konsentratsiyasiga bog’liqligi ham urib chiqarilishdagi spektrlarnikidan osonroqdir; sezilarli molekulalararo o’zaro ta’srining yo’qligi tufayli, aralashmadagi har bir komponenta kombinatsion sochilish chizig’ining intensivligi I uning konsntratsiyasi C ga proporsional bo’ladi. I=I100C, bunda I100- (yuz foiz)toza moddaning intensivligi. Kombinatsion sochilish spektrlari bo’yicha anlizdagi qiyinchiliklar orqa fon bilan ko’pincha aralashib ketadigan kuchsiz intensivliklar bilan bog’liqdir. Bu esa emission analizga nisbatan olib qaraydigan bo’lsak, bu metodning sezgirligi va aniqligini sezilarli kamaytiradi. Asosiy qiyinchilik ham aynan shu bir necha turdagi birlashishlarni analizida hosil bo’ladi. Bu ko’p xilmaxillik, sintez qilishning va individual moddalarni tozalashning qiyin va qimmatliligi, solishtirish maqsadida yoki kolibrovka aralashmasi sifatida individual moddalardan foydalaniladigan bu analiz metodini juda noqulaylashtiradi.(kelajagini yo’qotadi). Analiz qilinayotgan arlashmada uchraydigan ko’pchilik individual moddalarning katta qismi, faqatgina juda katta laboratoriyalarga, bundan tashqari juda oz miqdorda beriladi; bu moddalarning ba’zilari umuman noyob hisoblanadi. Shuning uchun, shu kabi qimmatbaxo va noyob individual moddalar yordamida olingan jadval ma’lumotlaridan foydalangan holda analiz metodlarini qayta ishlab chiqich eng dolzarb masaladir.
Shu bilan birga kombinatsion sochilish spektrlari xarakteristikalarini to’la va aniq olinishi talab qilinadi. Kombinatsion sochilish chiziqlarini parametrlarini ko’rib chiqamiz. Bu bilimlar jadval ma’lumotlaridan analitik maqsadda to’g’ri foydalanish uchun kerakdir.
Ko’pchilik hollarda, kombinatsion sochilish spektrlarini o’rganilayotganda, birgina kombinatsion sochilish chizig’ining chastota parametrini aniqlash bilan chegaralanib qolishadi. Chastotaning o’lchanishi nisbatan qiyinmas bo’lib, ba’zi paytlarda aniq va ishonchli natijalar beradi. Qiyinroq masalani tug’diruvchi o’lchashlardan biri bu miqdoriy molekulyar analiz uchun kerak bo’ladigan bilimni beruvchi intensivlikni o’lchashdir. Yorug’lining kombinatsion sochilishi bo’yicha olib borilgan ko’pchilik ishlarda, intensivliklar umuman o’lchanmagan, faqatgina shartli shkala bo’yicha baholanib qo’yilgan. Lekin, xattoki intensivliklar o’lchanadigan hollarda ham olingan natijalarning ishonchlilik darajasi shubha ostida bo’ladi. Bu kombinatsion sochilishdagi chiziq intensivligiga tajriba shartlari bo’yicha aniqlanadiga bir qancha faktorlarning ta’sir qilishi bilan bog’liqdir. Faqatgina shu barcha faktorlarni hisobga olgan holda, olinayotgan intensivlik miqdorlari aniq bir harakterga age bo’ladi va turli chiziqlarning intensivliklari munosabati tog’ri keltirib chiqarilishi mumkin. Spektrlarni fotografik qayd qilishda kombinatsion sochilishdagi chiziq intensivliklarini o’lchash , fotografik fotometriya metodini intensivlik markalaridan foydalangan holda qo’llanilishini talab qiladi. Shuning o’zida, kombinatsion sochilish chiziqlari joylashgan orqa fon ham hisobga olinishi kerak. Fon o’rganilayotgan namuna tozaligi va tajriba sharoitiga bog’liq xolda juda o’zgaradi. O’lchashlarning har qanday shartlarida fonninf yaxshilab hisobga olinishi natijalarning aniqroq bo’lishiga ta’sir ko’rsatadi. Spektrlarni fotoelektrik qayd qilishda ham analogik qiyinchiliklar tug’iladi, shuni hisobga olish kerakki, bu holda fon fluktuatsiyasini hisobga olmaslik yo’ki yo’q qilish fotoplastinkaning shaxsiy fonini yo’q qilishga qaraganda ancha qiyinroq masalaga aylanadi. Oxir oqibatda, intensivliklarni o’lchash shartlari, o’rganilayotgan kombinatsion sochilish chiziqlarini turli depolyarizatsiya darajalari natijasida hosil bo’lishi mumkin bo’lgan xatolarni hisobga olmaslikni ta’minlab berishi kerak.


Download 43.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling