Ii yorug’likning kombinatsion sochilishini spektrlar bo’yicha molekulyar analizi. Kombinatsion sochiluvchi yorug’likning spektroskopiya texnikasi. Spektral apparat. Umumiy tavsilot


Yagona nurli fotoelektrik asboblar


Download 43.96 Kb.
bet2/13
Sana20.01.2023
Hajmi43.96 Kb.
#1103275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
optika tarjima

Yagona nurli fotoelektrik asboblar. Bunday asboblarda sochilgan yorug’lik monoxromator orqali o’tib fotoko’pyatirgichga tushadi. Fotoko’paytirgichdan qabul qilinuvchi elektr signali uning fotokatodiga tushadigan yorug’lik oqimia chiziqli bog’langan. Keyin esa, elektr signali kuchayib borib, yoki yorug’lik quyonchasi yordamida foto qog’ozga, yoki siyoh yordamida qog’ozli lentaga(o’zi yozar EPP09da) yozib olinadi. Bunday xolatda yozib olingan elektr signali bizga bevosita spektral chiziq intensivliklarini beradi. Bunday asboblar uchun huddi o’zgarmas tokniki bo’lgani kabi o’zgaruvchan tok kuchaytirgichlari ham tayyorlanadi. Bunday qayd qiluvchi tizimli spektrometrlardan DFS 4, DFS 12 larni aytib o’ishimiz mumkin. Bundan tashqari ISP51 kabi asboblar uchun fotoelektrik moslamalar ham mavjud.
DFS4 spektrometri spektrning fotoelektrik qaydini ishlab chiqaradi. Asbob spektrograf sifatida ham ishlashi mumkin. Uning asosiy harakteristikalari quyidagilar: tekis difraksion panjara, o’lchami 150X140mm; ikkinchi tartib uchun ajratish kuchi 180000; ikkinchi tartibdagi chiziqli dispersiyasi 6,7A/mm; ta’sir etuvchi nisbiy tirqishi 1:7,3.
131-rasmda DFS4 ning optik sxemasi hamda asbobning umumiy ko’rinishi keltirilgan. Kiruvchi tirqish(1)dan kirgan yorug’lik kiruvchi kollimatorning ko’zguli obyektiv(2)i yordamida tekis difraksion panjara (3) ga yuboriladi, difraksion panjarada spektr hosil bo’lib, u chiquvchi tirqish(5) tekisligidagi chiquvchi kollimatorning ko’zguli obyektivi(4)da fokuslanadi . Abberatsiyani kompensiyatsiyalash uchun afokal linza(8) xizmat qiladi. (9) linza va silindrik linza (10) yordamida yorug’lik dastasi fotoko’paytirgich(11) katodida proyeksiyalanadi(abob spektrometr sifatida ishlaydi). Turli tartibdagi spektrlarni ustma ust tushishini yo’qotish uchun rangli filtrlar (12,13) lar bor. Asbob ichida yorug’likni sochilishini kamaytirish uchun diafragmalar (14va15) joylashtirilgan. Burilgan ko’zgu(6) o’chiq bo’lganda, spektr tasviri fotoplastinka(7) tekisligida hosil bo’ladi.(asbob spektrograf sifatida ishlaydi).

131-rasm a) DFS4 asbobining optik sxemasi. B)DFS4 asbobining umuiy ko’rinishi

DFS12 asbobi ikkilamchi monoxramator prinsipi asosida qurilgan. Disperlovchi element sifatida ikkita bir xil , umuiy markazga nisbatan o’zgarmas burchak tezlik bilan aylanuvchi difraksion panjaralarda foydalaniladi. Sxema shunday tuzilganki, bunda markaziy nur ikkala panjaraga ham bir xil burchak ostida kelib tushadi. Asbobdan chiqayotgan nurni ikkilamchilashtirish natijasida nur katta darajadagi monoxromatik nurga aylanadi, hamda ikkilamchi asbob dispersiyasi hosil bo’ladi.
Bu asbobning spektrini yuqori darajada tozaligi, kuchli sochiluvchi obyektlar- kukunlar, mayda kristall moddalar va boshqalarni o’rganish uchun qo’llashda yordam beradi. Agarda monoxromatorga qo’yilayotgana asosiy talab yorug’lik kuchi bo’lsa, u holda DFS12 asbob sxemasining faqat yarmigina ishlatilishi mumkin. Bunday hollarda u oddiy monoxramator sifatida ishlaydi.

132-rasm. A) DFS12 qurilmasining optik sxemasi. B) DFS12 qurilmaning umumiy ko’rinishi.


DFS12 ning asosiy harakteristikalari quyidagilar: parabolik ko’zguli obyektivlar fokuslari orasidagi masofa 800mm; kollimatorlar orasidagi nisbiy teshik 1:5,3; chiquvchi tirqish chiziqli dispersiyasi 5,5A/mm. DFS12 ning optik sxemasi hamda umumiy ko’rinishi 132-rasmda keltirilgan. Kiruvchi tirqish(1) parabolic ko’zguning fokal tekisligida joylashtirilgan, unga yorug’likni yassi ko’zgu(2) yordamida tirqishdan yuboriladi. Obyektiv(3) parallel nurlar dastasini difraksion panjara(4)ga yuboradi. Disperlovchi yorug’lik dastasi o’rta tirqish(6) joylashgan fokal tekisligida obyektiv (5) yordamida yig’iladi. Buriluvchi ko’zgu(7) yoqilganda yorug’lik o’rta chiqish tirqishi(8)da yig’iladi. Bunday holatda qurilma oddiy monoxramator kabi ishlaydi. Qurilmani ikkilamchi monoxromator sifatida ishlatilganda, o’rta tirqishdan o’tgan yorug’lik ko’zguli obyektiv(9) orqali difraksion panjara(10) ga, so’ngra obyektiv(11)da ikkilamchi difraksiyalanib, buriluvchi ko’zgu(12) yordamida chiquvchi tirqish (13)ga yuboriladi. Proyektirlovchi tizim(14) yorug’lik oqimini fotoko’paytirgich(15) katodiga yuboradi.
Yagona nurli spektrometrlarni ba’zi kamchiliklari ustida to’xtab o’tish zarur. Avvalambor, fotoelektrik qayd qilishda fotogrofik qayd qilishga qaraganda ancha yuqori yorug’lik manbasining stabilligi talab qilinadi. Bu orada aytish kerakki, oddiy yorug’lik manbasi sifatida ishlatilayotgan simob lampalari yetarli stabillikka ega emas; fotoko’paytirgich ozuqlanadigan kuchlanishni stabillash va kuchaytiruvchi tizimlarga bo’lgan talablar juda yuqori. Shuning uchun molekulalarning miqdoriy analiz qilinayotganda intensivlik etalonini olish kerak, u: 1) asbobning doimiy ishlashini va yorug’lik manbasini stabilligini nazorat qilishda; 2) turli spektrlarning intensivliklarini solishtirish imkoniyatiga ega bo’lishda kerak bo’ladi; bu operatsiyalar analiz uchun ketadigan vaqtni kattalashtiradi. Yuqorida ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish masalasi juda dolzarbdir, chunki bir qator texnik muammolar qurilmaning yuqori stabillik sharti bajarilishi bilan yechilishi mumkin. Qurilmaning yuqori stabilligini ta’minlansa, ishlab chiqarish oqimi ustida katta nazoratga ega bo’lishimiz mumkin. Ikkilamchi nurli tizimlar sanab o’tilgan kamchiliklardan xolidir.



Download 43.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling