Ijara ijara hisobi reja


Download 188.56 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi188.56 Kb.
#1593643
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14. Ijara

Ijara hisobi:


Ta’rif va atamalar
Ijaraning boshlanishi
Ijara muddatining boshlanishi
Ijara muddati
Minimal ijara to’lovlari
Dastlaki bevosita xarajatlar
Ijaraning boshlanishi – quyidagi ikkita sanadan eng ertaroq bo‘lgan sana: ijara kelishuvi tuzilgan sana bilan ijaraning asosiy shartlari yuzasidan tomonlar majburiyatlarni olgan sana. Ushbu sanadan boshlab: (a) ijara operativ yoki moliyaviy ijara sifatida tasniflanadi; va (b) moliyaviy ijara holida, ijara muddatining boshlanishida tan olinadigan summalar aniqlanadi.
Ijara muddati – ijarachi aktivni ijaraga olishga kelishilgan, muddatidan oldin bekor qilinmaydigan davr bilan ijarachi aktivning ijarasini qo‘shimcha to‘lovni amalga oshirib yoki oshirmasdan davom qilish huquqiga ega bo‘lgan va ijaraning boshlanishida ijarachi ushbu huquqdan foydalanishi yetarli darajada aniq bo‘lgan har qanday qo‘shimcha muddat.
Minimal ijara to‘lovlari – ijara muddati davomida ijarachi tomonidan to‘lanadigan yoki to‘lanishi talab etilishi mumkin bo‘lgan to‘lovlar bilan quyidagi summalar, bundan shartli ijara hamda ijaraga beruvchiga to‘lanadigan yoki qoplanadigan xizmatlar haqi va soliqlar mustasno.
Ijara muddatining boshlanishi – ijarachi ijaraga olingan aktivdan foydalanish huquqini amalga oshirib boshlashi mumkin bo‘lgan sana. Bu ijarani dastlabki tan olish (ya’ni ijara natijasida paydo bo‘ladigan tegishli aktivlar, majburiyatlar, daromad yoki xarajatlarni tan olish) sanasi.
((a) ijarachi uchun – ijarachi yoki u bilan bog‘liq shaxs tomonidan kafolatlangan har qanday summalar; yoki (b) ijaraga beruvchi uchun – quyidagilar tomonidan ijaraga beruvchiga kafolatlangan har qanday qoldiq qiymati summasi: (i) ijarachi; (ii) ijarachi bilan bog‘liq tomon; yoki (iii) ijaraga beruvchiga bog‘liq bo‘lmagan va kafolat bo‘yicha majburiyatlarni moliyaviy jihatdan bajara oladigan uchinchi tomon.
Biroq, agar ijarachi tegishli aktivni uning haqqoniy qiymatidan shu qadar past narxda sotib olish huquqiga ega bo‘lsaki, buning natijasida ushbu huquqning amalga oshirilishi yetarlicha aniq deb ijaraning boshlanishida hisoblash mumkin bo‘lsa, minimal ijara to‘lovlari ijara muddati davomida ushbu sotib olish huquqini amalga oshirilishi kutilayotgan sanagacha to‘lanadigan minimal to‘lovlarni hamda ushbu huquqni amalga oshirish uchun talab qilinadigan to‘lovni o‘z ichiga oladi.
Haqqoniy qiymat - bu yaxshi xabardor bo‘lgan va bunday operatsiyani amalga oshirishni xohlovchi mustaqil tomonlar o‘rtasida umumiy shartlar asosida bitimni amalga oshirishdagi aktivni almashtirish yoki majburiyatni to‘lash mumkin bo‘lgan summa.
Iqtisodiy foydalanish muddati – bu quyidagilardan birisi: (a) bir yoki undan ortiq foydalanuvchilar tomonidan aktivdan iqtisodiy maqsadlarda foydalanish kutilayotgan davr; yoki (b) bir yoki undan ortiq foydalanuvchilar tomonidan aktivdan olinishi kutilayotgan ishlab chiqarish yoki shunga o‘xshash birliklarining soni.

Download 188.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling