Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi mamadjanova maxliyo xursanbekovna


II bob. O‘zbek xalq ertaklarining ijtimoiy hayotda tutgan o’rni


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/22
Sana03.11.2021
Hajmi0.54 Mb.
#170252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
ozbek xalq ertaklari va ularda millat ijtimoiy-maishiy turmush tarzining yoritilishi

II bob. O‘zbek xalq ertaklarining ijtimoiy hayotda tutgan o’rni. 

2.1. Ertak – nodir hayolotning so’ngsiz osmoni.........................................41-50 

2.2. Ertaklarda maishiy turmush masalalarining yoritilishi........................50-58 

2.3. Ertaklarning bola tarbiyasidagi o’rni va roli.......................................58-69 

Xulosa.........................................................................................................70-72 

Foydalanilgan adabiyotlar..........................................................................73-75 

 

 

 



 

 

 



 

 



 



Kirish 

Vatanimiz  mustaqillikka  erishgach,  milliy  qadriyatlarimizga  bo‘lgan  e'tibor 

kuchaydi.  Mustaqillikka  erishganidan  so’ng  O’zbekiston  o’tgan  yillar  ichida 

mashaqqatli va sharafli yo’lni bosib o’tdi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. 

Karimov  ozodlikka  erishgan  dastlabki  kunlarimizda  “O’z  istiqlol  va  taraqqiyot 

yo’limiz  –  bu  gul  bilan  qoplangan  yo’l  emas,  bu  totalitarizm  merosidan  xalos 

bo’lish  va  poklanish,  mafkuraviylik  illati  yetkazgan  ziyon-zahmatlarni  bartaraf 

etishning  qiyin,  uzoq  davom  etadigan  yo’lidir”,  deb  aytgan  so’zlari  zamirida 

qanchalik chuqur hayotiy ma’no borligini yana bir bor anglaymiz

1

. Mamlakatimiz 



mustaqillikka  erishganidan  so’ng  xalqimizning  sobiq  mustabid  tuzum  davrida 

toptalgan  haq-huquqlari,  milliy  an’ana,  urf-odat  va  qadriyatlarimiz,  o’zlikni 

anglash, adolat ustivorligi asosida yashah hayotimiz mezoniga aylandi

2

.         



Mustaqillik tufayli o`zbek xalqining ko`p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va 

ma`naviy merosini o`rganish, undan xalqning bebaho mulki sifatida foydalanishga 

keng yo`l ochildi. Ma`naviy boyliklar, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaqo 

xazinasi va taraqqiyot manbai hisoblanadi.    

O‘zbek  xalq  og‘zaki  ijodi  ham  ma'naviy  boyligimiz  hisoblanadi.  Folklor 

asarlari  ma'lum  ma'noda  xalq  badiiy  dahosining  izchil  tarixiy-tadrijiy  rivojini 

o‘zida  mujassam  etgan  ma'naviy  qadriyat  namunasi  hisoblanadi.  Xalqimizning 

turmush  tarzi,  betakror  milliy  an'analari,  urf-odatlari,  tabiat  va  jamiyatga  bo‘lgan 

munosabati folklor asarlarida o‘z aksini topgan. Shuning uchun ham xalq og‘zaki 

ijodini  o‘rganish  orqali  ajdodlarimizning  dunyoqarashi,  maishiy  hayoti  va 

an'analari  bilan  bog‘liq  ko‘pgina  ma'lumotlarni  bilib  olishimiz  mumkin.  Zero, 

haqiqat  va  real  hayotiy  voqelik  folklor  asarlarining  yuzaga  kelishi  uchun  asos 

bo‘lgan birlamchi zamin hisoblanadi. Ma'naviy meros xalqning moddiy boyliklari 

bilan    bir  qatorda  turuvchi  milliy  qadriyatlardan  biridir.  Ana  shu  milliy 

qadriyatlarimizning tarkibiy qismlaridan biri – xalqning ma'naviy boyligi – bu xalq 

                                                 

1

 Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Toshkent: O’zbekiston, 2011. – B. 27. 



2

  Амалга  ошираётган  ислоҳотларимизни  янада  чуқурлаштириш  ва  фуқаролик  жамияти  қуриш  –  ёруғ 

келажагимизнинг  асосий омилидир  //  Президент  Ислом  Каримовнинг  Ўзбекистон  Республикаси 

Конституцияси  қабул  қилинганининг  21  йиллигига  бағишланган  тантанали  маросимдаги  маърузасини 

ўрганиш бўйича ўқув-услубий қўлланма.. – Т.: Ўқитувчи, 2014. – Б. 7. 



 

og‘zaki  ijodi  namunalari  hisoblanadi.  Xalq  og‘zaki  ijodining  esa  xalqning, 



millatning  jajji vakillari bo‘lmish bolalarning beg‘ubor dunyosini  aks ettiruvchi, 

beg‘ubor qalbining tarjimoni hisoblanuvchi bir bo‘lagi ertakdir. 

Yurtimiz kelajagi bo‘lmish bolalarning ma'naviy jihatdan yetuk, komil inson 

darajasida  tarbiyalanishlarida,  yuqorida  ta'kidlaganimizdek,  milliy  mafkuramiz 

g‘oyalarini  anglagan  holda  o‘sishlarida  xalq  og‘zaki  ijodi  namunalarining  ham 

ahamiyati katta. Shunday ekan, kichkintoylar og‘zaki ijodini to‘plash, tadqiq etish 

va  uni  yana  o‘zlariga  taqdim  etish  bu  kunning,  qolaversa,  o‘zbek 

folklorshunosligining oldida turgan muhim vazifalardan biridir. 

O’zbekistonda  yosh  avlodni  har  tomonlama  sog‘lom  va  barkamol  ruhda 

tarbiyalash maqsadida qator islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu maqsadda 

“O‘zbekiston  Respublikasida  yoshlarga  oid  davlat  siyosatining  asoslari 

to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonuni  va  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  2014  yil  6  fevraldagi  PQ-2124-sonli  “O‘zbekiston  Respublikasida 

yoshlarga  oid  davlat  siyosatini  amalga  oshirishga  qaratilgan  qo‘shimcha  chora-

tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi

3

.  



Bolalar hali go‘dakligi davrida ona allasidan orom oladi, nafaqat orom oladi, 

balki  Prezidentimiz  ta'kidlaganlaridek,  «…uning  vositasida  bolaning  ko‘ngil 

dunyosiga  milliy  ruh  kiradi.  Ona  tilidagi  mehr-muhabbat,  nasliy  tuyg‘ular  va 

orzular  go‘dakning  jismu  tanida  ildiz  qoldiradi»

4

.  Xalq  ertaklari  esa  ilk  ijtimoiy 



hayot  haqida  saboq  beradi,  qo‘rqmas  va  jasur  bo‘lib  o‘sishida  ahamiyatlidir. 

Ertaklar bolalarni estetik jihatdan tarbiyalaydi, didini o‘stiradi, nafosatga undaydi. 

Ushbu  bitiruv  malakaviy  ishida  ertaklarning  folklor  asari  sifatidagi  o‘ziga  xos 

xususiyatlarin,  hayotiy  voqelikning  o‘zbek  xalq  ertaklarida  aks  ettirilishi, 

ertaklarning  yuzaga  kelishi,  manbalari  va  rivojlanish  bosqichlari,  hayotiy 

obrazlarning o‘zbek xalq ertaklaridagi talqini, ertaklarning jamiyatda komil insonni 

tarbiyalashdagi  o‘rnini  masalalariga  alohida  to’xtalingan.  Mazkur  fikrlar  bitiruv 

malakaviy ish mavzusining g‘oyat dolzarbligidan dalolat beradi. 

                                                 

3

  Ўзбекистон  Республикаси  Президентининг  2014  йил  6  февралдаги  ПҚ-2124-сонли  “Ўзбекистон 



Республикасида  ёшларга  оид  давлат  сиёсатини  амалга  оширишга  қаратилган  қўшимча  чора-тадбирлар 

тўғрисида”ги Қарори  // Туркистон. 2014. 8 февраль. 

11

 Каримов И. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. 7-жилд. –Т.: Ўзбекистон, 1999. –Б. 114. 




 




Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling