Ijtimoiy ne`matlar va umumiy resurslar. Mahsulotlarning turli XIL turlari Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) tovarlar


Download 80.9 Kb.
bet5/5
Sana15.02.2023
Hajmi80.9 Kb.
#1202649
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ijtimoiy ne`matlar va umumiy resurslar. Reja

Ayrim muhim umumiy resurslar
Umumiy resurslardan foydalanishning ko‘pgina misollari mavjud. Deyarli barcha holatlarda umummilliy resurslar fojeasidagi kabi muammo yuzaga keladi. Alohida shaxslar umumiy resurslardan haddan ziyod ko‘p foydalanishadi. Davlat, aksariyat hollarda, haddan ziyod ko‘p foydalanish muammosini yengillashtirish maqsadida ularning xulq-atvorlarini tartibga soladi yoki turli yig`imlar joriy etadi.
Toza havo va suv. Biz 10-bobda ta’kidlab o‘tganimizdek, bozorlar atrof-muhitni oqilona himoya qilishmaydi. Qat’iy tartibga solish choralari yoki atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun soliqlar bilan bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan ifloslanish salbiy tashqi ta’sir hisoblanadi. Bozorning ushbu salbiy jihatini jamiyatning umumiy muammosi sifatida ko‘rish mumkin. Toza havo va toza suv huddi ochiq hosildor yerlar, atrof-muhitning haddan ziyod ifloslanishi esa huddi chorvaning haddan ziyod ortib ketishi kabi umumiy resurslardir. Atrof-muhitning haddan ziyod ifloslanishi umummilliy resurslar fojeasining zamonaviy ko‘rinishidir.

Blumberg rejasi

Ko`pchilik iqtisodchilar yo`l harakatini tartibga solish mexanizmi sifatida yo`l narxini yoqlab chiqishdi. Yaqinda ular Nyu York Shahar merini bunga ko`ndirishdi.


Tirband avtomobil yo‘llari. Yo‘llar yoki ommaviy mahsulot yoki umumiy resurs bo‘lishi mumkin. Agar yo‘llar tirband bo‘lmasa, u holda bir kishining undan foydalanishi boshqa bir kishining foydalanishiga halaqit qilmaydi. Bu holatda mahsulot iste’molda cheklanganlik xususiyatiga ega bo‘lmaydi va yo‘l ommaviy mahsulot bo‘lib qoladi. Shu bilan birga, agar yo‘llar tirband bo‘lsa, u holda bu yo‘ldan foydalanish salbiy tashqi ta’sirni beradi. Agar biror kishi ushbu yo‘ldan yursa, yo‘l yana ham tor bo‘lib, boshqa kishilarni sekinroq yurishga majbur etadi. Bu holatda yo‘l umumiy resurs hisoblanadi.
Davlat tomonidan yo‘llarda avtomobillar tirbandligi muammosini bartaraf etish yo‘llaridan biri bu haydovchilarga shaharlararo transport qatnovlariga soliq solish. Shaharlararo transport qatnovlariga soliq solish o‘z mohiyatiga ko‘ra, tirbandlikni tartibga soluvchi soliqdir. Ba’zida, xuddi mahalliy yo‘llarda bo‘lgani kabi, qatnovlar uchun soliq solish amaliy yechim bo‘lmay qoladi, sababi soliq summasi juda yuqoridir. Biroq, London shahri to‘lov hajmini oshirish usulini tirbandlikni bartaraf etishdgi eng muhim usul deb topdi. Yangiliklarda ma’lum qilinishicha, bu usul Nyu-York shahri uchun ham ko‘rib chiqilmoqda.
Gohida tirbandlik kunning ma’lum bir qismidagina muammo bo‘lib qoladi. Agar ko‘prikda yuk avtomobili tig`iz-paytda o‘tayotgan bo‘lsa, tirbandlik muammosi faqatgina mana shu soatdagina yuzaga keladi. Ushbu masalaning samarali yechimi shuki – tig`iz paytda yurganlik uchun to‘lovni yana ham oshirish zarur. Bu narsa haydovchilarni o‘zlarining harakatlanish grafiklarini o‘zgartirib, tig`iz paytda yurmasliklari uchun o‘ziga hos stimul bo‘ladi.
O‘tgan bobda muhokama qilingan tirbandlik muammosiga qarshi kurashuvchi usullardan yana biri - bu benzin uchun soliq. Benzin, ma’lumki avtomobilda harakatlanish uchun samarali yoqilg`i hisoblanadi: benzin narxini oshirish, odatda harakat hajmini kamaytirishni talab etadi. Shunday qilib, benzin uchun soliq yo‘llarning tirbandlik darajasini kamaytiradi. Shu bilan birga, benzin uchun soliq mutloq yechim emas, sababi bu yo‘llarda harakatlar hajmidan tashqari boshqa masalalarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, benzin uchun soliq tirbandlik qayd etilmagan yo‘llarda ham harakatlar sonini kamaytirib yuboradi.
Baliq, kit va boshqa yovvoyi jonivorlar. Ba’zi bir tur jonivorlar umumiy resurs hisoblanadi. Masalan baliq va kit tijorat qiymatiga ega va har qanday kishi okeanga borib, u yerda mavjud bo‘lgan hamma narsani tutib olishi mumkin. Har kishi jonivorlar turlarini keyingi yilga ham saqlab qo‘yishga kam rag`bat his qilishadi. Xuddi chorva yetishtirishning haddan ziyod ko‘p soni Umumiy Maydonni barbod qilganidek, haddan ziyod ko‘p baliq va kit ovlanishi dengiz jonivorlari ko‘payishining tijorat maqsadlariga putur yetkazishi mumkin.
Okean eng kam tartibga solinuvchi umumiy resurs bo‘lib qolmoqda. Ikki muammo oddiy yechimga ega. Birinchidan, okeanga ko‘pgina davlatlar chiqish yo‘llariga ega, shuning uchun har qanday yechim turli xil ma’no kasb etadigan xalqaro darajadagi hamkorlikni talab etadi. Ikkinchidan, okeanlar shu darajada yirikki, har qanday kelishuvni to‘la qonli amalga oshirish juda qiyin. Natijada, baliq ovlash hatto odatda do‘st mamlakatlar orasida ham o‘ziga xos nizolarga sabab bo‘lib qoladi.
AQShda baliq va boshqa yovvoyi jonivorlarni himoya qilishga qaratilgan turli xil qonunlar mavjud. Masalan, baliq tutish va ovchilik bilan shug`ullanish huquqini beruvchi litsenziya davlat harajatlari baliqchilik va ovchilik muddatining kamayishiga sabab bo‘ladi. Baliqchilardan ko‘p holatlarda kichik baliqlarni tashlab yuborishni va ovchilardan faqat alohida jonivorlarni o‘ldirishni talab qilishadi. Barcha bu kabi qonunlar umumiy resurslardan foydalanishni bekor qiladi va jonivorlarning ko‘payishiga xizmat qiladi.
Keys stadi. Nega sigirlar qirilib ketmadi?
Butun dunyo tarixida ko‘pgina jonivorlar turlari qirilib ketish havfi ostida bo‘lishgan. Evropaliklar ilk marta Shimoliy Amerikaga qadam qo‘yishganida, 60 milliondan ortiq bizon (qo‘tos) lar qit’adan ko‘chib ketishga majbur bo‘lishgan. Undan tashqari, qo‘toslarni ovlash XIX asrda shu darajada mashhur bo‘lganki, 1900-yillarga kelib, ya’ni davlatlar ularni himoya qilishga kirishishlaridan oldin jonivorlar soni 400 tagacha qisqarib ketgan.
Ba’zi bir Afrika mamlakatlarida fillar xuddi shu kabi muammoga duch kelmoqda, brakonerlar jonivorlarni ularning suyaklari va tishlari uchun o‘ldirishmoqda.
Shu bilan birga, barcha jonivorlar ham bu muammoga duch kelishganlari yo‘q. Masalan, sigirlar qimmatli oziq-ovqat manbai hisoblanishadi, lekin hech kim sigirlarni yaqin orada qirilib ketadi deb hisoblamaydi. Amalda, mol go‘shtiga bo‘lgan katta talab ushbu jonivor turining saqlanib qolishiga o‘ziga xos kafolat.
Nega fil suyagiga bo‘lgan katta ehtiyoj fillarning qirilib ketishi uchun xavf bo‘lishi mumkinu, ammo mol go‘shtiga bo‘lgan ehtiyoj sigirlar saqlab qolinishiga kafolat manbai? Sababi shundaki, fillar aksariyat hollarda umumiy resurs hisoblanishadi, sigirlar bo‘lsa xususiy mulk obyektidir.
Fillar qarovsiz holatda erkin ko‘chib yurishadi. Har qanday brakoner o‘zi topishi mumkin bo‘lgan fillardan imkon qadar ko‘prog`ini o‘ldirishga intiladi. Brakonerlar juda ko‘p va ular fillarni saqlanib qolishi va tarqalishidan deyarli hech qanday manfaat ko‘rishmaydi.
Bundan farqli o‘laroq, chorva mollari xususiy mulk bo‘lgan fermalarda saqlanadi. Ferma egalari chorva sonining imkon qadar ko‘payishidan manfaatdor, sababi ular daromad manbaidir.
Dunyo davlatlari hukumatlari fillar saqlab qolishni ikki xil usul bilan amalga oshirishga urinib ko‘rishishdi. Keniya, Tanzaniya va Uganda kabi davlatlarda fillarni o‘ldirish va ularning suyagini sotishni noqonuniy faoliyat deb belgilab qo‘yishdi. Biroq bu qonunlarni amalga oshirish qiyin kechdi va muammo aktual ko‘rinishda saqlanib qoldi.
Botsvana, Malavi, Namibiya va Zimbabve kabi davlatlar esa fillarni xususiy mulk sifatida kishilarga taqsimlab berishdi va faqatgina mulk egalariga ularni o‘ldirishga ruxsat berishdi. Er egalarida endilikda fillarni saqlab qolishga rag`bat paydo bo‘ldi va fillar soni ko‘paya boshladi. Xususiy mulk va uning ortidagi daromad olish maqsadi sabab Afrika fillari yaqin orada xuddi sigirlar kabi qirilib ketish muammosidan xalos bo‘lishadi.
X U L O S A
1. Mahsulotlar iste’moldan mahrum qilinish va iste’molda cheklanganlik xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi. Agar biror kishini tovarning iste’molidan to‘xtatish (mahrum qilish) mumkin bo‘lsa u mahsulot mahrum qilinish xususiyatiga va bir kishining iste’moli boshqa kishilarning aynan o‘sha mahsulotni iste’mol qilish qobiliyatlarini kamaytirsa, u holda mahsulot cheklanganlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Bozorlar iste’moldan mahrum qilinish va iste’molda cheklanganlik xususiyatlariga ega bo‘lgan xususiy mulk uchun yaxshi ishlashadi. Boshqa ko‘rinishdagi mahsulotlar uchun yaxshi samarali ishlamaydi.
2. Ommaviy mahsulotlar iste’moldan mahrum qilinish va cheklanganlik xususiyatiga ham ega emas. Ommaviy mahsulotlarga misol qilib mushakbozlikni, milliy mudofaa tizimini va ilmiy tadqiqotlarni keltirish mumkin. Sababi kishilar ulardan foydalanganlik uchun haq to‘lashmaydi, biroq ular xususiy mulk qo‘liga o‘tsa ularda erkin harakat uchun rag`bat mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ham davlat harajatlar va daromadlar tahlili asosida xulosa qilgan holda ommaviy mahsulotlarni taqdim etadi.
3. Umumiy resurslar iste’molda cheklanganlik xususiyatiga ega, biroq iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega emas. Bunga misol sifatida yaylovlarni, toza havoni va tirband yo‘llarni keltirish mumkin. Kishilar ulardan foydalanganlik uchun haq to‘lashmasa, ular odatda mazkur mahsulotlardan haddan ziyod va samarasiz foydalanishadi. Shunday qilib, davlat umumiy resurslardan foydalanishni cheklash uchun turli xil usullarni qo‘llaydi.


Download 80.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling