Ijtimoiy ne`matlar va umumiy resurslar. Mahsulotlarning turli XIL turlari Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) tovarlar
Download 80.9 Kb.
|
Ijtimoiy ne`matlar va umumiy resurslar. Reja
IJTIMOIY NE`MATLAR VA UMUMIY RESURSLAR. 1. Mahsulotlarning turli xil turlari 2. Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) tovarlar 3. Umumiy resurslar TАYANCH SO‘Z VA IBORALAR: Iste’molda cheklanganlik, xususiy mahsulotlar, ommaviy resursla,r umumiy resurslar, ”tekinxo‘rlar”, harajatlar va daromadlar, tahlili umummilliy resurslar fojeasi, umumiy foyda, mudofaa tizimi, fundamental ilmiy tadqiqotlar, ommaviy mahsulotmi, harajatlar va daromadlarni tahlil qilish. 1. Mahsulotlarning turli xil turlari. Bozorlar insonlar hohlayotgan mahsulotlar etkazib berishda qanchalik yaxshi ishlashadi? Bu savolga javob masalaning mohiyati qay darajada chuqur anglab yetilganligiga bog`liq. Biz ta’kidlab o‘tganimizdek, bozor konussimon qutili muzqaymoqning samarali sonini ta’minlab berishi mumkin: muzqaymoqning narxi ularga bo‘lgan talab va taklifni muvozanatlashtirishi va bu muvozanat ishlab chiqaruvchi daromadlarini maksimallashtirishi hamda iste’mol tanqisligini bartaraf etishi mumkin. Bundan tashqari, biz ko‘rib o‘tganimizdek, bozor alyuminiy ishlab chiqaruvchilarni biz nafas olayotgan havoni ifloslantirishdan qaytarishga umid qila olmaydi. Bozorda xaridor va sotuvchilar odatda o‘z qarorlarining tashqi oqibatlariga e’tibor qaratishmaydi. Shunday qilib, bozorlar mahsulot muzqaymoq bo‘lganda yaxshiroq va mahsulot toza havo bo‘lganda yomonroq ishlashadi. Bozordagi turli xil mahsulotlar haqida fikr yuritib, ularni quyidagi ikki sifatga ko‘ra guruhlash mumkin: - Mahsulot iste’moldan mahrum qilinish (eksklyuzivlik) xususiyatiga egami? Ya’ni, kishilarni uning iste’molidan mahrum etish mumkinmi? - Mahsulot iste’molda cheklanganmi? Ya’ni, bir kishining mahsulotni iste’mol qilishi boshqa kishilarning uni iste’mol qilish qobiliyatlarini kamaytiradimi? Ushbu ikki sifatning ishlatilishi, 1-rasmda mahsulotlarni 4 guruhga taqsimlaydi: 1. Shaxsiy buyumlar iste’moldan mahrum qilinish va iste’molda cheklanganlik xususiyatlariga ega. Masalan, konussimon qutili muzqaymoqni ko‘rib chiqamiz. Muzqaymoq iste’moldan olinishi mumkin, chunki kimnidir muzqaymoq iste’molidan mahrum qilish uchun o‘sha kishiga muzqaymoqni bermaslikning o‘zi kifoya. Konussimon qutili muzqaymoq iste’molda cheklangan, chunki agarda biror kishi muzqaymoqni iste’mol qilsa, boshqa bir kishi aynan o‘sha muzqaymoqni iste’mol qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Iqtisodiyotda ko‘pgina mahsulotlar aynan konussimon qutili muzqaymoq kabidir: siz to‘lovni amalga oshirmay turib biror narsani qo‘lga kirita olmaysiz va siz to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng shu tovar hisobiga foyda olishi mumkin bo‘lgan yagona shaxsga aylanasiz. Biz ilgarigi 4-,5- va 6-boblarda talab va taklifni, shuningdek, 7-, 8- va 9-boblarda bozorlar samaradorligini tahlil qilganimizda mahsulotlar iste’moldan mahrum qilinish va iste’molda cheklanganlik xususiyatlariga ega ekanligini taxmin qilgandik. 2. Umumiy foydalanishdagi mahsulotlar iste’moldan mahrum qilinish va iste’molda cheklanganlik xususiyatlariga ega emasdirlar. Ya’ni kishilarga umumiy foydalanishdagi mahsulotlarning iste’molini cheklash mumkin emas, shuningdek, bir kishining iste’moli boshqa kishining uni iste’mol qilish imkoniyatini kamaytirmaydi. Masalan, kichik shaharchada tornado ovozi umumiy foydalanishdagi mahsulot hisoblanadi. Ya’ni, tornado yuzaga kelgandan keyin hech kimni uning ovozidan himoya qilish mumkin emas (demak bu ist’emoldan olinishi mumkin emas). Undan tashqari, biror kishi ushbu shovqindan foyda oladigan bo‘lsa, u boshqa biror kishining imkoniyatlarini kamaytirib yubormaydi (demak bu iste’molda cheklangan emas). Tabiiy monopoliyalar • yong'indan himoya • Kabel TV • tirbanad bo’lmagan yo’llar uchun to’lov davlat maxsulotlari • Milliy mudofaa • Tirband bo’lmagan yo’llar uchun to’lov Umumiy resurslar • dengizdagi baliq • Atrof muhit • bepul yo’llardan ketyapish Xususiy mulk • Muzqaymoq ko’nusi • kiyimlar • tirband yo’llardan foydalanish uchun to’lov Iste'moldagi raqobat? Yo`q Yo`q Ha Ha Mustasnomi? Tovarlarning to'rt turi. Mahsulotlar ikki xususiyatlariga ko'ra to'rt toifaga guruhlangan bo'lishi mumkin; (1) odamlar undan foydalanishdan to’xtatiadigan tovarlar bundan mustasno. (2) Agar bitta odamning tovarlarni iste’mol qilishi, boshqa odamlarning shu tovarlarni iste’mol qilishlarini qisqartirsa, bu tovarlar raqobatdosh bo’ladi. RASM 3. Umumiy resurslar cheklanganlik xususiyatiga ega, biroq iste’moldan mahrum qilinishi mumkin bo‘lmagan mahsulotlar. Masalan, okeandagi baliq iste’molda cheklanganlik xususiyatiga ega, agar biror shaxs okeandan baliq tutib olsa, u holda boshqa bir shaxs uchun tutib olish mumkin bo‘lgan baliqlar soni kamayadi. Shu bilan birga bu baliqlar, iste’moldan mahrum qilinishi mumkin bo‘lgan mahsulot emas. Sababi, okeanni cheksizlik xususiyatini inobatga olsak, baliq tutuvchilarni baliq tutishdan to‘xtatish o‘ta mushkul vazifadir. 4. Agar mahsulot iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega bo‘lish bilan bir qatorda cheklanganlik xususiyatiga ega bo‘lmasa, u holda mazkur mahsulot tabiiy monopoliya ishlab chiqarish uchun yaxshigina misol bo‘la oladi. Masalan, kichik shaharchada yong`inga qarshi himoya tizimini misol keltiraylik. Biror kishini bu mahsulotni (xizmatni) iste’mol qilishdan mahrum etish juda oson: yong`inga qarshi kurashish bo‘limi shunchaki o‘sha kishining uyi yonib bitishi uchun imkoniyat yaratib beradi. Shu bilan birga, bu mahsulot (xizmat) cheklanganlik xususiyatiga ega emas. Ya’ni butun boshli shaharning yong`inga qarshi kurashish bo‘limi harajatlari to‘langanda, kichik bir uyni yong`indan himoya qilish harajatlari hech narsa emas (15 bobda tabiiy monopoliyalar mavzusi chuqurroq o‘rganiladi va unga kengroq ta’rif beriladi). Yuqorida ko‘rib chiqilgan 1-rasm mahsulotlarni aniq 4 guruhga bo‘lishni ko‘zda tutganiga qaramasdan, odatda ular o‘rtasidagi chegara ko‘p hollarda aniq bo‘lmaydi. Mahsulot iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga egami yoki iste’molda cheklanganmi ko‘p holatlarda aniq bir darajaga bog`liq bo‘lib qoladi. Okeandagi baliq iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega bo‘lmaydi, sababi, okeanda kuzatish imkoniyati juda qiyin, lekin shu bilan birga qo‘riqlanadigan qirg`oqqa ega suv havzasi baliqni aksariyat holatlarda iste’moldan mahrum qilinuvchi xususiyatiga ega qilishi mumkin. Xuddi shunday tartibda, baliq odatda iste’molga cheklangan mahsulot bo‘lgani bilan baliq ovlovchilar soniga ko‘ra uni iste’molga cheklanmagan mahsulot sifatida ko‘rib o‘tish mumkin (shimoliy-amerikalik balik tutvchilarni u erlarga evropalik ko‘chmanchilarni ko‘chib kelgungacha bo‘lgan holatini eslang). Bu fikr bizning tahlil uchun, shu bilan birga, yuqoridagi boshqa to‘rt guruh mahsulotlari uchun ham foydali bo‘ladi. Mazkur bobda biz iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega bo‘lmagan mahsulotlarni ko‘rib chiqamiz: ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotlar va umumiy resurslar. Sababi, kishilar bu mahsulotlarni iste’molidan mahrum etilishlari yoki voz kechishlari mumkin emas, ular hamma uchun mavjud. Ommaviy mahsulotlar va umumiy resurslarni o‘rganish tashqi faktorlarni o‘rganish bilan chambarchas bog`liq. Ushbu har ikkala mahsulot uchun ham tashqi faktorlar yuzaga keladi, chunki ba’zi bir tabiiy ne’matlar (boyliklar) narxga ega bo‘lmaydi. Agar biror bir kishi ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotdan iste’mol qilishi (foydalanishi) kerak bo‘lsa, aytaylik tornado ovozidan, boshqa bir kishi esa undan ko‘ra yaxshiroq ko‘rinishda (vaziyatda) ham foydalanishi mumkin. Ularning har ikkisi mahsulot uchun haq to‘lamasdan foyda olishadi – bu ijobiy tashqi ta’sir. Xuddi shunday, biror kishi ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotni iste’mol qilayotganda, aytaylik, okeandagi baliqni, boshqa kishilarda undan foydalanish imkoniyati pasayib ketadi, chunki tutilishi mumkin bo‘lgan baliqlar soni kamayadi. Ular yuzaga kelgan yo‘qotishdan ma’lum ma’noda zarar ko‘rishadi, biroq hech kim buni qoplab berish majburiyatini olmaydi – bu esa salbiy tashqi ta’sir. Ushbu kabi tashqi ta’sirlar tufayli, iste’mol qilish va ishlab chiqarish to‘g`risidagi ko‘pchilik qarorlar resurslarning samarasiz taqsimlanishiga olib keladi. Ushbu holatlarda davlatning aralashuvigina iqtisodiy farovonlikka va resurslar barqarorligiga olib kelishi mumkin. Download 80.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling