Ijtimoiy ne`matlar va umumiy resurslar. Mahsulotlarning turli XIL turlari Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) tovarlar


Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) tovarlar


Download 80.9 Kb.
bet2/5
Sana15.02.2023
Hajmi80.9 Kb.
#1202649
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ijtimoiy ne`matlar va umumiy resurslar. Reja

2. Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) tovarlar
Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotlarning boshqa mahsulotlardan farqini yaxshiroq tushunish va ular tufayli jamiyatga kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarni ko‘rib chiqish uchun keling, bir misolni ko‘ramiz: mushakbozlik. Bu mahsulot iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega emas, sababi mushakbozlik bo‘lgan holatda biror kishini uni tomosha qilishdan qaytarish mumkin emas. Shuningdek, bu cheklanganlik xususiyatiga ham ega mahsulot emas, sababi biror kishini mushakbozlikdan zavq olishi boshqa bir kishini undan olishi mumkin bo‘lgan zavq darajasini kamaytirmaydi.
“Tekinxo‘rlar” (ommaviy mahsulotlardan foydalanib, ularga haq to‘lamaydigan kishilar) muammosi AQShning Smolltaun shaharchasi fuqarolari, iyulning to‘rtinchi kunida mushabozlik o‘tkazilishini yoqtirishadi. Mushakbozlik shaharchaning har 500 aholisiga 10 so‘mdan to‘g`ri keladi va shahar byudjetiga yakunda jami 5000 so‘m daromad keltiradi. Mushakbozlikni tashkil etish harajatlari jami 1000 so‘mga to‘g`ri keladi. Ushbu faoliyatdan olinayotgan daromad (5000 so‘m) unga ketgan harajatdan (1000 so‘m) ko‘proq ekanligi inobatga olinsa, to‘rtinchi iyulda mushakbozlikni o‘tkazish Smolltaun shaharchasi uchun daromadli faoliyatdir.
Xo‘sh, xususiy sektor mazkur faoliyatni samarali yo‘lga qo‘ya oladimi? Yo‘q. Aytaylik, shaharchada yashovchi tadbirkor Ellen Smolltaun shaharchasi uchun mushakbozlik o‘tkazishni tashkil etishga bel bog`ladi.
Ellenda, shubhasiz, chiptalarni sotish bilan bog`liq muammolar yuzaga keladi, sababi uning salohiyatli mijozlari bilishadiki, mushakbozlikni chipta sotib olmasdan ham ko‘rish mumkin. Sababi, mushakbozlik iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega bo‘lmagan mahsulotdir, chunki kishilarda chiptasiz ham mushakbozlikni tomosha qilishga rag`bat bor. “Tekinxo‘rlar” bu shunday kishiki – yaxshi narsadan foyda oladi, ammo unga haq to‘lamaydi. Kishilar bunda rag`batga ega bo‘lishadi, turgan gapki, agar chipta sotib oluvchilar mavjud bo‘lmasa bozor samarali natijaga ega bo‘lmaydi.
Bozorda mazkur muvaffiqqiyatsizlikni ko‘rib chiqish yo‘llaridan biri bu mazkur holatga sabab bo‘layotgan tashqi ta’sirlarni ko‘rib chiqish.
Agarda, Ellen mushakbozlik marosimini shahar markazidagi displeyda namoyish etsa, bu narsa “tekinxo‘r” tomoshabinlar uchun samara keltiradi, ammo Ellenga emas. Marosimni ekranda namoyish qilish to‘g`risida qaror qabul qilish bilan Ellen tashqi ta’sirlarni e’tibordan chetda qoldiradi. Mushakbozlik aholi tomonidan katta qiziqishga sabab bo‘lgani bilan, yakunda u daromadli faoliyat bo‘lmay qoladi. Natijada, marosimni displeyda namoyish etmasdan Ellen o‘zi uchun ratsional qaror qabul qiladi, biroq aholini mushakbozlik zavqidan mahrum etadi.
Xususiy bozor Smolltaun shaharchasi aholisi hohishiga ko‘ra mushakbozlik tashkil etishga tayyor emasligiga qaramay ushbu holatning yechimi juda oddiy: to‘rtinchi iyul tadbirlarini mahalliy hukumat moliyalashtirishi zarur. Shahar hokimiyati aholidan olinadigan soliqni 2 so‘mga oshirib, kelib tushgan mablag`lar hisobiga Ellenni mushakbozlik o‘tkazish uchun yollashi mumkin. Shaharchada 8 so‘m barcha uchun yaxshi yechim, 10 so‘mdan esa, 2 so‘m soliq to‘lovini ayirib tashlagan holda, daromad hosil bo‘lmoqda. Shunday qilib, Ellen Smolltaunga tadbirkor sifatida yordam bera olmagan bo‘lsa-da, unga jamiyat a’zosi sifatida yordam berishi mumkin.
Smolltaun hikoyasi sodda bo‘lsa-da real hayotni aks ettiruvchi o‘ziga xos voqe’likdir. Aslida AQShdagi ko‘pgina mahalliy hukumatlar to‘rtinchi iyul mushakbozliklari uchun pul to‘lashadi. Undan tashqari mazkur hikoya ommaviy mahsulotlarning umumiy xususiyatini ochib beradi: ommaviy mahsulotlar iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega emas, “tekinxo‘rlar” muammosi esa ommaviy mahsulotlarning xususiy sektor tomonidan taqdim etilishiga to‘sqinlik qiladi. Shu bilan birga, davlat bu masalani mahsulotlardan kelayotgan daromad ularga sarflanayotgan harajatlarni qoplashi mumkin bo‘lgan darajada hal etishi, soliqlar bilan birga umumiy harajatlarni qoplashi, barcha masalalarni ijobiy hal etishi mumkin.
Ba’zi bir muhim ommaviy mahsulotlar.
Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotlar uchun misollar talaygina. Quyida biz ulardan eng muhim uchtasini ko‘rib chiqamiz.

Download 80.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling