Ijtimoiy pedagogika faoliyat turlari


Ijtimoiy pedagogikaning asosiy tamoyillari (prinsiplari)


Download 67.68 Kb.
bet10/12
Sana25.04.2023
Hajmi67.68 Kb.
#1398517
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Ijtimoiy pedagogikaning asosiy tamoyillari (prinsiplari).
“Tamoyil” tushunchasi lotincha “asos” degan ma'noni anglatadi. «Prinsip» so’zi lotincha «prinsipium» so’zidan hosil bo’lgan «asos», «boshlanish» ma’nolarini bildirali. Har qanday fan uchun ishlatilgan muayan qoidalardan kelib chiqaligan o’z prinsiplari mavjud. Fanlarda prinsip va qoidalar bizga bog’liq bo’lmagan holda mavjud. Ulardan chetga chiqish mumkin emas, aks holda pedagogik faoliyat befoyda, balki ham zararli bo’ladi. Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chiqdi, tabiiyki o’z asosida shu fan prinsiplariga tayanadi.
Biz ijtimoiy pedagogikaning3 ta prinsipni ko’rib chiqamiz: tarbiyaning tabiyatga uyg’un bo’lishi prinsipi; tarbiyaning madaniyatga uyg`un bo`lishi prinsipi va gumanizim prinsipi. Shu prinsiplardan har biri ijtimoiy pedagogikada o’zining talqiniga va o’ziga xos xususiyatiga ega.
A). Tarbiyaning tabiatga uyg’un bo’lishi prinsipi.
Tarbiyaning tarbiyagga uyg`un bo`lishi- ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga ko’ra ijtimoiy pedagog o’z amaliy faoliyatida bolaning tabiiy holda rivojlanish omillariga tayanadi. Tarbiyaning tarbiyaga uyg’un bo’lish prinsipi ilk bor slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) bilan uning «Buyuk didaktika» (1632) degan eng asosiy ishida ta’riflangan. Kamenskiy, inson tabiyatining bir qismi va u tabiyatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo`ysunadi, deb hisoblanadi. Komenskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari o`simliklar va hayvonlar olamida ham shuningdek, insonga nisbatan ham o’z ta’sirini o`tkazib turadi. Kamenskiy nafaqat tarbiyaning umumiy qonunlariga, bola shaxsi psixologiyasiga ham tayanadi. U bolaalar o`spirinlar va yosh yigitlarning yoshiga oid tafsifiga tayangan holda o’z bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslayli va quradi. Komenskindan ancha ilgari Sharq Uygonish davri buyuk olimi va mutafakkiri Abu Ali Ibn Sino (980-1037) o’z asarlarila tarbiyaning tabiatan uyg`un bo’lishihaqida gapirgan edi. Masalan «uy ro’zg`or tutish» haqidagi asarida Ibn Sino yozgan ediki, inson aqlli mavjudod shuning uchun tabiatda alohida o’rin tutadi va uning qonunlariga ko`ra rivojlanadi. «Yolg`on xislatlarni qayta tarbiyalash»3 asarida esa Ibn Sino yozadiki, kimki axloqli insonni tarbiyalamoqchi bo`lsa, unda u uni har tamonlama o`rganishi, insonning tabiyati qoidalarini bilishi kerak. Natijada tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipi ko’pgina buyuk pedagoklar tomonidan o’z pedagogik va ijtimoiy pedagogik nazariyalari qurish asosi sifatida olingan edi. Masalan, Fransiya falsafachisi Jan Jak Russo bola tarbiyasi tabiat bilan uyg`un ravishda amalga oshirilishi kerak debhisoblab, yozadi «bolalar katta bo`lishidan ilgari bola bo`lishi kerak». Shvetsar pedagogi Iogan Genrix Pestalotsi yetim va qarovsiz bolalar uchun muassasalar va bolalar uyini yaratgan, u hisobladiki, tarbiya maqsadi-inson tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini rivojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va uyg`un bo`lishi lozim. Nemis olimi va pedagogi Adolf Disterveg ham o`z ishlarida ta’lim-tarbiya jarayonida yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olishi lozimliginita’kidlaydi. Tarbiya bilan uyg`un bo’lishi rus klassik pedagoglari ishlarida ham o’z aksini topgan. K.D.Ushinskiy o’zining asosiy «inson tarbiya predmeti sifatida» degan psixalogik pedagogik asarida yozgan ediki, bola tarbiyasi va ta’limi uchun tarbiyaprinsiplari va qoidalarini bilish, tadbik qila olishi lozim. Ushinskiy fiziologiya, gigiyena va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur, iroda) asoslarini o`rganish zaruriyatini asoslab berdi, uning asosi so’zlash qobiliyatini axloqiy estetik va diniy xislari, didaktikani o`rganishga o`tish mumkin.
Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipiga amal qilib, quyidagi qoidalarga tayanishi lozim:
- bolalar yoshi xususiyatlarini e’tiborga olish;
- bolalar jinsiy o`zgaruvchanligini e’tiborga olish;
- me’yoridan chetga chiqish bilan bog’liqbo’lgan bolalarning individual xususiyatlarini etiborga olish;
- bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlariga tayanish;
- bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlantrish.

Download 67.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling