Ijtimoiylashtirishning omillari va mexanizmlari. Tuzuvchi: Topivoldiyeva Kamolla


Download 1.8 Mb.
bet3/6
Sana11.11.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1767415
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ijtimoiylashtirishning omillari va mexanizmlari

Ajratish mexanizmi.

  • . Bu mexanizm ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida inson uzi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog‘liq. Ajratish mexanizmi, odatda, nizolarni hal qilishda kuzatiladi.

O‘z-o‘zini cheklash mexanizmi.

  • Bu mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim o‘rin tutadi. Agar tarbiyalanuvchiga uning yutuklari do‘stlarinikidan ko‘ra ahamiyatsizroq tuyulsa, uning o‘ziga nisbatan hurmati pasayadi, yomon o‘qiy boshlaydi. Bu esa uning o‘z “Men”ini cheklab qo‘yishi va qiyinchiliklar oldida ojiz qolishi, demakdir. Ba’zi hollarda o‘z-o‘zini cheklash mexanizmini qo‘llashni oqlasa bo‘ladi. Chunki bu holatda moslashuv sodir bo‘lishi mumkin.

Ijtimoiylashuv omillari.

  • . Ijtimoiylashuv bolalar, o‘smirlar, yoshlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko‘p sonli shart-sharoitlar bilan o‘zaro munosabat jarayonida yuzaga keladi. Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Hozircha ularning hammasi ham aniqlanmagan bo‘lib, ular haqidagi bilimlar yetarli emas. Ijtimoiylashuvning omillari ikki guruhga bo‘linadi: tashqi va ichki. Tashqi omillarga quyidagilar kiradi: Megaomillar (mega — eng katta) — kosmos, yer shari va planetar jarayonlar. Makroomillarga (makro — katta) — davlat, xalq, jamiyat, shuningdek, bularga demografik, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ya’ni yerning barcha aqolisining ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatadigan omillar kiritiladi. Mezoomillar (mezo — o‘rta) — hudud va yashash joyidagi ommaviy aloqa tarmoqlari, u yoki bu submadaniyatga tegish lili giga ko‘ra ajratilgan guruhlarning ijtimoiylashuvining shart-sharoitlari.

Mezoomillar

  • etnik qurilmalarni shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga hamda shu hududning OAVlariga ta’sir qiladi. . Mikroomillar, ya’ni muayyan shaxslarga ta’sir qiluvchi omillar bulib, bunga oila, qo‘shnilar, tengdoshlar guruhugari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar kiradi. Shaxs tug‘ilganidan boshlab rivojlanadi gan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi. Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari, ichki biologik omillar ham mavjud. Ularni bir-biridan mustaqil o‘rganishning iloji yo‘q. Shu sababli zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillar, ularning o‘zaro munosabati kuzatiladi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling