2. Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]


Download 65.63 Kb.
bet1/2
Sana21.06.2023
Hajmi65.63 Kb.
#1644169
  1   2
Bog'liq
459 27.12.1996




[OKOZ:

1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.02.00 Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (shuningdek, 07.07.02.02 ga qarang);

2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.02 Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (shuningdek, 06.03.02.00 ga qarang)]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya;

2.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IJTIMOIY TA’MINOT VAZIRLIGI HUZURIDA PENSIYA JAMG‘ARMASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-noyabrdagi 444-sonli “O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, pensiya ta’minoti uchun majburiy badallarning to‘liq kelib tushishi hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha pensiya va nafaqalarni to‘lashga xarajatlarni o‘z vaqtida moliyaviy ta’minlash uchun ijtimoiy ta’minot organlarining mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzurida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi va ijtimoiy ta’minot mahalliy organlari qoshida tegishli hududiy bo‘linmalari va bo‘limlari bo‘lgan Pensiya jamg‘armasi tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Pensiya jamg‘armasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
davlat ijtimoiy sug‘urtasiga badallar va ajratmalarni yig‘ish va jamlash;
ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha pensiya va nafaqalarni belgilangan miqdorlarda to‘lash xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlash;
mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalanishni nazorat etish;
pensionerlar, nogironlar va aholining boshqa toifalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir davlat dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlashda shartnoma asosida ishtirok etish;
pensiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish Pensiya jamg‘armasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin.
[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.03.00 Fuqarolarning Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari / 07.92.00.00 Majburiy to‘lovlar, ajratmalar va yig‘imlar;

2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.04.00 Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar / 07.92.00.00 Majburiy to‘lovlar, ajratmalar va yig‘imlar]

3. Belgilab qo‘yilsinki, Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ish haqi fondining 37,3 foizi miqdoridagi sug‘urta badallari, shuningdek yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning, dehqon xo‘jaliklari a’zolarining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordagi sug‘urta badallari;
fuqarolarning ish haqining 2,5 foizi miqdoridagi majburiy sug‘urta badallari;
(3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning sotilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) haqiqiy hajmining, ulgurji va chakana dorixona muassasalarining esa yalpi daromadining 0,5 foizi miqdoridagi majburiy ajratmalar;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-oktabrdagi 375-sonli qarori tahririda)
sug‘urta badallari va ajratmalarni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun solingan jarimalar va penyalar summasi;
muddatidan oldin pensiya tayinlash bilan bog‘liq qoplanadigan mablag‘lar, shuningdek “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq regress talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan undiriladigan mablag‘lar;
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari.
Pensiya jamg‘armasining pul mablag‘lari 1997-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga kiritiladi, bunda bu jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va sarflashning maqsadli yo‘naltirilganligi saqlab qolinadi.
4. Pensiya jamg‘armasiga qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda Pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar bo‘yicha vaqtida to‘lanmagan summadan kechiktirilgan har bir kun uchun 0,15 foiz miqdorida penya solish huquqi berilsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Pensiya jamg‘armasiga rahbarlik qilish Pensiya jamg‘armasining 9 kishidan iborat boshqaruvi hamda doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi ijro etuvchi organi — Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vaziri Pensiya jamg‘armasi boshqaruvi raisi hisoblanadi;
Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirining o‘rinbosari hisoblanadi;
Boshqaruv tarkibiga Ijtimoiy ta’minot vaziri, uning o‘rinbosari — Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori, Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rahbarlari kiradi.
Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vaziri tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
Pensiya jamg‘armasi hududiy bo‘limlarining boshliqlari lavozimiga ko‘ra tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirining, viloyatlar, Toshkent shahar ijtimoiy ta’minot boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari hisoblanadilar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyasiga binoan Pensiya jamg‘armasi boshqaruvi tomonidan tayinlanadilar.
Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari lavozimiga ko‘ra tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limi boshliqlarining o‘rinbosarlari hisoblanadilar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlari tavsiyasiga binoan Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmalari rahbarlari tomonidan tayinlanadilar.
6. Quyidagilar tasdiqlansin:
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi markaziy apparati tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Pensiya jamg‘armasi hududiy bo‘linmalarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
4-ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasining barcha organlari xodimlarining cheklangan soni 991 kishidan (binolarni qo‘riqlash va ularga xizmat ko‘rsatish xodimlaridan tashqari), shu jumladan Pensiya jamg‘armasi markaziy apparatiniki — 36 kishidan iborat etib;
“O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risida Nizom” 5-ilovaga muvofiq.
7. Pensiya jamg‘armasi (boshqaruv apparati va uning tarkibiy bo‘linmalari xarajatlari pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.
[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.03.00 Fuqarolarning Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari / 07.92.00.00 Majburiy to‘lovlar, ajratmalar va yig‘imlar;

2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.04.00 Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar / 07.92.00.00 Majburiy to‘lovlar, ajratmalar va yig‘imlar]

8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlari O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda tegishli mahalliy ijtimoiy ta’minot organlari huzurida:
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining vakolatli hududiy bo‘linmalari negizida Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmalarini;
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining tuman vakolatli bo‘limlari negizida Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlarini tuzsinlar.
9. Pensiya jamg‘armasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari va ajratmalarning to‘liq yig‘ilishini ta’minlasin.
10. Pensiya jamg‘armasi yilning har choragida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etsin.
11. Pensiya jamg‘armasining Ijro etuvchi direksiyasi Toshkent shahar, Beruniy ko‘chasi, 12 uyga joylashtirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda amaldagi qonunchilikka o‘zgartirishlar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar idoraviy normativ hujjatlarga mazkur qarorning qabul qilinishi bilan bog‘liq tegishli o‘zgartirishlar kiritsinlar.
13. Vazirlar Mahkamasi hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 1993-yil 4-avgustdagi 391-son qarorining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ijtimoiy Sug‘urta jamg‘armasini tashkil etishga taalluqli qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 27-dekabr,
459-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
27-dekabrdagi 459-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi markaziy apparati (ijro etuvchi direksiya)
TUZILMASI

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
27-dekabrdagi 459-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi hududiy bo‘linmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
27-dekabrdagi 459-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining
NAMUNAVIY TUZILMASI

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
27-dekabrdagi 459-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi organlari xodimlarining cheklangan soni


Download 65.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling