2. Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]
I. Ijro etuvchi direksiya
Download 65.63 Kb.
|
1 2
Bog'liq459 27.12.1996
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hududlar—toifadan tashqari
- Xodimlarning jami cheklangan soni — 991 nafar
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-dekabrdagi 459-son qaroriga 5-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risida NIZOM I. UMUMIY QOIDALAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Pensiya jamg‘armasi deb yuritiladi) aholini davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish uchun zarur moliyaviy bazani yaratish maqsadida tashkil etilgan. Pensiya jamg‘armasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi tizimiga kiradi. 2. Pensiya jamg‘armasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi. Pensiya jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligiga va Moliya vazirligiga hisob beradi. 3. Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari mablag‘larning ularni shakllantirish va sarflashning maqsadli yo‘naltirilganligi saqlanib qolgan holda Davlat budjetiga kiritiladi. II. PENSIYA JAMG‘ARMASINING VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI 4. Quyidagilar Pensiya jamg‘armasining asosiy vazifalari hisoblanadi: fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga va ijtimoiy sug‘urtaga bo‘lgan davlat tomonidan kafolatlangan huquqlarini to‘liq amalga oshirish; davlat ijtimoiy sug‘urtasiga badallar va ajratmalarni yig‘ish va jamlash; O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda badallarning to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan nazoratni ta’minlash; “Fuqarolarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq pensiyalarning o‘z vaqtida to‘lanishiga, shuningdek ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar to‘lashga xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash; Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan belgilangan maqsadda va samarali foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish; Pensiya jamg‘armasi budjeti daromad qismini ko‘paytirish tadbirlarini amalga oshirish. 5. Ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar bajarilishini ta’minlash maqsadida Pensiya jamg‘armasi quyidagilarni amalga oshiradi: pensiya ta’minoti va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar to‘lash uchun mo‘ljallangan majburiy badallarni yig‘ish va jamlash; jamg‘arma mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan davlat pensiyalari va nafaqalarini mablag‘ bilan ta’minlash; davlat ijtimoiy sug‘urtasiga yo‘naltiriladigan mablag‘larni hududiy bo‘linmalar o‘rtasida qayta taqsimlash; yuridik va jismoniy shaxslardan ijtimoiy sug‘urtaga badallar o‘z vaqtida va to‘liq tushishini, shuningdek jamg‘arma mablag‘larining to‘g‘ri sarflanishini hisobga olish va nazorat qilish; Pensiya jamg‘armasi tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha pensiyalar va nafaqalar tayinlanishi va to‘lanishining qonuniyligini tekshirish; davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash va uni yanada takomillashtirish maqsadida aktual hisob-kitoblar o‘tkazish; ijtimoiy sug‘urtaga majburiy badallar miqdorlari to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqish; ijtimoiy sug‘urtaga tushuvchi badallarni shaxslar bo‘yicha hisobga olishni tashkil etishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; o‘z vakolatlari doirasida pensiya jamg‘armasi vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yo‘riqnomalar va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish; Pensiya jamg‘armasi hududiy bo‘linmalari va tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish, shuningdek ular faoliyatini nazorat qilish; jamoatchilikni o‘z faoliyatidan xabardor qilish; pensiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan xalqaro hamkorlik. III. PENSIYA JAMG‘ARMASINING BURChLARI VA HUQUQLARI 6. Pensiya jamg‘armasi quyidagilarga majburdir: qonun hujjatlariga muvofiq Pensiya jamg‘armasiga badallar to‘lashga majbur bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar hisobini yuritish; Pensiya jamg‘armasiga badallar to‘lash bo‘yicha qarzdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar ro‘yxatini har oyda Davlat soliq qo‘mitasiga va uning joylardagi organlariga taqdim etish; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va Ijtimoiy ta’minot vazirligiga belgilangan tartibda hisobotlar, shuningdek bir yilda bir marta Pensiya jamg‘armasi va uning bo‘linmalarining mustaqil auditorlik tekshiruvi natijalarini taqdim etish; Pensiya jamg‘armasi budjeti ijrosi to‘g‘risida har yillik hisobotni e’lon qilish. 7. Pensiya jamg‘armasi quyidagi huquqlarga egadir: Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaxslarning buxgalteriya hujjatlarini va boshqa hujjatlarini, shuningdek fuqarolarni shartnomalar bo‘yicha yollovchi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, shu jumladan yakka tartibda (jamoa) ijarasi shartlarida yoki shaxsiy dehqon xo‘jaligida, jismoniy shaxslarning Pensiya jamg‘armasiga badallari va ajratmalarini hisoblab chiqish va to‘lash bilan bog‘liq buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlarini tekshirish; Oldingi tahrirga qarang. mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, barcha yuridik shaxslardan (kichik va o‘rta korxonalar, mikrofirmalar bundan mustasno), shuningdek, tegishli organlardan o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan statistika hisobotini belgilangan tartibda olish; (7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 193-sonli qarori tahririda) daromadlarni yashirish yoki buxgalteriya hisobini buzish natijasida badallar noto‘g‘ri to‘langanligi aniqlangan taqdirda badal to‘lovchining moliya-xo‘jalik faoliyatini kompleks taftish qilish uchun Davlat soliq qo‘mitasi organlariga murojaat qilish; yuridik shaxs bo‘lmagan holda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning daromadlarni yashirishi hollari aniqlangan taqdirda tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun tegishli davlat organlariga murojaat qilish; majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z vaqtida to‘lanmagan to‘lov summasidan Pensiya jamg‘armasiga muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,15 foiz miqdorida penya hisoblash; jarimalar, penyalar va boshqa sanksiyalardan tushuvchi mablag‘lar hisobiga 15 foiz miqdorida Pensiya jamg‘armasini rivojlantirish va uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini tashkil etish. IV. PENSIYA JAMG‘ARMASI BUDJETI 8. Pensiya jamg‘armasi budjeti quyidagilar hisobiga shakllantiriladi: mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ish haqi fondining 37,3 foizi miqdoridagi sug‘urta badallari, shuningdek yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning, dehqon xo‘jaliklari a’zolarining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordagi sug‘urta badallari; ish haqining 2,5 foizi miqdoridagi fuqarolarning majburiy sug‘urta badallari; (8-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-sonli qarori tahririda) Oldingi tahrirga qarang. mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning sotilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) haqiqiy hajmining, ulgurji va chakana dorixona muassasalarining esa yalpi daromadining 0,5 foizi miqdoridagi majburiy ajratmalari; (8-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-oktabrdagi 375-sonli qarori tahririda) badallar va ajratmalar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun hisoblangan jarima va penyalar summasi; muddatidan ilgari pensiyalar tayinlanganligi munosabati bilan qoplanadigan mablag‘lar; regress talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan undirib olinadigan mablag‘lar; yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari. 9. Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari quyidagilarni to‘lashga yo‘naltiriladi: ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan tayinlanadigan pensiyalar; bolalikdan nogironlarga, davlat pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘lmagan keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga, nafaqaxo‘rlarga; bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar; vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, shu jumladan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi; dafn marosimi nafaqalari; qonun hujjatlariga muvofiq Pensiya jamg‘armasidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan boshqa to‘lovlar. Pensiya jamg‘armasi boshqaruv apparatini, uning tarkibiy bo‘linmalarini saqlash, moddiy-texnikaviy bazani tashkil etish va rivojlantirish Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 10. Pensiya jamg‘armasi, budjeti loyihasi, tegishli hokimliklar bilan kelishilgan holda, uning hududiy bo‘linmalari, tuman (shahar) bo‘limlari budjet loyihalari asosida Ijro etuvchi direksiya tomonidan ishlab chiqiladi va Pensiya jamg‘armasi boshqaruvining ko‘rib chiqishi uchun kiritiladi. Pensiya jamg‘armasi budjeti loyihasi Hukumatning ko‘rib chiqishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti bilan birgalikda kiritiladi va Davlat budjeti tarkibida tasdiqlanadi. 11. Pensiya jamg‘armasi hududiy bo‘linmalari budjetlari Pensiya jamg‘armasi boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi. 12. Budjetning tasdiqlangan ko‘rsatkichlarini bajarish Ijro etuvchi direksiya, Pensiya jamg‘armasining tegishli hududiy bo‘linmalari, tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan ta’minlanadi. 13. Hududiy bo‘linmalar mablag‘lari kamomadi belgilangan tartibda Pensiya jamg‘armasi boshqaruvining qaroriga ko‘ra qoplanadi. 14. Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan qonun hujjatlarida va mazkur Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. V. PENSIYA JAMG‘ARMASINING BOShQARUV ORGANLARI 15. Pensiya jamg‘armasining 9 kishidan iborat boshqaruvi va Ijro etuvchi direksiyasi Pensiya jamg‘armasining boshqaruv organlari hisoblanadi. 16. Boshqaruv tarkibiga Ijtimoiy ta’minot vaziri, uning o‘rinbosari — Pensiya jamg‘armasining Ijro etuvchi direktori, Pensiya jamg‘armasi Ijro etuvchi direktorining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rahbarlari kiradi. Pensiya jamg‘armasi boshqaruvining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vaziri lavozimiga ko‘ra Pensiya jamg‘armasi boshqaruvi raisi hisoblanadi. 17. Pensiya jamg‘armasi boshqaruvi: Pensiya jamg‘armasi budjeti ijrosi uchun to‘liq javob beradi; Pensiya jamg‘armasining joriy va istiqboldagi vazifalarini belgilaydi; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat ijtimoiy sug‘urtasiga badallar miqdorlari to‘g‘risidagi takliflarni Hukumatga kiritadi; Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish normativlarini va tartibini, shu jumladan Pensiya jamg‘armasi boshqaruvi organlariga sarflanadigan mablag‘larni tasdiqlaydi; Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Pensiya jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasi va bo‘linmalari shtat jadvallarini va xarajatlari smetasini tasdiqlaydi; Ijro etuvchi direktorning taqdimnomasiga binoan Pensiya jamg‘armasi Ijro etuvchi direktori o‘rinbosarini tayinlaydi; Pensiya jamg‘armasining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun zaxira jamg‘armasi va boshqa jamg‘armalar tashkil etishning maqsadga muvofiqligi hamda ushbu jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlarini belgilaydi. Zaxira jamg‘armasi va boshqa jamg‘armalar faqat Pensiya jamg‘armasining o‘z bo‘sh mablag‘lari hisobidan shakllantirilishi mumkin. 18. Pensiya jamg‘armasi boshqaruvi yilning har bir choragida kamida bir marta chaqiriladi. Boshqaruv o‘z a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lganda qaror qabul qilishga vakolatli bo‘ladi. Qaror boshqaruvning hozir bo‘lgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. 19. Pensiya jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasi Pensiya jamg‘armasining doimiy ishlovchi ijro etuvchi organi hisoblanadi. Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori lavozimiga ko‘ra Ijtimoiy ta’minot vazirining o‘rinbosari hisoblanadi. Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirining takdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 20. Pensiya jamg‘armasining Ijro etuvchi direksiyasi: davlat ijtimoiy sug‘urtasiga badallarning o‘z vaqtida va to‘la yig‘ilishi uchun to‘liq javob beradi; Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan belgilangan maqsadda foydalanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; Pensiya jamg‘armasi barcha tuzilmalarining moddiy-texnikaviy jihozlanishini amalga oshiradi; yuridik va jismoniy shaxslardan tushuvchi badallarning shaxslar bo‘yicha hisobini tashkil etish ishlarini olib boradi; Davlat soliq qo‘mitasi tuzilmalari bilan birgalikda ijtimoiy sug‘urtaga badallarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri to‘lanishi tekshirilishini tashkil etadi; yo‘riqnoma, uslubiy va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqadi hamda ularni Pensiya jamg‘armasi boshqaruvining ko‘rib chiqishi uchun kiritadi; ijtimoiy himoyaning davlat tizimini moliyaviy ta’minlash bo‘yicha joriy va istiqbolli aktuar hisob-kitoblarni o‘tkazadi hamda ularni Pensiya jamg‘armasi boshqaruvining ko‘rib chiqishiga taqdim etadi; ijtimoiy sug‘urtaga badallar tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarni Pensiya jamg‘armasi boshqaruvining ko‘rib chiqishiga kiritadi. 21. Pensiya jamg‘armasi hududiy bo‘linmalari boshliqlari lavozimlariga ko‘ra tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirining, ijtimoiy ta’minot viloyat, Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari hisoblanadilar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi boshqaruvi tomonidan tayinlanadilar; Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari lavozimlariga ko‘ra ijtimoiy ta’minot tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlarining o‘rinbosarlari hisoblanadilar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlarining taqdimnomasi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi hududiy bo‘limlari rahbarlari tomonidan tayinlanadilar. 22. Pensiya jamg‘armasi, hududiy bo‘linmalar, tuman (shahar) bo‘limlari yuridik shaxslar hisoblanadilar, muhrga hamda bankda hisob-kitob schyotiga ega bo‘ladilar. (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 12-son, 37-modda) Download 65.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling